Bosh menuni ochish

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi

Milliy Olimpiya Qoʻmitasi (MOQ) — mamlakat nomidan olimpiada harakatida vakil boʻlib qatnashuvchi tashkilot. MOQni Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tan olmasa, milliy jamoalar Olimpiada oʻyinlariga qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi
Maqomi amalda
Shiori Citius Altius Fortius
Masqadi Sport
Ishga tushgan sanasi 1993-yil
Joylashuvi Toshkent
Prezident Rustam Shoabdurahmonov
Aʼzolari Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi
Vebsayti olympic.uz
Til(lar)i Oʻzbek

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1992-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiya qarori bilan tashkil topgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ning 101-sessiyasida tasdiqlangan.[1]

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

MOQ bilan Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qo‘mitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.[2]

Mundarija

MOQning maqsadlari:Tahrirlash

  • olimpiada harakati va havaskorlar sportini rivojlantirishga yordam berish;
  • mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash;
  • Oʻzbekiston va butun dunyo sportchilari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini rivojlantirish.

MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi MOQ rahbarligida ish olib boruvchi OʻzR Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etilgan(1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqi-yatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.[3]


-Umumjamoa hisobida: 204 davlat orasida 47-oʻrin

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining faoliyatiTahrirlash

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi[4] (MOQ) nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ), Olimpiya Xartiyasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ustavi asosida amalga oshiradi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. MOQning asosiy funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga boʻlish mumkin.

Ichki funksiyalarga quyidagilar tegishli:

  • Oʻzbekistonda Olimpiya Xartiyasida mustahkamlangan tamoyillar asosida Olimpiya Harakatini rivojlantirish;
  • respublika aholisini jismonan va maʼnaviy-ruhiy tarbiyalashga koʻmaklashish;
  • jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy bandlikni rivojlantirishda ishtirok etish;
  • milliy sport turlari, nogironlar oʻrtasidagi sport turlarini rivojlantirishni targʻib qilish, davlat va jamoaviy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga mamlakat terma jamoalari va sport zahiralarini tayyorlashga koʻmaklashish;
  • yoshlarni halol kurashish, raqibga oʻzaro hurmat munosabatida va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik ruhi tamoyillari asosida tarbiyalash;
  • Oʻzbekistonda Olimpizm gʻoyalarini targʻib qilish, insonlarni Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining muvaffaqiyatlari bilan tanishtirib borish, Olimpiya taʼlimini rivojlantirish;
  • sport kadrlarining malakasini oshirish va tajriba almashish boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kurslar tashkil etish;
  • sportni qoʻllab-quvvatlovchi fondlar va xayriya tashkilotlari tuzishda qatnashish; sportchilar, murabbiylar, sport hakamlari, sport faxriylarining manfaatlarini himoya qilish.

Tashqi funksiyalar ham bulardan unchalik farq qilmaydi:

  • xalqaro arenalarda Oʻzbekiston Respublikasining tutgan oʻrnini mustahkamlash va nufuzini oshirish;
  • Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, Butunjahon yoshlar va Markaziy Osiyo oʻyinlarida mamlakat delegatsiyalariga boshchilik qilish;
  • XOQ, OOK, boshqa davlatlarning Milliy Olimpiya qoʻmitalari, xalqaro sport birlashmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • XOQning „Olimpiya birdamligi“ dasturlarida ishtirok etish;
  • Respublika sport federatsiyalari va tashkilotlariga ularning xalqaro sport uyushmalari ishlarida faol ishtirok etishlariga koʻmaklashish;
  • xorijiy muassasalar, tashkilotlar va firmalar bilan Oʻzbekiston MOQ vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xizmat shartnomalarini tuzish va amalga oshirish;
  • xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Olimpiya Harakati va sport tashkilotlari manfaatlarini taqdim etish;
  • xalqaro (nohukumat) birlashmalarga milliy davlat qonunchiligi asosida aʼzo boʻlish;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro aloqa va munosabatlar oʻrnatish, mamlakatlar va hududlar sport uyushmalari bilan bitimlar imzolash.

