Reabilitatsiya ( lot. rehabilitatio — tiklash) (tibbiyotda) — organizmning buzilgan funksiyasini va bemorlar hamda nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui. Ogʻir kasalliklar (miokard infarkti, insult, orqa miya shikastlanishlari, umurtqa pogʻonasi va boʻgʻimlarning shakli oʻzgarishi bilan kechadigan kasalliklari); markaziy nerv sistemasining jiddiy zararlanishlari, ruhiy kasalliklar va boshqalarga uchragan bemorlar R. ga koʻproq muhtoj boʻladilar[1].

Tibbiy R. kasallik tufayli funksiyasini yoʻqotgan aʼzo faoliyatini qisman yoki toʻliq tiklash yoki kasallangan sohadagi avj olayotgan jarayonning iloji boricha oldini olishga qaratiladi. R. boʻlimi bor kasalxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, mahalliy kurort va sanatoriylarda R.ni amalga oshirish har bir bemorning umumiy ahvolidan kelib chiqqan holda kasallikning shakli va kechishiga qarab belgilanadi.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Keksa reabilitatsiya xususiyatlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil