Futbol bo‘yicha Afg‘oniston chempionati

Futbol bo‘yicha Afg‘oniston chempionati „Afg‘oniston Premer-ligasi“ (ing. Afghan Premier League; dariy. لیگ برتر فوتبال افغانستان; pushtu افغانستان غوره لیګ‎) — Afg‘oniston futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan Afg‘oniston oliy futbol ligasi hisoblanadi. Ushbu turnir 2012-yilda tashkil etilgan. Turnirda Afg‘onistonning viloyat va shaharlaridan sakkiz klub sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Liga tashkil etilganidan beri ishtirokchi klublarning tarkibi o‘zgarmagan.

Afg‘oniston Premer-ligasi
Futbol bo‘yicha Afg‘oniston chempionati

inglizcha: Afghan Premier League 2023-2024
dariycha: 2023-2024 لیگ برتر فوتبال افغانستان
pushtucha: 2023-2024 افغانستان غوره لیګ
Davlat Afg‘oniston
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Tashkil etilgan 2012-yil
Jamoalar soni 26
Yuqori liga OFK
Pastki liga Ligadan ishtirokchi klublarni chiqarib tashlash nazarda tutilmagan
Amaldagi chempion Tufan Xerirud
Eng koʻp marta chempion „Shaxin Asmaye“ (4karra)
TV hamkorlar Tolo TV
Lemar TV
Veb-sayt afghanpremierleague.com
Amaldagi oʻyin Futbol boʻyicha Afgʻoniston chempionati 2019

Qoidalar tahrir

Chempionat o‘ziga xos sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda bir davrada aylana tizimida o‘ynaydi. To‘rtta jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Ular yarim finalda, so‘ngra chempion aniqlanadigan final bosqichida o‘ynaydi.

OFK milliy ligasi jadvali tahrir

2018-yil yakunlariga ko‘ra, OFKga aʼzo mamlakatlar milliy ligalari jadvalida (reytingida) (UEFA koeffitsiyentlari jadvaliga o‘xshash) Afg‘oniston oliy ligasi va umuman Afg‘oniston chempionati OFKga aʼzo 46 davlat orasida 37-o‘rinni egallagan. Afg‘oniston chempionatining umumiy reytingda 37-o‘ringa joylashishi Afg‘oniston Premer-ligasining bir ishtirokchisiga, yaʼni chempionat g‘olibiga OFK kubogining ikkinchi saralash bosqichida (Yevropaning UEFA ligasi Osiyo ekvivalenti) bitta o‘rin beradi. Reyting pastligi bois bu mamlakat futbol klublari hali OChLda ishtirok etish uchun kvotaga ega emas.

OFK milliy chempionati jadvali tahrir

2018-yil yakunlari bo‘yicha to‘liq yakunlanmagan reyting.

O‘rin Davlat Ochko
1   BAA 95.940
2   Janubiy Koreya 87.480
3   Xitoy 86.671
4   Saudiya Arabistoni 84.269
5   Yaponiya 83.464
6   Qatar 82.407
7   Eron 71.851
8   Avstraliya 64.752
9   O‘zbekiston 43.305
10   Tailand 42.568
11—32 …
32   Laos 3.439
33   Bangladesh 3.365
34   Yaman 3.358
35   Kambodja 3.312
36   Tayvan 2.769
37   Afg‘oniston 2.454
38   Nepal 1.228
39   Butan 0.875
40   Makao 0.815
41   Bruney 0.564
42   Guam 0.539
43—45 …
46   Pokiston 0.118