Ichki funksiyalarni bajarish 1992-yil 21-yanvardan, Oʻzbekiston MOQ tuzilganidan boshlab amalga oshirila boshlandi. Xalqaro faoliyatni toʻla amalga oshirish Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi oʻzining 1993-yil sentabr oyidagi 101-sessiyasida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini tan olgan paytdan boshlagan.[5]

Oʻzbekistoning Olimpiada oʻyinlaridagi medallariTahrirlash

Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari [6]

Oʻzbekistonning jami medallari  
Yil Ishtrokchi Mezbon malakat Bayroqdor Oltin Kumush Bronza Jami Oʻrni
1996 71   Atlanta Temur Ibragimov 0 1 1 2 58
2000 70   Sidney Muhammadqodir Abdullayev 1 1 2 4 41
2004 69   Afina Abdulla Tangriyev 2 1 2 5 34
2008 56   Pekin Dilshod Mahmudov 1 2 3 6 40
2012 53   London Elshod Rasulov 1 0 2* 3 47
2016 70   Rio-de-Janeyro Bahodir Jalolov 4 2 7 13 21
  • London-2012 Olimpidasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Soslan Tigiyev organizmida taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab, bronza medalidan mahrum qilingan.[7][8]

Olimpiada oʻyinlari tarixidagi sovrindorlarTahrirlash

Medal Sportchi Oʻyinlar Sport turi Sport bahsi
2  Oltin Lina Cheryazova Lillehammer 1994   Norvegiya   Fristayl Ayollar fristayl
2  Bronza Karim Toʻlaganov Atlanta 1996   AQSH   Boks Erkalar yengil vazn
2  Kumush Armen Bagdasarov Atlanta 1996   AQSH   Dzyudo Erkaklar oʻrta vazn
2  Oltin Muhammadqodir Abdullayev Sidney 2000   Avstraliya   Boks Erkaklar oʻrta vazn 63.5 kg
2  Kumush Artur Taymazov Sidney 2000   Avstraliya   Erkin kurash Erkaklar ogʻir vazn
2  Bronza Rustam Saidov Sidney 2000   Avstraliya   Boks Erkaklar ogʻir vazn +91 kg
2  Bronza Sergey Mixaylov Sidney 2000   Avstraliya   Boks Erkalar oʻrta vazn 81 kg
2  Oltin Artur Taymazov Afina 2004   Yunoniston   Erkin kurash Erkaklar ogʻir vazn 120 kg
2  Oltin Alexandr Dokturishvili Afina 2004   Yunoniston   Erkin kurash Erkaklar Yunon rum kurashi 74 kg
2  Kumush Magomed Ibragimov Afina 2004   Yunoniston   Erkin kurash Erkaklar erkin kurashi 96 kg
2  Bronza Bahodirjon Sultonov Afina 2004  Yunoniston   Boks Erkaklar Oʻrta vazn
2  Bronza Oʻtkirbek Haydarov Afina 2004   Yunoniston   Boks Erkalar ogʻir vazn
2  Oltin Artur Taymazov Pekin 2008   Xitoy   Erkin kurash Erkaklar ogʻir vazn 120 kg
2  Kumush Soslan Tigiyev Pekin 2008   Xitoy   Erkin kurash Erkaklar Erkin kurash 74 kg
2  Bronza Abdulla Tangriyev Pekin-2008   Xitoy   Dzyudo Erkaklar Ogʻir vazn +100 kg
2  Bronza Rishod Sobirov Pekin 2008   Xitoy   Dzyudo Erkaklar Yengil vazn 60 kg
2  Bronza Anton Fokin[9] Pekin 2008   Xitoy   Gimnastika Erkaklar brusda bajarilgan mashqlar
2  Bronza Yekaterina Xilko Pekin 2008   Xitoy   Gimnastika Ayollar tramplini
2  Bronza Rishod Sobirov London 2012   Birlashgan Qirollik   Dzyudo Erkaklar Yengil vazn 60 kg
2  Bronza Abbos Atoyev London 2012   Birlashgan Qirollik   Boks Erkaklar oʻrta vazn
2  Oltin Artur Taymazov London 2012   Birlashgan Qirollik   Erkin kurash Erkaklar ogʻir vazn 120 kg

