Kichik halqa yoʻli (Toshkent)
Kichik halqa yoʻli – Toshkent shaharning bir qancha tumanlari hududlaridan oʻtgan, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega ichki aylanma yoʻl. Toshkent shaharning hududiy kengayishi, transport vositalari sonining koʻpayib borishi munosabati bilan shahar koʻchalaridagi transport harakatini oqilona tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qurila boshlangan. Uzunligi 32,2 km.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Uzunligi | 32,2 km |
Koʻchada joylashgan binolar |
Janubiy vokzal Shimoliy vokzal |
2004-yil 22-iyulda bir nechta koʻcha oʻrnida bunyod etilgan halqasimon yangi yoʻlga shu nom berilgan. Kichik halqa yoʻlini bunyod etish ishlari 2000-2004-yillar davomida bosqichma-bosqich olib borildi. Koʻchaning Amir Temur shohkoʻchasidan Shimoliy vokzalgacha boʻlgan 1-navbati 2000-yilda, Shimoliy vokzaldan Janubiy vokzalgacha boʻlgan 2-navbati 2002-yilda, Usmon Nosir koʻchasidan Mannon Uygʻur koʻchasigacha bulgan 3-navbati 2003-yilda foydalanishga topshirildi. Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumani qismlari yangidan bunyod etilgan[1].
Yoʻlning Amir Temur va Bunyodkor shohkoʻchalari, Fargʻona yoʻli, Parkent, Shota Rustaveli, Mannon Uygʻur, Usta Olim koʻchalari kesishmasida bunyod etilgan koʻpriklar transport vositalari harakatiga katta qulayliklar yaratdi. Bundan tashqari, Boʻzsuv va Oqtepa kanali ustidan oʻtadigan koʻpriklar tubdan rekonstruksiya qilindi. Yoʻnalishida Chilonzor, Boshliq, Qushbegi mavzelari, koʻp qavatli va yakka tartibdagi turar joy binolari, Shimoliy va Janubiy vokzal, aeroport, Kaykovus, Qichqiriq, Boʻzsuv, Salor, Oqtepa, Anhor kanallari, tibbiyot muassasalari, sihatgohlar, tugʻuruqxonalar, supermarketlar, restoranlar, toʻyxonalar, bir qancha savdo va yonilgʻi quyish shoxobchalari, sanoat korxonalari, qoʻshma korxonalar, madaniyat va istirohat bogʻlari, boshbekatlar, metro bekatlari, bozorlar, banklar, oliy oʻquv yurtlari, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, maktab va bogʻchalar, sport majmualari, xorijiy davlatlar vakolatxonalari, kompaniyalar, yodgorliklar, notarial idoralar, kichik va oʻrta biznes subʼektlari, salon va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.
Galereya
tahrirKichik halqa yoʻli koʻchalari
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.