Usmon Nosir
Usmon Nosir (1912-1944) — XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir.
Usmon Nosir | |
Tavallud sanasi: | 1912-yil 13-noyabr |
---|---|
Tavallud joyi: | Namangan, Turkiston oʻlkasi, Rossiya imperiyasi |
Vafot sanasi: | 1944-yil 9-mart |
Vafot joyi: | Suslovo qishlogʻi (hozirgi Pervomayskoye qishlogʻi), Marinsk tumani, Kemerovo viloyati, SSSR |
Fuqarolik: | ![]() ![]() |
Kasb: | shoir |
BolaligiTahrirlash
Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻildi. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi.
TaʼlimiTahrirlash
Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi.
QatagʻonTahrirlash
1937-yil 13-iyulda shoir „xalq dushmani“ sifatida hibsga olinib, 58-modda bilan sudlanadi va avval Zlatoust qamoqxonasiga, soʻngra Vladivostok va Magadan lagerlariga joylashtiriladi. 1943-yilda Kemerovo viloyatining Mariinskiy tumanidagi lagerga yuboriladi.
1940-yil 20-avgustda Usmon Nosir Magadan qamoqxonasidan Iosif Stalin nomiga ariza yuboradi va unda u uning „ishini“ qayta koʻrib chiqishni soʻraydi. Bu ariza Iosif Stalin, Lavrentiy Beriya tomonidan koʻrib chiqildi va ular tomonidan maʼqullandi. O‘zbekiston rahbari Nosirov Usmon „ishini“ qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida buyruq oladi. 1944-yil oxiriga kelib komissiya tuzilib, Usmon Nosir begunoh deb topiladi va reabilitatsiya qilinadi.
VafotiTahrirlash
Ammo shoir reabilitatsiya qilingunga qadar yashamadi. U 1944-yil 9-martda vafot etadi va 15-martda Kemerovo viloyatida yashovchi A. M. Sirota tomonidan Suslovo qishlogʻi (hozirgi Pervomayskoye qishlogʻi) qabristoniga dafn qilinadi.
Har yili Kemerovo viloyatining Kemerovo shahrida shoir xotirasiga bag‘ishlangan adabiy o‘qishlar bo‘lib o‘tadi. U yerda Usmon Nosirning uy-muzeyi mavjud bo‘lib, unda shoirning sheʼrlari o‘qiladi.
2003-yilda atoqli o‘zbek shoiri va dramaturgi Usmon Nosir tavalludining 90 yilligi, 2022-yilda esa 110 yilligi O‘zbekistonda keng nishonlandi.
IjodiTahrirlash
Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat“ (1932), „Safarbar satrlar“ (1932), „Traktorobod“ (1934), „Yurak“ (1935), „Mehrim“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Norboʻta“ (1932) va „Naxshon“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning:
|
singari misralari bunga misoldir. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni bor boʻyicha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi. Milliy sheʼriyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qoliplarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir boʻldi. Shoirning oʻz tuygʻularini:
|
tarzida tasvirlashi miqyosi, koʻlami va taʼsirchanligiga koʻra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: „Ilhomimning vaqti yoʻq selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob“ shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir.
Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „Yurak“, „Nil va Rim“, „Monolog“, „Nasimaga deganim“, „Yana she'rimga“, „Begona“, „Yoshlik“ singari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan[1][2].
ManbalarTahrirlash
- ↑ Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.
- ↑ Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „Oʻqituvchi“. 2000.