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi quyidagilardan tashkil topgan:Tahrirlash

  • Oʻzbekiston MOQ Prezidenti, Bosh Kotib va Vitse-Prezidentlar;
  • Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi aʼzolari;
  • Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari xalqaro federatsiyalari aʼzolari hisoblanuvchi Milliy sport federatsiyalari yoki MOQ va uning Ijroqoʻmining koʻpchilik ovozini tashkil etuvchi vakillari. MOQ har bir sport turlari boʻyicha bunday Xalqaro sport federatsiyalari boshchilik qiluvchi birdan ortiq Milliy sport federatsiyalarini tan olmaydi;
  • Olimpiya va milliy sport turi hisoblanmaydigan federatsiyalar vakillari;
  • Sport tashkilotlarining umumiy yigʻilishlarida demokratik yoʻl bilan rivojlantiriluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport tashkilotlari vakillari;
  • Davlat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi organlari, koʻngilli sport jamiyatlari va muassasalari vakillari;
  • Oldingi va kelgusi Olimpiya oʻyinlari atlet-ishtirokchi vakillari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Akademiyasi Prezidenti;
  • Sport jurnalistlari federatsiyasi vakillari;
  • Alohida shaxslar — Olimpiya harakati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (koʻzga koʻringan jamoat, fan va sanʼat arboblari);
  • Oʻzbekiston MOQning faxriy aʼzolari;
  • MOQ faoliyatiga moddiy va moliyaviy koʻmaklashuvchi tashkilotlar vakillari.
 
Xuan Antonio Samaranch Olimpiya Oltin ordenini Islom Karimovga topshirmoqda

Sport federatsiyalariTahrirlash

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi
Prezident: Safoev Sodiq Solixovich
Bosh kotib: Artikov Jasur Nigmatullaevich
Vitse-prezident: Ibragimov Dilmurod Neʼmatovich

Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi
Bosh kotib: Mirodilov Botir Mahkamovich
Vitse-prezident: Iskov R.I, Joʻraev I.T, Yurkevskiy K.E, Qodirov R.Gʻ.
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi
Prezident: Abduvaliev Salim Kirgizbaevich
Bosh kotib: Mamadaliev Shuxrat Farxadovich
Vitse-prezident: Shofayziev Shomurod Muhsinovich, Roʻziev Ahrol Ahmedovich, Rahimov Muxtar Nigmatovich
Tashkil topgan yili: 1998 yil

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi
Prezident: Norbaeva Tanzila Kamalovna
Vitse-prezident: Oʻrinboyxoʻjaev Kozim Baxtiyorovich
Tashkil topgan yili: 1991 yil

Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi
Prezident: Ahmedov Bahodir Majidovich
Bosh kotib: Raxmatxoʻjaev Muzaffarxoʻja Yunusxonovich

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi
Prezident: Ramatov Achilbay Jumaniyozovich
Bosh kotib: Sardor Hamidullaevich
Birinchi vitse-prezident: Ahmadjonov Umid Mahamadjonovich
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi
Prezident: Shoabdurahmanov Rustam Mavzurovich
Bosh kotib: Ibragimov Muhammad Xumoyun Dilmurod oʻgʻli
Vitse-prezident: Mirjalilov Mirafzal Amanovich
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
Prezident: Zokirov Botir Erkinovich
Bosh kotib: Abdukarimov Baxtiyor Abdurahimovich
Vitse-prezident: Mahmudov Shahrullo Sharipovich
Tashkil topgan yili: 2001 yil

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi
Prezident: To'laganova Iroda Botirovna
Bosh kotib: Shepelev Igor Nikolaevich
Vitse-prezident: Xaydarov Zelimxon Xaydarovich
Tashkil topgan yili: 1999 yil
E-mail: utf@tennis.uz

oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi
Prezident: Rahimov Ahmadjon Aminjonovich
Bosh kotib: Isroilov Abduazim
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi
Prezident:
Bosh kotib: Atabullaev Jaloliddin Jaynakovich
Tashkil topgan yili: 1998 yil

Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi
Prezident: Imomov Otabek Sobitjonovich
Bosh kotib: Xasanbaev Otabek Kamilovich
Vitse-prezident: Toʻlaganov Shavkat Toʻraevich
Tashkil topgan yili: 2005 yil

Oʻzbekiston suv sport turilari federatsiyasi
Prezident: Sanakulov Kuvondiq Sanakulovich
Bosh kotib: Gʻaniev Alisher Abdumajitovich
Vitse-prezident: Gʻulomov Saidaxrol Gʻanievich
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi
Prezident: Mahmudova Saida Saidikramovna
Vitse-prezident: Tursunov F.X., Balashov A., Xudoyqulov N.M.
Tashkil topgan yili: 1993 yil

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi
Prezident: Abduvaliyev Andrey Hakimovich
Bosh kotib: Rozimuxamedov Kamoliddin
Vitse-prezident: Ikramdjanov B.I., Mirtemirov B.R., Sagdiev A.
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasi
Prezident: Abdullayev Feruz Tal'atovich
Bosh kotib: Anarbaev Eldor
Vitse-prezident: Ismatov Ulug'bek
Tashkil topgan yili: 1997 yil

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi
Prezident: Aziz Komilov
Bosh kotib: Jamshid Nasriddinov
Vitse-prezident: Bagdasarov Armen Yurevich, Muminov Shavkat Turumovich
Tashkil topgan yili: 1991 yil

Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi
Prezident: Musaev Omonjon Muhammatyaminovich
Bosh kotib: Matxalikov Ismoiljon Ikramovich
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi
Prezident: Mustafoyev Alisher Sayfullaevich
Bosh kotib: Doniyor Burnashev
Tashkil topgan yili: 1991 yil

Oʻzbekiston „rowing & canoe“ federatsiyasi
Prezident: Xudoyor Ahmedov
Bosh kotib: Didrix Vyacheslav Sergeevich
Tashkil topgan yili: 1992 yil

Oʻzbekiston boks federatsiyasi
Prezident: Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich
Bosh kotib: Boltaboyev Jahongir Baxtiyorovich
Vitse-prezident: Po'latov Saken Jetibayevich
Tashkil topgan yili: 1992 yil
[10]

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rahbariy organlari quyidagilar hisoblanadi:Tahrirlash

  • Bosh Assambleya;
  • Ijro etuvchi qoʻmita (Ijroqoʻm)
  • Ijroqoʻm burosi.

Bosh AssambleyaTahrirlash

Bosh Assambleya vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • Oʻzbekiston Respublikasida Olimpiya Harakatini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
  • XOQ yoki OOK vasiyligida oʻtkaziluvchi Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari yoki boshqa sport musobaqalarini oʻtkazishda respublika shaharlari nomzodlarini taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • Oʻzbekiston MOQning kelgusi davr uchun faoliyat dasturlarini tasdiqlash;
  • Ijroqoʻm va MOQ Taftish komissiyasining hisobot yili va toʻrt yillik davr uchun faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish va baholash;
  • Oʻzbekiston MOQga aʼzolik toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • Prezident, Vitse-prezidentlar, Bosh kotib, Ijro etuvchi qoʻmita aʼzolari va Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash;
  • Respublika sport federatsiyalari va ularga tenglashtirilgan birlashmalar (assotsiatsiyalar) ni tan olish;
  • Bosh Assambleya yiliga kamida bir marotaba oʻtkaziladi;
  • Toʻrt yilda bir marotaba, navbatdagi yozgi Olimpiya oʻyinlari oʻtgan yildan keying yil Oʻzbekiston Bosh Assambleyasining hisobot-saylovi oʻtkaziladi, unda Ijroqoʻmning hisoboti tinglanadi, rahbariy organlar saylovi oʻtkaziladi;
  • Bosh Assambleya faqatgina aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda va faqatgina kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega;
  • Qarorlar MOQ ishtirokchi aʼzolarining ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Olimpiya oʻyinlariga tegishli masalalar hal qilinganda faqatgina MOQ Ijroqoʻmi aʼzolari va Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar vakillari ovozi qabul qilinadi.

