Abdusalom Azizov
Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (oʻzbekcha: Азизов Абдусалом Абдумавлонович; 20.01.1960, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi (2019-yil 11-fevraldan), Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti (2019-yil 15-iyuldan).
BiografiyaTahrirlash
1981-1982 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatchilik qismi xodimi.
1982-1986 — Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.
1986-1989 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boʻlimi tergovchisi, katta tergovchisi.
1989-1997 — Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi katta tergovchisi, uslubiy-nazariy boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, tergov boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[6].
1997-1998 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1998-2001 — Toshkent shahar Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2001-2002 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.[7]
2002-2006 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi.
2006-2008 — „Oʻzneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi.
2008-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2008-2009 — O'zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti va „Mashʼal“ futbol klubi prezidenti[8].
2009-2017 — Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2017-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[9].
2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri.[10]
2019-yil 11-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi.
2019-yil 15-iyuldan Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti.
2017-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.
2019-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ DXX raisi OʻFA prezidentligiga saylandi
- ↑ Abdusalom Azizov: „Adolat, halollik boʻlmagan joyda rivojlanish boʻlmaydi“
- ↑ Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi
- ↑ https://centrasia.org/newsA.php?st=1549953360
- ↑ Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi
- ↑ https://tergov.uz/ru/menu/istorija-departamenta
- ↑ Bosh boshqarma rahbarlari, 2019-04-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-04-10
- ↑ Biografiya, 2017-09-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-09-11
- ↑ MVD Uzbekistana vozglavil Abdusalom Azizov / Novosti
- ↑ Abdusalom Azizov stal ministrom oboroni — Gazeta.uz