Gulsanam koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek tumani, Traktorsozlar shaharchasi hududida. Buyuk Ipak Yoʻli va Qadrdon koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2 km atrofida.

Gulsanam koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 2 km
Koʻchada joylashgan binolar TTZ-1, TTZ-2, TTZ-3, TTZ-4 mavzelari
Toshkent-Chorvoq temir yoʻl

1968-yil tashkil etilgan va shu yili 21-mayda ramziy maʼnoda yuqoridagi nom berilgan. Oʻrtada Yuzrabot koʻchasini kesib oʻtadi[1].

Koʻcha yoʻnalishida TTZ-1, TTZ-2, TTZ-3, TTZ-4 mavzelari, chakana mollar bozori, avtobuslar bekati, Toshkent-Chorvoq temir yoʻl, koʻp qavatli turar joy binolari, supermarket, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari, maktab, yonilgʻi quyish, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari joylashgan.

Yaqinida Toshkent traktor zavodi, „Shirin“ bozori, poliklinika, bogʻcha va boshka muassasalar mavjud.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.