Ijro etuvchi qoʻmitaTahrirlash

 
Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti Al-Ahmad Al-Saboh Islom Karimovga OOK Oltin Ordenini topshirmoqda

Bosh Assambleyalar davrida Oʻzbekiston MOQ faoliyatiga tarkibi Bosh Assambleya tomonida belgilanadigan Ijro etuvchi qoʻmita boshchilik qiladi. Oʻzbekiston MOQ tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Prezident
  • Vitse-prezidentlar
  • Bosh kotib
  • Ijroqoʻm aʼzolari

Ijroqoʻm majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • Ustavga amal qilinishini taʼminlash;
  • Bosh Assambleya kun tartibini, uni oʻtkazish vaqti va joyini aniqlash;
  • Oʻzbekiston MOQ budjetini, faoliyatining moliyaviy va maʼmuriy qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularni amalga oshirishni nazorat qilish;
  • Doimiy komissiya roʻyxatini tasdiqlash, ularning faoliyati va vakolatlari doirasini aniqlash;
  • Bosh Assambleya topshiriqlarini bajarish;
  • Oʻzbekiston MOQning yangi aʼzolarini tan olish boʻyicha, MOQ aʼzolarini mukofotlash boʻyicha va Ustav qoidalari buzilgan hollarda MOQ aʼzolariga nisbatan jazo choralari koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Oʻzbekiston MOQ imzolagan shartnomalar, kelishuvlar va boshqa bitimlarning shartlarini koʻrib chiqish;
  • Oʻzbekiston terma jamoalarining Olimpiya, Osiyo oʻyinlari va XOQ va OOK shafeligida oʻtkaziluvchi boshqa kompleks xalqaro musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishi va qatnashishi masalalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
  • Tegishli respublika sport federatsiyalari tomonidan taqdim etilgan sportchilarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. Sport federatsiyalari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarning Olimpiya Xartiyasiga mos tushishini (har tomonlama) taʼminlash;
  • Sport federatsiyalari aʼzolarining ekipirovkasi, transportirovkasi va joylashishini tashkil etish;
  • Delegatsiya aʼzolari foydasiga baxtsiz hodisalar (nogironlik, oʻlim, kasallik, tibbiy va dori-darmon harajatlari) va uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarlikdan sugʻurtalash toʻgʻrisidagi shartnomalar tuzish. Sport delegatsiyasi aʼzolarining yurish-turishiga maʼsuliyatni oʻz boʻyniga olish;
  • Ijroqoʻm oʻz majlislarini zarur hollarda, lekin bir yilda kamida uch marta oʻtkazadi, shuningdek, majlis MOQ Prezidenti qarori bilan yoki Ijroqoʻm aʼzolarining 1/3 qismi talabi bilan ham oʻtkazilishi mumkin;
  • Ijroqoʻm majlisda oʻz aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda qaror qabul qilishi mumkin;
  • Qarorlar mavjud Ijroqoʻm aʼzolarining ochiq ovoz berishi orqali oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Prezident ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Oʻzbekiston MOQ PrezidentlariTahrirlash

Olimpiya shon-shuhrati muzeyiTahrirlash

Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Uning 1996-yil 1-sentabrdagi tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining oʻsha vaqtdagi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini va „halol oʻyin“ tamoyillarini targʻib qilishda, Oʻzbekiston sportchilarining gʻalabalari va Oʻzbekistonda Olimpizmning rivojlanish tarixi toʻgʻrisida keng jamoatchilikka maʼlumot berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda muzey Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya oʻyinlarida va boshqa muhim xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritgan gʻalabalarini oʻzida aks ettiruvchi mavzuli ekspozitsiyalar va koʻrgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etadi. Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi asosiy fondidan 2000 dan ortiq eksponat oʻrin olgan, shulardan 1000 dan ortiq eksponat doimiy ekspozitsiyaga qoʻyilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, badiiy tasmalar, sport inventarlari va kiyim-kechaklari koʻp miqdorda koʻrgazmaga qoʻyiladi.

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash