Qobul Berdiyev
Berdiyev Qobul Raimovich (oʻzbekcha: Бердиев Қобул Раимович; 1955-yil 5-aprel, Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani) – oʻzbek davlat arbobi, general-polkovnik. Mudofaa vaziri (2008—2017), Favqulodda vaziyatlar vaziri (2006—2008) lavozimlarida ishlagan.
Berdiyev Qobul Raimovich | |
---|---|
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 2008-yil 17-sentabr – 2017-yil 4-sentabrgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ruslan Mirzayev |
Vorisi | Abdusalom Azizov |
O’zbekiston Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vaziri | |
Mansab davri 2006-yil 5-fevral – 2008-yil 4-yanvargacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Subanov |
Vorisi | Qosimali Ahmedov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-aprel 1955-yil Toshkent |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1976-yildan |
Unvoni | General-polkovnik |
Hayoti
tahrirMaʼlumoti – oliy, 1976-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini va 1988-yilda Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan.
1976—1998 – Qurolli kuchlar xizmatida.
1998—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari.
2000—2003 – Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻining oʻrinbosari.
2003—2006 – Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti boshligʻi.
2006—2008 – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2008—2008 – Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni.
2008—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri[1].
2017-2018 – O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻi.
2018-yil 20-apreldan 2023-yil 8-sentyabrgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshligʻi[2].
Manbalar
tahrir