Afgʻoniston milliy futbol terma jamoasi
Afgʻoniston milliy futbol terma jamoasi (fors. تیم ملی فوتبال افغانستان Tīm-e Millī-e Fūtbāl-e Afghanestān) Afgʻoniston futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Afgʻoniston milliy terma jamoasi 1922-yilda tashkil etilgan boʻlib, ular Hindistonga qarshi birinchi xalqaro oʻyinini 1941-yilda Kobulda oʻtkazdilar. Keyin Afgʻoniston 1948-yilda FIFAga, 1954-yilda esa AFCga asoschi aʼzolardan biri sifatida qoʻshildi. Ular uy oʻyinlarini Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi Ghazi milliy olimpiya stadionida oʻtkazishadi. 2013-yilda Afgʻoniston 2013-yilgi SAFF chempionatida gʻolib chiqdi va „FIFA Fair Play mukofoti“ ni qoʻlga kiritdi[2][3].
Tahallusi | The Lions of Khorasan (Xuroson sherlari) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Afgʻoniston futbol federatsiyasi (A.F.F) | ||
Konfederatsiya | AFC (OSIYO) | ||
Sub-konfederatsiya | CAFA (Markaziy Osiyo) | ||
Bosh murabbiy | AFG Anoush Dastgir | ||
Sardor | Farshad Noor | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Zohib Islam Amiri (65) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Faysal Shayesteh (10) | ||
Uy stadioni | Ghazi Stadium | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 154 — Iyun 2022, | ||
Eng yuqori | 122 (Aprel 2014,) | ||
Eng past | 204 (Yanvar 2003,) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Butan 1-8 Afgʻoniston (Dehli, Hindiston; 7 Dekabr 2011) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Turkmaniston 11-0 Afgʻoniston (Ashxobod, Turkmaniston; 19 Noyabr 2003) | |||
OFK Chaqiruv Kubogi | |||
Ishtiroki | 3 (Ilk marta 2006-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Toʻrtinchi oʻrin (2014) | ||
SAFF Chempionati | |||
Istiroki | 7 (Ilk marta 2003-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Gʻolib (2013) |
Tarix
tahrirDastlabki davr
tahrirMamlakatda tashkil etilgan ilk futbol klubi „Mahmoudiyeh F.C.“ 1934-yilda tashkil topgan. Uch yildan so‘ng jamoa Hindistonga borib, 18 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Ikkinchi tashkil etilgan futbol klubi 1941-yilda asos solingan Ariana Kabul F.C. bo‘ldi. Bu jamoa taklif bilan Eronning Tehron shahriga borib, 3 ta oʻyin oʻtkazib, bitta oʻyinda gʻalaba qozonib, ikkitasida magʻlub boʻlgan.
Afgʻonistonning birinchi rasmiy oʻyinini 1948-yil 26-iyulda Lyuksemburg qarshi o'tkazgan va 6:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
2001-2010
tahrirTolibon rejimi barham topgach, Afg‘oniston milliy terma jamoasi 2002-yili Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya bilan o‘ynab, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Afgʻoniston Premer-ligasi
tahrirAfg‘oniston futboli tarixida ilk bor AFF 8 ta jamoa o‘zaro bahslashadigan ligani eʼlon qildi. Liga 2012-yilda tashkil etilgan boʻlib, birinchi mavsum oʻsha yilning sentyabr va oktyabr oylarigacha davom etadi. Har bir viloyatdan bittadan 18 nafar futbolchidan iborat sakkizta jamoa tuzildi[4][5].
Afg‘oniston Oliy Tinchlik Kengashi Liganing yaratilishi va rivojlanishini Afg‘onistonda „tinchlik va barqarorlik o‘rnatish imkoniyati“ sifatida yuqori baholadi.
2013 SAFF chempionati gʻoliblari
tahrir2013-yil 20-avgust kuni 2013-yilgi SAFF chempionati oldidan Afg‘oniston 36 yil ichida birinchi marta FIFA tomonidan tasdiqlangan o‘rtoqlik o‘yini doirasida Pokiston bilan o‘ynadi.
Uy stadioni
tahrirAfgʻonistondagi asosiy futbol oʻyinlari Kobuldagi Afgʻoniston futbol federatsiyasi stadionida (xalq orasida Ghazi stadioni nomi bilan mashhur) oʻtkaziladi. Yangi milliy stadion qurilishi 2013—2014-yilgi mavsumda nihoyasiga yetdi, uning narxi 25 million yevroga teng edi. 2015-yilda FIFA AFFga yangi yoshlar jamoalarini qayta tashkil etish va milliy terma jamoa uchun ayollar futbolini rivojlantirishda yordam berdi[6].
Jamoa imiji
tahrirToʻplam
tahrir2002-yildan 2004-yilgacha Yaponiyaning ASICS sport brendi terma jamoa homiysi boʻlgan.
Davr | Ishlab chiqaruvchi | Libos homiysi |
---|---|---|
2009-2020 | Hummel International | AGC (Alokozay kompaniyalar guruhi) |
2020-hozir | Jako | AGC (Alokozay kompaniyalar guruhi) |
Homiylar
tahrirAlokozay, MOBY Group, Lemar & TOLO kompaniyalari terma jamoa homiylari hisoblanadi.
Natijalar
tahrirOxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar
G'alaba Durang Mag'lubiyat
2022
tahrir11 Iyun 2023 Osiyo Kubogi saralash | Afgʻoniston | 1–2 | Hindiston | Kalkutta, Hindiston |
20:30 |
|
Stadion: Salt Lake Stadium Tomoshabin: 44,216 Hakam: Razlan Joffri Ali (Malayziya Futbol Assotsiatsiyasi) |
Murabbiylar shtabi
tahrirLavozim | Ism-sharif |
---|---|
Bosh murabbiy | Anoush Dastgir |
Yordamchi murabbiy | Shabir Isoufi |
Milliy terma jamoa menejeri | Mustafa Mehrzad |
Koordinator | Sayed Ali Kazemi |
Darvozabonlar murabbiyi | Mansur Faqiryar |
Darvozabonlar murabbiyi | Farooz Arif |
Fizioterapevt | Sadeq Morfez |
Fizioterapevt | Mortaz Ashgar |
Sport - massajchi | Danish Hosseini |
Mashg'ulotlar murabbiyi | Siyar Kabiri |
Uskunalar menejeri | Sharif Sarwari |
OAV | Shams Amini |
OAV | Firooz Mashoof |
Murabbiylik tarixi
tahrir- Aniq emas (1941–75)
- Vladimir Salenko (1975–1976)
- Sergei Salnikov (1976–1977)
- Nikolai Yefimov (1977–1978)
- Islam Gul (Wayback Machine saytida 2022-06-08 sanasida arxivlangan) (1978–1979)
- Sayed Ahmad Zia Muzafari (Wayback Machine saytida 2022-06-08 sanasida arxivlangan) (1979–1981)
- Khwaja Aziz (1981–1987)
- Gennadi Sarychev (1987–1988)
- Oʻyinlar oʻtkazilmagan (1988–2003)
- Mir Ali Asghar Akbarzada (2003–2004)
- Mohammad Yousef Kargar (2004–2005)
- Klaus Stärk (2005–2008)
- Mohammad Yousef Kargar (2008–2014)
- Erich Rutemöller (2014–2015)
- Hossein Saleh (2015)
- Slaven Skeledžić (2015)
- Xorvatiya Petar Segrt (2015–2016)
- Anoush Dastgir (2016–2017)
- Otto Pfister (2017–2018)
- Anoush Dastgir (2018–hozir)