Afg‘oniston ligasi jamoalari va chempionlar ro‘yxati tahrir

Guruh Manzil (mintaqa)
De Abazin Seyp Janubi-sharqiy
De Maivand Atalan Janubi-g‘arbiy
De Spingar Bazan Sharq
Mavixay Amu Shimoli-sharqiy
Okvaban Hindukush Markaz
Semurg‘ Alborz Shimoliy
Tufan Xerirud G‘arbiy
Shaxin Asmaye Qobul
Mavsum 1-o‘rin 2-o‘rin 3-o‘rin To‘purarlar
2012 Tufan Xerirud Semurg‘ Alborz De Maivand Atalan Hamidulla Karimi (Tufan Xerirud) — 9 ta gol
2013 Shaxin Asmaye Semurg‘ Alborz Tufan Xerirud Hamidulla Karimi (Tufan Xarirod), Hashmatulla Barakzay (Shaxin Asmaye) —7 tadan gol
2014 Shaxin Asmaye Okaban Hindukush De Spingar Bazan Muhammad Rizo Rizoye (Okaban Hindukush) — 6 ta gol
2015 De Spingar Bazan Shaxin Asmaye De Maivand Atalan Mustafo Afshar (De Maivand Atalan) — 5 ta gol
2016 Shaxin Asmaye De Maivand Atalan Semurg‘ Alborz Amredin Sharifi (Shaxin Asmaye) — 6 ta gol
2017 Shaxin Asmaye De Maivand Atalan Semurg‘ Alborz Amredin Sharifi (Shaxin Asmaye) — 5 ta gol
2018 Tufan Xerirud Shaxin Asmaye
2019 Tufan Xerirud Shaxin Asmaye
2020 Shaxin Asmaye Semurg‘ Alborz

Statistikasi tahrir

Okvaban Hindukush
Guruh Chempion Ikkinchi o‘rin
Shaxin Asmaye 5 (2013, 2014, 2016, 2017, 2020) 3 (2015, 2018, 2019)
Tufan Xarirod 3 (2012, 2018, 2019) 0
De Spingar Bazan 1 (2015) 0
Semurg‘ Alborz 0 3 (2012, 2013, 2020)
De Maivand Atalan 0 2 (2016, 2017)
0 1 (2014)
Mavixay Amu 0 0
De Abazin Seyp 0 0

Jamoalarning geografik joylashuvi tahrir

Liga bahslarini yoritish va qo‘llab-quvvatlash tahrir

Afg‘oniston Premer-ligasi o‘zining rasmiy veb-saytiga[1] ega hamda Afg‘onistondagi Facebook (390 000 dan ortiq obunachisiga ega), Twitter (8 000 dan ortiq obunachisiga ega) va Instagram (60 000 dan ortiq obunachisiga ega) kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari mavjud. Bundan tashqari, Afg‘oniston Premer-ligasining rasmiy YouTube kanali ham (16 000 dan ortiq obunachi)[2] mavjud bo‘lib, unda barcha liga o‘yinlari va ligaga oid turli videolar joylashtirib boriladi. Liga Afg‘onistonning mashhur „Tolo TV“ va „Lemar TV“ telekanallari, shuningdek, Afg‘oniston Premer-ligasi o‘yinlarini jonli sharhlovchi, liga o‘yinlariga bag‘ishlangan tahliliy ko‘rsatuvlarni efirga uzatuvchi baʼzi Afg‘oniston radiostansiyalari bilan o‘z o‘yinlarini o‘yinlar tugashidan oldin va tugashidan keyin ham translyatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Afg‘oniston oliy ligasi keng yoritilgani bois, milliy chempionat o‘yinlarini afg‘onlar, shuningdek, Afg‘onistondan tashqarida Pokiston, Eron, AQSh va Yevropada yashovchi bir necha million afg‘onlar katta qiziqish bilan tomosha qilishadi. Deyarli har bir uchrashuvda stadionlar to‘lib-toshadi. Afg‘oniston Premer-ligasining rasmiy homiylari qator Afg‘oniston xalqaro kompaniyasi va tashkilotlaridir. Liganing bosh homiysi Afg‘onistonning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi Roshan hisoblangani bois, liga rasman „Afg‘oniston Roshan Premer-ligasi“ deb ham ataladi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir