Anhor arigʻi
Anhor yoki Anhor arigʻi (Anhor kanali, 1917-yil oktyabr inqilobigacha boʻlgan manbalarda Angor nomi ham uchraydi[1]) – Toshkent va Toshkent viloyatidagi ariq (kanal), Boʻzsuv kanalining tarmogʻi[2]. Anhorning boshlanishi hisoblangan nuqtaga qarab (Kichik halqa yoʻli[3] janubi yoki Oʻzbekiston shoh koʻchasi janubi[4]) ham chap, ham oʻng shoxobcha hisoblanishi mumkin. Uzunligi taxminan 23 kilometr, sugʻoriladigan maydoni 5000 gektarga yaqin. Oʻrtacha suv sarfi 10,5 m³/s[2].
Anhor | |
---|---|
Anhor ustiga qurilgan Oʻrda koʻprigi | |
Tavsif | |
Uzunligi | 23 |
Suv sarfi | 10,5 m³/s (Boʻrjar ajralib chiqqandan keyin) |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | Boʻzsuv |
· Boshlanish joyi | Shayxohtohur GESning yuqori befi |
Quyilishi | Mayda ariqlarga boʻlinib ketadi |
Joylashuvi | |
Davlat | Oʻzbekiston |
Mintaqa | Toshkent shahri tumanlari va Zangiota tumani |
Anhor arigʻi |
Kanal oqimi
tahrirZamonaviy kartografik manbalarda Shayxohtohur GESning yuqori befi (41°20′9″N 69°16′26.6″E / 41.33583°N 69.274056°E) Anhorning boshlanishi sifatida qabul qilingan[5][6][7][8][9][10][11], bu yerda Boʻzsuv yo yon tomonga ketgan[12] yoki tugagan deb hisoblanadi (agar tugagan deb hisoblansa yon tomonga oʻtayotgan kanal Kaykovusning yuqori oqimi hisoblanadi[3]). Shu bilan birga, Anhor ustki kanalning yoʻnalishini va undagi suvning katta qismini saqlab qoladi.
Boʻrjar GESning yuqori befida (41°18′32.3″N 69°15′29.1″E / 41.308972°N 69.258083°E) Anhorning oʻzi kichikroq oqim bilan yon tomonga oʻtadi va Boʻrjar kanali xuddi shu yoʻnalishda oqadi[13]. Ayrim manbalarda Anhor faqat shu yerdan boshlanishi, ungacha boʻlgan qismi Boʻzsuv ekanligi yozilgan[2][4][14].
Boʻzsuv deb ham ataladigan qismi
tahrirShayxohtohur GESning yuqori befi bilan Boʻrjar GESning yuqori befi oʻrtasida Anhor biroz gʻarbga nishablik bilan shimoldan janubga qarab poytaxtning markaziy qismidan oqib oʻtadi. U Xurshid koʻchasini, kattaroq oʻzan bilan Abdulla Qodiriy koʻchasi hamda Alisher Navoiy va Oʻzbekiston shoh koʻchalarini kesib oʻtadi[11]. Anhor boʻyi koʻchasi kanal boʻylab oʻtadi[11][15]. Sohillarida (pastki oqimda): Minor qabristoni[3][16], Germaniya elchixonasi, Jasorat monumenti (1966-yilgi Toshkent zilzilasiga bagʻishlangan)[17], Turkiston konsert zali[7] Oʻrda turar-joy mavzesi, Motamsaro ona majmuasi[17], Prezident administratsiyasi binosi (sobiq Senat binosi)[18], Paxtakor markaziy stadioni, Yu. A. Gagarin nomidagi istirohat bogʻi[5] va Oʻzbekiston Prezidentining "Oqsaroy" qarorgohi[19] joylashgan. Abdulla Qodiriy koʻchasi yonidagi kichik orolda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi[17] joylashgan. Oʻtmishda Anhor yaqinida Qoʻqon xonligining Oʻrda qalʼasi va xon qoʻshinlarining eski Toshkent qal’asi boʻlgan[20]. Bu yerdan[21] Chorsu[22] va Chuqurkoʻprik[13] shaxobchalari ajralib chiqadi. Shayxohtohur GES Anhordagi Xurshid koʻchasidan pastda qurilgan[23].
