Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biri.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Maqsadi Xavfsizlik
Ishga tushgan sanasi 1991-yil 26-sentyabr
2018-yil 29-martda qayta nomlandi
Rais General-leytenant Abdusalom Azizov
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Map

Tarixi tahrir

Vazifalari tahrir

  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
  • Xizmat Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiladi.
  • Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
  • Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi.
  • Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlaydi va himoya qiladi.
  • Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
  • Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qiladi.
  • Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kurash olib boradi.
  • Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taʼminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
  • Davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi.

Xizmat raislari tahrir

OʻzSSR davlat xavfsizlik qoʻmitasi raislari
  1. Bizov Aleksey Petrovich (20-aprel 1954 — 11-fevral 1960);
  2. Naymushin Georgiy Fedorovich (26-fevral 1960 — 14-dekabr 1963);
  3. Kiselev Sergey Ivanovich (14-dekabr 1963 — 25-oktabr 1969);
  4. Beschastnov Aleksey Dmitriyevich (25-oktabr 1969 — 25-oktabr 1974);
  5. Nordman Eduard Boleslavovich (25-oktabr 1974 — 2-mart 1978);
  6. Melkumov Levon Nikolayevich (2-mart 1978 — 24-avgust 1983);
  7. Golovin Vladimir Aleksandrovich (24-avgust 1983 — 27-yanvar 1989);
  8. Morgasov Anatoliy Sergeevich (23-fevral 1989 — 12-iyun 1991);
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raislari
  1. Aliyev Gulam Aliyevich (12-iyun 1991 — 27-iyun 1995);[7]
  2. Inoyatov Rustam Rasulevich (27-iyun 1995 — 31-yanvar 2018);
Davlat xavfsizlik xizmati raislari
  1. Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich (31-yanvar 2018 — 11-fevral 2019);
  2. Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (11-fevral 2019).

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir