Fargʻona yoʻli koʻchasi (Toshkent)
Fargʻona yoʻli koʻchasi — Toshkent shahrining janubi-gʻarbiy qismida, Mirobod va Yashnobod tumanlari hududida joylashgan koʻcha boʻlib, ushbu ikki tumanni oʻzaro bir-biridan ajratib turadi. Koʻchaning umumiy uzunligi qariyb 8 kmni tashkil qiladi[1]. Qadimda Fargʻona shahriga olib boruvchi yoʻl boʻlganidan kelib chiqib, mustaqillik yillarida koʻcha Fargʻona yoʻli koʻchasi deb nomlandi.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod, Yashnobod |
Uzunligi | 8 km |
Boshlanish koordinatalari | 41°18′00″N 69°17′28″E / 41.300033°N 69.290974°E |
Tugash koordinatalari | 41°14′17″N 69°19′51″E / 41.238047°N 69.330781°E |
Tramvaylar | (sobiq 13) |
Avtobuslar | 26, 37, 93, |
Yoʻnalishli taksilar | 152 |
Avvalgi nomlari | Kuybishev shossesi |
Kim sharafiga nomlangan | Fargʻonaga boruvchi yoʻl boʻlgani |
Tarixi
tahrirKesishgan koʻchalar
tahrirKoʻcha Nukus, Istiqbol va Abdulla Qodiriy ko‘chalari oʻzaro kesishgan chorrahadan boshlanib, o‘ngga burilib, Qoʻyliq bozori oldidagi Toshkent halqa yo‘lining bilan kesishgan joyda tugaydi. Koʻcha Elbek, Kichik halqa yoʻli, Qoʻshkoʻprik, Boku, 8-mart, Sayxun, Fargʻona yoʻli 4-berk koʻchasi, Fargʻona yoʻli 2-berk koʻchasi, Zarkent koʻchasi, Fargʻona yoʻli 5-berk koʻchasi, Fargʻona yoʻli 6-berk koʻchasi, Oltinkoʻl, Abdurauf Fitrat, Muxtor Ashrafiy, Jarqoʻrgʻon, Farg‘ona yo‘li 3-tor koʻchasi, Oquy koʻchasi, Farg‘ona yo‘li 12-tor koʻchasi, Farg‘ona yo‘li 9-berk koʻchasi, Farg‘ona yo‘li 10-berk koʻchasi, Beshkent, Fayzobod, Farg‘ona yo‘li 11-berk koʻchasi, Fayzobod 8-tor koʻchasi, Oqdaryo, Fayzobod 4-tor koʻchasi, Moʻnoq, Fayzobod 9-tor koʻchasi, Visol, Yangi Qoʻyliq, Oquy 2-koʻchasi, Tolariq, Odoblik, Uysozlar, Sarbon, Mumtoz, Sarbon berk koʻchasi, Farg‘ona yo‘li 14-berk koʻchasi, Parvona 2-tor koʻchasi, Parvona 1-tor koʻchasi, Munis, Ohangrabo, Badaxshon 1-tor koʻchasi, Farg‘ona yo‘li 13-tor koʻchasi, Qoʻyliq 3-tor koʻchasi, Badaxshon 2-tor koʻchasi, Tabassum, Tabibiy, Qoʻyliq, Tantana, Qo‘yliqota koʻchalari bilan kesishadi. Boysun, Eski-Sariko‘l va Parvona ko‘chalariga parallel ravishda o‘tadi. Bu ikki tomonlama harakatlanish va bitta qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan olti polosali yoʻldir.
Binolar
tahrirUylarning toq tomoni 7-uydan boshlab 571-uy bilan, juft tomonidagilar esa 24-uydan boshlanib, 836-uyda tugaydi. Jamoat ahamiyatiga molik binolarga Yashnobod tumani hokimligi, Yongʻin-qutqaruv boʻlimi, pochta aloqasi boʻlimi, Katta-Qoʻylik Mahalla mahalla qoʻmitasi, poliklinika va bolalar bogʻchalari kiradi. Olot koʻchasi bilan kesishgan joyda Qorasuv kanali oqib oʻtadi. Rivojlanish shakli aralash boʻlib, koʻchada koʻp qavatli va bir qavatli uylar mavjud[1]. Muxtor Ashrafiy va Jarqoʻrgʻon koʻchalari oraligʻida temir yoʻl oʻygan boʻlib, ushbu temir yoʻl ustidan oʻtish uchun koʻprik qurilgan.
