Shota Rustaveli koʻchasi (Toshkent)

Shota Rustaveli koʻchasi – Toshkentning markaziy koʻchalaridan biri. Koʻchaning uzunligi taxminan 6,5 kilometrni tashkil etadi va oʻrta asrlarda koʻcha Toshkent Samarqand bilan bogʻlovchi yoʻl boʻlgan. Ilgari „Shota Rustaveli“ koʻchasi „Zangiota koʻchasi“ va „Dala hovli koʻchasi“ deb atalagan[1][2].

Shota Rustaveli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Hudud Toshkent viloyati
Shahar Toshkent shahri
Tuman Yakkasaroy tumani
Uzunligi 6.5 kilometr
Kengligi 24 metr
Yaqin metro bekatlari Bobur (metro bekati)
Toʻqimachi (metro bekati)
Usmon Nosir (metro bekati)
Janubiy (metro bekati)
Avtobuslar 2, 12, 18, 33, 38, 40, 48, 57, 58, 69, 80, 81, 90, 98, 131, 134, 135
Yoʻnalishli taksilar 12, 71, 88, 98
Avvalgi nomlari Dala hovli, Zangiota
Kim sharafiga nomlangan Shota Rustaveli

Koordinatalari: 41°16′29″N 69°14′31″E / 41.27472°N 69.24194°E / 41.27472; 69.24194 G O

Oʻzbekistondagi Shota Rustaveli yodgorligi

Tarixi tahrir

„Shota Rustaveli koʻchasi“ birinchi marta 19-asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi davrida „Dala hovli koʻchasi“ nomi bilan tashkil etilgan. U birinchi ochilganda koʻcha Turkiston bogʻiga oʻtish joyi boʻlgan, bir necha yildan soʻng koʻcha nomi „Zangiota“ deb oʻzgartirildi. Ammo 1938-yilda u hozirgi nomiga oʻzgartirildi va gruzin shoiri va yozuvchisi Shota Rustaveli sharafiga qayta nomlandi. 1930-yillarning oxirlarida hukumat tomonidan yangi va zamonaviy binolar qurila boshlandi[3][4]. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach, 1991-yilda shaharning 4 kilometrga yaqin boʻlgan katta qismi oʻzbek shoiri Usmon Nosir nomi bilan ataldi. Biroq 2000-yildan keyin u oʻzining eski nomiga oʻzgartirildi va „Shota Rustaveli koʻchasi“ deb ataldi[5].

Diqqatga sazovor obyektlari tahrir

„Shota Rustaveli koʻchasi“ Toshkent shahrining goʻzalligi, ijtimoiy-iqtisodiy taʼsiri va madaniy hayotida muhim oʻrin tutadi. Bu yerda mahalliy aholiga xizmat qiladigan bir qancha muhim bino va inshootlar mavjud boʻlib, ulardan ayrimlari „Doʻstlik bogʻi“, "Grand Mir mehmonxonasi"[6], „Toshkent viloyat sudi“, „Orolni qutqarish xalqaro fondi binosi“[7], „Shveysariya elchixonasi“[8], „Saodat“ savdo markazi[9] va boshqalar hisoblanadi[10]. 1987-yilda Oʻzbekiston hukumati buyurtmasi bilan Shota Rustaveli haykalini professional haykaltarosh R.Nemirovskiy yasagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, rus xalq shoiri Aleksandr Pushkin haykali ham „Shota Rustaveli koʻchasi“ga koʻchirildi va u joylashgan Teatr maydoni Pushkin maydoni deb qayta nomlandi[11].

 
Shota Rustaveli koʻchasida Aleksandr Pushkin haykali

Manzili tahrir

 
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli koʻchasi

„Shota Rustaveli koʻchasi“ Toshkent shahrining janubiy qismida joylashgan boʻlib, u Toshkent shahrining koʻplab katta va asosiy koʻchalari – „Shahrizabz koʻchasi“ va „Yangi Sergeli“ koʻchasi bilan bogʻlanadi. „Shota Rustaveli koʻchasi“ Toshkentning Yakkasaroy tumanida tarkibiga kiradi[12].

Jamoat transporti tahrir

„Shota Rustaveli koʻchasi“ dan har kuni minglab odamlar oʻtadi va transport koʻchaning muhim tizimidir. „Shota Rustaveli koʻchasi“ orqali oʻtadigan bir qancha avtobus va mikoavtubslar mavjud boʻlib, ular quyidagicha koʻrsatilgan:

  • Avtobus yoʻnalishlari: 2, 12, 18, 33, 38, 40, 48, 57, 58, 69, 80, 81, 90, 98, 131, 134, 135[13]
  • Mikroavtobus yoʻnalishlari: 12I, 71, 88, 98.

Jamoat transporti loyihalari tahrir

2001-yilda foydalanishga topshirilgan Toshkent metrosining Yunusobod yoʻlini Mingoʻrik bekatidan Shota Rustaveli koʻchasi boʻylab Janubiy vokzalga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan edi. Koʻchada Yunusobod yoʻlining toʻrtta bekati – Bobur, Toʻqimachi, Usmon Nosir, Janubiy bekatlari qurilishi loyihaga kiritilgan, biroq hali qurilmagan.

2022-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Tblisi meri Kaxa Kaladze va Gruziya bosh vaziri Irakliy Gariboshviliga Toshkent shahar hokimligi vakillari Shota Rustaveli koʻchasi boʻylab tramvay harakatini qayta tiklashni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan[14].


Manbalar tahrir

  1. Tashkent: encyclopedy 2009, s. 656.
  2. Information about the street kartalogiya.ru Retrieved 2016-04-03.
  3. Tashkent: encyclopedy 1999, s. 399.
  4. Renaming the streets in Tashkent (2009 year) (Wayback Machine saytida 2015-12-11 sanasida arxivlangan) legal-force.uz Retrieved 2016-04-03.
  5. Renaming the streets of Tashkent in the year of 2014 goldenpages.uz Retrieved 2016-04-03.
  6. Business map of Tashkent mg.uz Retrieved 2016-04-03.
  7. Official web site of the fund Retrieved 2016-04-03.
  8. Golden Business page goldenpages.uz Retrieved 2016-04-03.
  9. Google Maps Retrieved 2016-04-03.
  10. Business card of Tashkent mg.uz Retrieved 2016-04-03.
  11. Business card of Tashkent mg.uz Retrieved 2016-04-03.
  12. Shota Rustaveli street mg.uz Retrieved 2016-04-03.
  13. Business card of Tashkent mg.uz Retrieved 2016-04-03.
  14. „Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay liniyasini tiklashni rejalashtirmoqda — Tbilisi meriyasi“. Gazeta.uz. Gazeta.uz (2022-yil 19-iyul). Qaraldi: 4-noyabr 2023-yil.