Mirzo Ulugʻbek tumani

toshkentdagi tuman nomi, O'zbekiston

Mirzo Ulugʻbek tumani (1935-yilgacha Proletar tumani, 1992-yilgacha Kuybishev tumani; 1992-yil maydan Mirzo Ulugʻbek tumani) – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy joy. 1929-yilda tashkil qilingan. 1978-yildan beri chegarasi oʻzgarmagan. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida joylashgan[4]. Toshkentning markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shimoli-sharq tomonga, Toshkent avtomobil halqa yoʻligacha choʻzilgan. 2012-yil hisobiga koʻra tuman maydoni – 3515 gektarni, aholisi – 245,5 ming kishini tashkil etgan.

Mirzo Ulugʻbek tumani
tuman
41°19′46″N 69°20′51″E / 41.32944°N 69.34750°E / 41.32944; 69.34750
Mamlakat Oʻzbekiston
shahar Toshkent
Hukumat
 • Hokim Bahodir Gʻoyibnazarov[1][2]
Asos solingan 1929-yil
Maydon 35.15 km2 (13.57 kv mi)
Aholisi
 (2023)
323 100[3]
Mirzo Ulugʻbek tumani xaritada
Mirzo Ulugʻbek tumani
Mirzo Ulugʻbek tumani

Tarixi

tahrir

Tuman 1929-yil 29-noyabrda Proletarskiy nomi bilan tashkil topgan boʻlsa, 1935-yilda V. V. Kuybishev xotirasiga Kuybishevskiy nomini oldi. 1992-yil 8-mayda Temuriylar hukmdori, oʻrta asrlarning atoqli olimi Ulugʻbek sharafiga Mirzo Ulugʻbek tumani deb nomlandi.

Joylashuvi va chegarasi

tahrir

Hudud Amir Temur maydonining sharqiy va shimoli-sharqida joylashgan. Janubi-gʻarbdan Yashnobod tumani, shimoli-gʻarbdan Yunusobod tumani, shimoli-sharqdan va janubi-sharqdan Toshkent viloyatining Qibray tumani bilan chegaradosh.

Yashnobod tumani bilan chegarasi Amir Temur maydoni atrofidagi Taraqqiyot koʻchasi boʻylab Hamidulla Oripov koʻchasigacha, Hamidulla Oripov koʻchasi boʻylab Salor kanaligacha, Kichik halqa yoʻli boʻylab Parkent koʻchasigacha, Parkent koʻchasi boʻylab Temur Malik koʻchasigacha, Temur Malik koʻchasi boʻylab shahar chegarasigacha boʻlgan maydonni tashkil etadi.

Mirzo Ulugʻbek tumanining Qibray tumani bilan chegarasi Ulugʻbek qishlogʻiga olib boradigan yoʻl boʻylab Toshkent-Xojikent temir yoʻligacha, Toshkent-Hojikent temir yoʻl liniyasi boʻylab taxminan Yalangʻoch stansiyasigacha oʻtadi. Chegara „Traktorsozlar shaharchasi“ massivi atrofi va Toshkent traktor zavodi hududidan va Kichkina-Qorasuv kanali boʻylab Temur Malik koʻchasi yonigacha choʻzilgan[5].

Transporti

tahrir

Mustaqillik shoh koʻchasi (sobiq Pushkin koʻchasi), Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, Taraqqiyot koʻchasi, Abduhamid Qayumov koʻchasi, Xamidulla Oripov koʻchasi, Oqqoʻrgʻon koʻchasi (sobiq Novomoskovskaya), Ziyolilar koʻchasi, Doʻrmon koʻchasi Yoʻli. (Durmen yoʻli), Feruza koʻchasi, Yuzrabot koʻchasi, Gulsanam koʻchasi, Parkent koʻchasi (Parkentskaya), Temur Malik koʻchasi, Kichik xalqa yoʻli koʻchalari Mirzo Ulugʻbek tumanining asosiy avtomobil yoʻllari hisoblanadi.

Tuman hududida Chilonzor yoʻlining "Amir Temur hiyoboni" (baʼzi chiqish yoʻllari), "Hamid Olimjon", "Pushkin", "Buyuk Ipak yoʻli" stansiyalari, „Toshkent-Hojikent“ temir yoʻli stansiyalari orqali oʻtadi.

Temur Malik koʻchasida (sobiq Krasnovostochnaya) Toshkentning 1-tramvay va trolleybus deposi boʻlgan (hozirda Toshkent shahrida tramvay va trolleybuslar harakati toʻxtatilgan).

Taʼlimi va madaniyati

tahrir

Feruza mavzesi, Toshkent traktor zavodi, Ulugʻbek shaharchasi ham tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km², shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hudud – 0,579 ming gektarni tashkil etadi. Aholisi 2004-yil hisobi boʻyicha 247,6 ming kishini tashkil etadi. Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saqlangan. Koʻchalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqoʻrgʻon koʻchalari, Buyuk ipak yoʻli shohkoʻchasi, Habib Abdullayev koʻchasi, Kichik halqa yoʻli va boshqalar. Mirzo Ulugʻbek tumani hududida 49 ta mahalla, 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, „Toshkentkabel“, traktor zavodlari, „Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi“, lakboʻyoq zavodlari), 3119 kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. Bundan tashqari, 27 ilmiy tadqiqot instituti, 10 loyiha instituti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqalar) xamda umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy taʼlim maktabi, 12 kasb-hunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va sanʼat maktabi, 10 kasalxona va dispanser, „Ona va bola“ markazi, 11 oilaviy poliklinika hamda 2 tibbiysanitariya mavjud.

Aholiga 176 oziq-ovqat doʻkoni, 244 sanoat mollari doʻkoni, 304 umumiy ovqatlanish joylari, 517 maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi xizmat qiladi. Tumanda Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uy-muzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bogʻi va hayvonot bogʻi joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydalanish maydoni 2579 ming kv. km.ni tashkil etadi.

Galereyasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi“. kun.uz (2024-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 25-sentyabr.
  2. „Мирзо Улуғбек туманига янги ҳоким тайинланди“ (uz). gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  3. „Aholi soni eng koʻp boʻlgan tumanlar – TOP-10“ (uz). stat.uz (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
  4. „Toshkent.uz — Мирзо-Улугбекский район“ (deadlink). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
  5. Atlas „Tashkent“ maliy / Chernyavskaya T. B. – Tashkent: Goskomgeodezkadastr, 2007. – 122 s. – ISBN 978-9943-15-128-4