Tursinxon Xudayberganov
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich (1951-yil 20-may, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (2001-2006 yillarda va 2016-yildan hozirgi kunga qadar). Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (2010-2016 va 2018-2022 yillarda), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2005-2010 yillarda va 2020-yildan)[2].
BiografiyasiTahrirlash
Tursinxon Xudayberganov 1951-yil 20-may kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan. Millati — qozoq.
TaʼlimTahrirlash
1969—1973-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, 1980—1982-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.
Mehnat faoliyatiTahrirlash
1968—1969-yillarda Chinoz tumanidagi 20-oʻrta maktab direktori oʻrinbosari, 1973—1980-yillarda Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlinmasi inspektori, boʻlinma boshligʻi, 1982—1987-yillarda Bo'ka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, 1987—1989-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi, 1989—1991-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, 1991—1997-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 1997—2001-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi, 2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, 2006-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, 2006—2010-yillarda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2010—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, 2016-yil 20-dekabrdan — Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi, 2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifalarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, 2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri[3][4] vazifasida ishlab kelmoqda.
MukofotlariTahrirlash
Tursunxon Xudoyberganov 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan[5]
OilasiTahrirlash
O'g'li Xudayberganov Aybek Tursinxanovich, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari[6]
ManbalarTahrirlash
- ↑ Milliy gvardiya qoʻmondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/01/18/prezident-oliy-majlis-senati-azolarini-tayinladi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2022/03/01/tursinxan-xudaybergenov-boshqa-lavozimga-otmoqda-uning-ornini-orinbosari-egallaydi
- ↑ https://www.inform.kz/ru/gosudarstvennye-nagrady-vruchili-turkestancam_a3730544?utm_referrer=https%3A%2F%2Fzen.yandex.com
- ↑ „Tursinxon Xudoyberganovga faxriy unvon berildi“ (21-may 2021-yil). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
- ↑ „Tursinxon Xudoyberganovning o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimga tayinlandi“.