Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi — Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha eng yirik oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Akademiyaning faoliyati nizom asosida amalga oshiriladi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi
Joylashuvi Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani, Do‘rmon yo'li, 1-uy
Boshliq Rustam Hotamov
Vebsayti akadmvd.uz


Ushbu maqolani tinglang (5 daqiqa)
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 5-iyul, 2022-yil(2022-07-05) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

TarixiTahrirlash

1932-yilda Toshkent rahbar kadrlar militsiya maktabi sifatida tashkil topgan. 1953-yilda Toshkent oʻrta-maxsus militsiya maktabiga aylantirilgan. 1958-1964-yillarda Sovet Ittifoqi ichki ishlar oliy maktabining Toshkent sirtqi taʼlim fakulteti, 1964-1994 yillarda Toshkent militsiya oliy maktabi bo'lgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-sentabrdagi 447-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1994-yil 20-oktabrdagi 264-sonli buyrugʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi deb qayta nomlangan. Akademiya oliy taʼlimning asosiy va qoʻshimcha kasbiy oʻquv dasturlari asosida taʼlim faoliyatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, oʻquv-metodik, ilmiy va boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaning tuzilishiTahrirlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Akademiyaning tashkiliy shtat tuzilishi tasdiqlangan boʻlib, unga muvofiq taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradi:

  • jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish, jinoyatchilarni qidirish va aholining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil qila oladigan rahbar kadrlarni tayyorlash;
  • jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktik, operativ, jinoyat-protsessual, ekspert va boshqa tadbirlarni mustaqil oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari ofitserlari — mutaxassislarni tayyorlash;
  • ichki ishlar organlari uchun oʻzida mutaxassis va komandir xususiyatlari hamda ixtisosligini uygʻunlashtirgan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni hayotga samarali tatbiq eta oladigan serjantlar tarkibini tayyorlash;
  • IIV xodimlarining uzluksiz taʼlimi tizimida ichki ishlar organlari ofitserlari tarkibining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi dolzarb muammolarga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish, ilmiy-pedagogik kadrlarning kasbiy va metodik darajasini oshirish.
Akademiya tarkibida 23 ta kafedra mavjud

maʼmuriy huquq, tezkor qidiruv huquqi, kriminalistika, jinoyatlarning oldini olish, ichki ishlar idoralarida boshqaruvni tashkil etish, transportda xavfsizlikni tashkil etish, jinoyat huquqi, davlat va huquq tarixi va nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari umumiy nazariyasi va amaliyoti, fuqaroviy-huquqiy fanlar, umumharbiy fanlar, jismoniy tayyorgarlik, psixologiya va kasb etikasi, informatika, hisoblash texnikasi va aloqa, tibbiy tayyorgarlik, Oʻzbekiston tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiy fanlar, malaka oshirish fakultetining maxsus fanlar va yuridik fanlar kafedralari, tillar va adabiyot kafedrasi. Shuningdek, Serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslarda 4 ta sikl: maxsus fanlar, yuridik fanlar, harbiy-xizmat va jismoniy tayyorgarlik hamda gumanitar va ijtimoiy-huquqiy fanlar sikllari mavjud.

Akademiyada oʻquv-tarbiya jarayoni va xizmat olib borishni oʻquv boʻlimi, tarbiyaviy ishlar boʻlimi, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi, saf qismi va shtab tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi dolzarb masalalar loyihasi tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.

Moliyaviy-iqtisodiy va moddiy-texnik taʼminotni tegishli boʻlim va xizmatlar amalga oshiradi.

Taʼlim muassasasi rahbarlariTahrirlash

Toshkent rahbar kadrlar militsiya maktabining rahbarlari
  • Dementev I.I. (1932-1938)
  • Kislov M.S. (1938-1945)
  • Uspenskiy S.V. (1945-1947)
  • Ismailov D.I. (1947-1951)
  • Grinenko A. (1951-1953)
Toshkent oʻrta-maxsus militsiya maktabining boshliqlari
  • Demin D.A. (1953-1960)
  • Teshabayev G.T. (1960-1963)
  • Sovetov N.I. (1963-1967)
  • Aminov A.N. (1967-1970)
  • Yusupbekov A.Yu. (1970-1972)
  • Pasitdinov N.P. (1972-1974)
  • Filyutovich Ye.N. (1974-1987)
  • Chumovatov V.I. (1988-1990)
  • Gritsenko I.E. (1990-1991)
  • Pulatov U.P. (1991-1994)
Moskva IIV oliy maktabining Toshkent sirtqi taʼlim fakulteti boshliqlari
  • Teshabayev G.T. (1958-1960)
  • Niyazov A.N. (1960-1964)
Toshkent IIV oliy maktabining boshliqlari
  • Djalilov T.A. (1964-1984)
  • Ojiganov N.I. (1984-1992)
  • Tadjixanov U.T. (1992-1994)
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshliqlari
  • Tadjixanov U.T. (1994-2004)
  • Zakirov X.A. (2004-2006)
  • Mullajanov T.A. (2006-2007)
  • Yakubov A.S. (2007-2011)
  • Ikramov Sh.T. (2011-2016)[2]
  • Matlyubov B.A. (2016-2021)
  • Hotamov R.A. (2021-yildan)

Mashhur bitiruvchilariTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash