Ushbu maqola mamlakat haqidadir. Kimyoviy tushuncha haqida Butanlar sahifasiga qarang.

Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Janubiy Osiyodagi, Himolay togʻlarining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming km2. Aholisi 742 737 kishi (20012). Poytaxti — Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga boʻlingan.

Butan Qirolligi
འབྲུག་རྒྱལ་ཁབ་
Druk Gyal Khap
Shioryoʻq
Madhiya: འབྲུག་ཙན་དན
(Druk tsendhen)
Location of Butan
Poytaxt Thimphu
Rasmiy til(lar) Dzongkha tili
Hukumat Absolyut Rohiblik
• Rohib
Qirol Jigme Singye Wangchuck
Lyonpo Sangay Ngedup
Mustaqillik (Hindistondan)
• Sana
8-avgust 1949
Maydon
• Butun
38 394 km2 (132-oʻrin)
• Suv (%)
1.1
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
742 737 (161-oʻrin)
• Zichlik 18/km2
YIM (XQT) 2011-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$4,287 mil. (154-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$6112
Pul birligi Ngultrum (BTN)
Vaqt mintaqasi UTC+6
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma BT
Telefon prefiksi 975
Internet domeni .bt


Davlat tuzumiTahrirlash

Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.

Hududiy boʻlinishiTahrirlash

Butan hududi 4 ta dzongdeyaga boʻlingan. Ular esa 20 ta dzongxaga boʻlingan[1], shularni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

 
Butan hududiy bo'linishi

TabiatiTahrirlash

Butan hududi togʻliqsan iborat. Eng baland choʻqqisi — Jomolhari (7314 m). Iqlimi togʻtropik, musson, sernam, togʻlarning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda oʻrtacha temperatura yanvarda — 4,5 °C, iyulda 17 °C. Yiliga 1000–5000 mm yogʻin yogʻadi. 3500 m balandlikkacha oʻrmon, undan balandda subalp va alp oʻtloqpari. Daryolari — Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qoʻriqxonalari bor.

AholisiTahrirlash

Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini — lama mazhabidagi budda dini. Butan 9-asr oxirlaridan Tibetga, 19-asrning 2-yarmidan 1947-yilgacha Angliyaga qaram boʻlgan. 1949-yildagi shartnomaga koʻra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan bamaslahat olib boradi. Milliy bayrami — 17-dekabr — podsho saylangan kun (1917).

IqtisodiTahrirlash

Butan — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 42,7 %, sanoat ulushi 9,6 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Vodiylarida sholi, arpa, bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, janubda paxta ekiladi. Janubi-sharqida bogʻdorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar koʻp; lok, mushk[2], mum tayyorlanadi. Yigiruv va toʻquv hunarmandchiligi, oʻymakorlik qadimdan rasm boʻlgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968-yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov.[3]

ManbalarTahrirlash

  1. Districts of Bhutan
  2. Tandin pem & Jigme wangchuk. „Bhutan’s new Queen is home“(ingl.). Bhutan Observer (14-oktabr 2011-yil). 2-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-oktabr 2011-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil