Ziyolilar koʻchasi – Toshkent koʻchalaridan biri. Kichik xalqa yoʻlini Doʻrmon yoʻli bilan bogʻlaydi. Avval Volodárskiy koʻchasi, Polkovnik Asom Muhiddinov koʻchasi, Alloma koʻchasi kabi nomlari boʻlgan[1]. Koʻchada ilmiy muassasalar joylashgan.

Ziyolilar koʻchasi

Ziyolilar ko'chasi Qalandar koʻchasi bilan kesishmasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulugʻbek tumani
Uzunligi 2.2 km
Kengligi 25 m
Avtobuslar 50
Yoʻnalishli taksilar 57, 181
Avvalgi nomlari Volodarskiy (ruscha: Володарский) (1955-2002)
Asom Muhiddinov (1992-2007)
Alloma (2007-2008)
Koʻchada joylashgan binolar Toshkent shahridagi Inha universiteti
Oʻzgeodezkadastr

Koordinatalari: 41°20′13.999999999211″N 69°19′40.000000000786″E / 41.33722222222200315°N 69.32777777777799599°E / 41.33722222222200315; 69.32777777777799599 G O

Umumiy tavsifi tahrir

Koʻchaning hozirgi uzunligi 2,2 km. Yoʻllarning hozirgi kengligi 12,5 m, yon yoʻlaklar 3,5 m[2].

 
Qalandar koʻchasi bilan kesishmadagi
9 qavatli turar-joy binosi
 
Koʻchaning gʻarbiy chekkasi, Kichik halqa yoʻli chorrahasida joylashgan koʻpriklar
(oldingi planda) va Toshkent – Moskva temir yoʻl liniyasi (orqa tomonda)
 
Inha universiteti

]]

 
Ziyolilar koʻchasini kesib oʻtgan
Toshkent – Xoʻjakent temir yoʻl liniyasi

Joylashuvi tahrir

Koʻcha Kichik xalqa yoʻlidan taxminan gʻarbiy-sharqiy yoʻnalishda Doʻrmon yoʻli koʻchasi tomon oʻtadi va ikkala ko'chani tutashtiradi (Doʻrmon yoʻli koʻchasi bilan kesishgandan keyin, ayni yoʻnalishda Moʻminov koʻchasi davom etadi). Yoʻnalishning koʻp qismida shimolga biroz qiyalagan boʻlib, Doʻrmon yoʻli koʻchasi bilan kesishishdan sal oldin shimoli-sharqqa buriladi. Ismoilota, Sayram, Qalandar koʻchalari, Qalandar oʻtish yoʻli bilan kesishib, chorrahalar hosil qiladi. Toshkent-Moskva (koʻprik qurilgan) va Toshkent-Xoʻjakent temir yoʻl liniyalari hamda Salor kanalini kesib oʻtadi[3]. Koʻchaning sharqiy chekkasi Mirzo Ulugʻbek maydoni bilan tutashadi[2][4].

Tarixi tahrir

Koʻcha 1955-yilda paydo boʻlgan[2]. Qayta qurishdan oldin u gʻarbda Toshkent-Xoʻjakent temir yoʻliga qadar (Shahriobod toʻxtash punkti hududida)gacha yetib borardi[5].

1992-yil 25-dekabrda (169-son qaror) Oʻzbekistondagi birinchi harbiy shifokor sharafiga polkovnik Asom Muxiddinov koʻchasi (avval Volodarskiy koʻchasi deb atalgan) deb oʻzgartirildi[6].

2007-yilda koʻcha keng koʻlamli rekonstruksiya qilindi. Kichik halqa yoʻli bilan bogʻlanish hisobiga uzunligi oshirildi va uning yoʻli kengaytirildi, butun koʻcha boʻylab piyodalar yoʻlaklari yaratildi. Kichik halqa yoʻli yaqinida kengaytirilgan koʻcha boʻylab Toshkent-Moskva temir yoʻl liniyasini olib oʻtish uchun 16,5 m uzunlikdagi koʻprik-yoʻl oʻtkazgich qurildi. Soʻngra qoʻshni hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi[2].

2007-yil 2-avgustdagi 595-son qarori bilan Alloma koʻchasi nomi berilgan, lekin 2007-yil 21-sentyabrda 820-son qarorga binoan zamonaviy koʻcha – Ziyolilar koʻchasiga oʻzgartirildi. Har ikkala nomni qabul qilishda koʻcha boʻylab joylashgan ilmiy muassasalarning koʻpligi sabab boʻldi[6].

Diqqatga sazovor joylari tahrir

Koʻchada bir qavatli va koʻp qavatli yakka tartibdagi binolar[2], shuningdek, noturar joy binolari[7] joylashgan.

Ziyolilar koʻchasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix, Til va adabiyot, Falsafa va huquq, Sharqshunoslik institutlari joylashgan[2][8]. 2014-yilda Tarix instituti hamda Til va adabiyot instituti binolari Toshkent shahrida tashkil etilgan Inha universitetining (Koreya Respublikasi) Toshkent filialiga berildi[8]. Bundan tashqari, koʻcha boʻylab Markaziy harbiy gospital, Kartografiya zavodi, 5-bolalar kasalxonasi, Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi, tashkilotlar, sanoat korxonalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari joylashgan. Bir qator binolarda chakana savdo nuqtalari mavjud[2].

Jamoat transporti tahrir

2013-yil holatiga koʻra 50-sonli avtobus yoʻnalishi butun Ziyolilar koʻchasi boʻylab harakatlangan, bundan tashqari 57 va 181-mikroavtobuslar koʻchaning ayrim qismlari boʻylab oʻtgan[3].

Manbalar tahrir

  1. Pereimenovanie ulits v Tashkente (spisok), 2015-12-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-24
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Bosh tahrir hayʼati A.Akromov, B.Sh.Alimov, M.N.Aminov va boshqalar. Тошкент: энциклопедия. Toshkent: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008 — 231 - bet. ISBN 9789943070967. 
  3. 3,0 3,1 Ташкент. План города. — Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2013. ISBN 978-9943-15-130-7
  4. Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 122 - bet. ISBN 9789943151284. 
  5. Ташкент-2005. Схема городского транспорта. — Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2005.
  6. 6,0 6,1 „Переименование улиц в Ташкенте (список)(oʻzb.) (deadlink). 2015-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-dekabr.
  7. Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 31—32 - bet. ISBN 9789943151284. 
  8. 8,0 8,1 „В октябре Университет Инха в Ташкенте примет первых студентов“. Norma. Информационно-правовой портал Узбекистана (2014-yil 7-aprel). 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-dekabr.