Masjid
tahrirYoʻl yuzida sobiq Joʻrabek masjidi joylashgan edi. 2015-yilda baxtsiz hodisa tufayli yongʻin kelib chiqqan va buning oqibatida masjidning asosiy xonaqoh qismi yonib ketgan edi. Yongʻin sababli masjid qayta qurilish ishlari boshlanadi. Masjid bitishiga bir necha oy qolganida Oʻzbekistonning nbirinchi prezidenti Islom Karimov vafot etadi. Masjid qurilishiga homiylar masjidni prezident sharafiga „Islom ota“ masjidi deb nomlaydilar. 2016-yil 7-oktabr juma kuni yangittan qurilgan masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[4].
Ayollar qamoqxonasi
tahrirKoʻchaning Sayhun koʻchasi bilan kesishgan qismida xalq orasida ayollar qamoqxonasi nomi bilan mashxur boʻlgan 7-JIEK joylashgan edi. Muassasa Rossiya imperiyasi davrida mustahkam „Nikolay“ gʻishtidan qurilgan sobiq harbiy lager oʻrnida bunyod etilgan. Tarixchi va oʻlkashunos Boris Golenderning fikriga koʻra bu yerda Inqilobdan oldin (1917-yilgacha) 5-Orenburg kazak polkining kazarmalari yoki otxonalari mavjud boʻlgan va nazariy jihatdan ularning yonida kichik armiya ibodatxonasi ham boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi. Hozirda u buzilib oʻrnida turar-joy binolari barpo etilgan[5].
Yopiq koʻcha
tahrirKoʻchaning Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari bilan kesishgan qismi bir necha yil davomida birinchi prezident havfsizligini taʼminlash maqsadida yopib qoʻyilgan. 2008-yilda koʻchaning Kichik halqa yoʻli ustidan oʻtadigan qismidagi koʻprik ham kesib tashlanib, uning oʻrniga Elbek turar joy majmuasi quriladi[6]. 2017-yil 25-mart kuni prezident Mirziyoyev ushbu koʻprikning kesilgan qismi turar joy binolarini aylanib oʻtgan holda qayta quriladigan koʻprik loyihasi bilan tanishadi va uni qurishga koʻrsatma beradi[7][8][6]. Koʻprik bitgach Fargʻona yoʻli va Istiqbol koʻchalari bir-biri bilan qayta ulandi[9]. Koʻprikning yangidan qurilgan qismining uzunligi 281 metrni, kengligi esa 22 metrni tashkil qiladi[6]. Ushbu koʻkrikni qayta qurish ishlari bilan „Oʻzbekiston Temir Yoʻllari“ AJ shugʻullangan[10].
Transport
tahrirKoʻcha boʻylab jamoat transportining koʻpgina avtobus yoʻnalishlari harakatlanadi. Kichik halqa yoʻlida joylashgan "Toshkent" temir yoʻl vokzali va uning yonidagi Toshkent metro bekati koʻchadan taxminan 1,5 km masofada joylashgan. Bunyodkor shoh koʻchasidagi Avtovokzal koʻchadan qariyb 14 km masofada joylashgan. Aeroport esa taxminan 6 km masofada joylashgan[1].
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „улица Фаргона Йули“ (ru). geodzen.com. Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ „Переименование улиц“ (ru). Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ „Переименование улиц“ (ru). Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ „Foto: Toshkentdagi «Islom ota» masjidi“ (uz). gazeta.uz. Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ Николай Хан. „Новостройки на Фаргона Йули — Электроаппарат“ (ru). mytashkent.uz. Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Путепровод на Фаргона йули вернут“ (ru). gazeta.uz (2017-yil 25-mart). Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ „Современные мосты для удобства населения“ (ru). uza.uz. Qaraldi: 24-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „В Ташкенте восстановят путепровод с ул. Истикбол на ул. Фаргона“ (ru). uznews.uz. Qaraldi: 24-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Реконструкция моста от Первушки к Фаргона йули“ (ru). mytashkent.uz. Qaraldi: 24-oktyabr.
- ↑ „Путепровод через Малую кольцевую в Ташкенте открыт“ (ru). uzdaily.uz (29/09/2017). Qaraldi: 24-oktyabr.