Qorasuv kanali, Oʻngqirgʻoq Qorasuv kanaliToshkent viloyatidagi kanal. Toshkent viloyat Qib-ray tumani hududida, Oqqovoq-2 GESning pastki byefi oʻng qirgʻogʻidan boshlanadi. Uz. 35 km (shundan 24 km Toshkent shahri hududida), suv oʻtkazish imkoniyati 18m³/sek. Oʻrtacha chuq. 1,5–2 m, eni 10–14 m. Kanalning bosh toʻgʻoniga temir-beton yotqizilgan, 12 m³/sek. suv oʻtkazadi. Qorasuv kanali 4,1 ming ga ekin maydonini, shuningdek, Toshkent shahrining janubi va janubi-sharqini suv bilan taʼminlaydi.

Qorasuv kanali
Qorasuv kanali Militsiya akademiyasi yaqinda
Qorasuv kanali Militsiya akademiyasi yaqinda
Tavsif
Suv sarfi 18 m³/s
Davlat Oʻzbekiston
Qorasuv kanali

Galereya Tahrirlash

Yana qarang Tahrirlash

Manbalar Tahrirlash