Boʻrjardan Kaykovusgacha boʻlgan qismi
tahrirBoʻrjar ajratilib chiqqanidan soʻng, kanal doimiy ravishda toʻliq oqimini yoʻqotib boradi. Kanalning shimoli-gʻarbiy tomonidagi kichik boshlangʻich uchastkasi yer ostidan oʻtadi[8], Beshyogʻoch koʻchasini kesib oʻtadi, undan keyin umumiy janubi-gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Soʻngra Furqat, Seul, Muqimiy, Choʻponota koʻchalari, Kichik halqa yoʻli, Bunyodkor shoh koʻchalarini kesib oʻtadi[11]. Uning sohillarida (pastida): Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi[13], Humo Arena (Beshyogʻoch maydoni), Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ[24], Oliy Majlis Qonunchilik palatasi[25], Koʻrgazmalar zali[7], G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat istirohat bog‘i[26], Bunyodkor stadioni[27], V.Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi[26], ikkita kichik qabriston[8], Doʻmbrobod turar-joy mavzesi[28] joylashgan. Zax, Novza, Choʻponota[5] shaxobchalari shu yerdan boshlanadi. Kanal suvi Milliy bogʻdagi koʻlni toʻldiradi[29]. Seul koʻchasi orqasida Anhor Oqtepa kanali bilan kesishadi (41°17′53″N 69°14′19″E / 41.29806°N 69.23861°E), bu Toshkentning yirik suv oqimlari kesishadigan yagona holatdir.
Toshkent ensiklopediyasida Anhor Xalqlar doʻstligi maydoni hududida (hozirgi Bunyodkor shoh koʻchasi) Eski Darxon va Qonqus kanallariga boʻlingani haqida xabar berilgan[2]. Biroq, barcha zamonaviy kartografik manbalarda janubi-gʻarbiy yoʻnalishni saqlab turuvchi kanal Anhor[5][6][7][8][9][10][11][30] deb ataladi.
Qonqus arigʻi
tahrirAnhor (Qonqus) Bunyodkor shoh koʻchasi boʻylab oqib oʻtadi[31], Toshkent avtomobil halqa yoʻli bilan transport ayirboshlash joyini aylanib oʻtadi va shahar chegarasidan tashqariga chiqadi[32]. Toshkent chegarasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda, uning sohilida kichik qabriston joylashgan[33]. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida[11] Beshqoʻrgʻon va Charimteshar[8] (Charimtesharning avvalgi nomi Qonqus) aholi punktlari hududidan oqib oʻtadi.
Qonqus mayda shaxobchalarga boʻlinadi va yoʻqoladi, suvning bir qismi Quyi Boʻzsuvga yetib boradi[8].
Shayxohtohur GES
tahrirShayxohtohur gidroelektr stansiyasi 1951—1954-yillarda Anhor kanalida qurilgan. 1955-yildan esa Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti tarkibiga kiradi. Kaykovus va Anhor ajralishidan biroz pastroqda joylashgan (41°19′38″N 69°16′13″E / 41.32722°N 69.27028°E).
1-va 2-gidroagregatlarning quvvati (1953-yilda ishga tushirilgan) har biri 1 MVt, 3-gidroagregatning quvvati (1954-yilda ishga tushirilgan) 1,6 MVt[23].
Anhordan ajralib chiqadigan ariqlar
tahrirA. I. Dobromislovning yozishicha, 20-asr boshlarida Anhordan 23 ta sugʻorish ariqlari suv olgan[34].
Bugungi kunda saqlanib qolgan baʼzi shaxobchalar quyida keltirilgan:
Chuqurkoʻprik – Anhorning chap tarmogʻi boʻlib, Paxtakor stadioniga kiraverishda boshlanadi (41°18′43.7″N 69°15′37.7″E / 41.312139°N 69.260472°E). Dastlabki qism gidrotexnik quvurlar orqali oʻtadi va Botir Zokirov koʻchasi orqasida yuzaga chiqadi (41°18′46.3″N 69°15′4″E / 41.312861°N 69.25111°E). Gʻarb tomonga oqib oʻtadi, Furqat, Asadulla Xoʻjayev, Samarqand Darvoza koʻchalarini kesib oʻtadi[11]. Suzuk ota koʻchasi hududida Quyi Boʻzsuvga quyiladi (41°18′55.6″N 69°13′03.3″E / 41.315444°N 69.217583°E)[35].
Zax – Anhorning chap tarmogʻi, Milliy bogʻ metro bekati hududidan boshlanadi (tarixiy boshlanish nuqtasi[25] – 41°18′4.8″N 69°14′22.5″E / 41.301333°N 69.239583°E, yuzaga chiqishining hozirgi boshlangʻich nuqtasi – (41°18′10.5″N 69°14′00.1″E / 41.302917°N 69.233361°E)[36]. Avval gʻarbga oqib oʻtadi, keyin shimoli-gʻarbga buriladi. Eski shaharning Beshyogʻoch dahasi hududidan oʻtadi. Bunyodkor shoh koʻchasi, Samarqand Darvoza koʻchalarini kesib oʻtadi. Zax sohillarida Xoʻja Alambardor maqbarasi bilan Zax ariq va Kamolon qabristonlari joylashgan. Quyi Boʻzsuvga quyiladi (41°18′42″N 69°12′41.2″E / 41.31167°N 69.211444°E)[7].
Novza – Anhorning chap tarmogʻi boʻlib, Oqtepa kesishmasidan biroz pastroqda boshlanadi (41°17′44.6″N 69°14′4.9″E / 41.295722°N 69.234694°E). Gʻarbiy yoʻnalishda, Oqtepa maydoniga oqadi[5]. Ariq boʻyida Novza masjidi joylashgan [25].
Choʻponota[37] – Anhorning chap tarmogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ yonidan boshlanadi (41°16′59.5″N 69°13′6.6″E / 41.283194°N 69.218500°E)[7][36]. Shimoli-gʻarbga oqib oʻtadi, soʻngra yer ostiga oʻtadi, yuzaga chiqqandan keyin janubga bir oz qiyalik bilan gʻarbga oqadi. Bunyodkor shoh koʻchasi, Qatartol va Choʻponota koʻchalarini kesib oʻtadi. Sohilida kichik qabriston bor[38]. Toshkent halqa avtomobil yoʻli hududida Quyi Boʻzsuvga quyiladi (41°16′55″N 69°9′1″E / 41.28194°N 69.15028°E)[37].
Izza – Anhorning chap tarmogʻi, katta ariq (kanal deb hisoblash mumkin). Bunyodkor shoh koʻchasi hududidan boshlanadi (41°15′47.1″N 69°11′50.7″E / 41.263083°N 69.197417°E)[26]. Shoh koʻchani kesib oʻtib, Qizil Sharq va Izza kichik dahalari orqali shimoli-gʻarbga oqib oʻtadi[10][39].
Anhor bilan bogʻliq tarixiy voqealar
tahrirToshkentning Qoʻqon xonligiga qoʻshilishi bilan Anhor va Gadragan[40] kanallari oraligʻida harbiy qalʼa – Oʻrda qurilgan. Alisher Navoiy shoh koʻchasidagi zamonaviy "Anhor" qahvaxonasi hududida boʻlgan[41]. Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin (1865) janubda Boʻrjar arigʻi tugash qismida chor qoʻshinlari qalʼasi barpo etilgan[20][41]. Ayni vaqtda Qoʻqon oʻrdasi Toshkentni bosib olgan general M. G. Chernyaevning qarorgohiga aylangan[42]. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topishi bilan Anhor yaqinida (zamonaviy Senat binosi oʻrnida) gubernatorlar qarorgohi qurilgan (meʼmori – Aleksey Benua)[43].
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kanal avvaldan aholi yashab kelgan Eski shahar (ruslar sartlar shahri deb atagan) hamda bosib olingandan keyin paydo boʻlgan Yangi shahar oʻrtasidagi chegara boʻlgan[44][45]. Yangi shaharning birinchi koʻchasi Chernyayev (hozirgi Mustaqillik maydoni) Anhor boʻylab oʻtgan[46][43]. Bundan tashqari, Toshkentdagi Oʻrda (ruscha: Урдинский) nomi bilan mashhur boʻlgan birinchi zamonaviy koʻprik Anhor boʻylab qurilgan. Dastlab yogʻochdan yasalgan boʻlsa, 1913-yilda zamonaviy gʻisht koʻprik qurilgan[47].
1930-yilning 1-yanvarida Anhorda suv toshishi sodir boʻldi, bu esa Eski shahardagi ulkan hududni 7 dan 21 soatgacha suv bosishiga olib keldi. Favqulodda holatga Boʻzsuv elektr stansiyasida (1930-yilda Chirchiq-Boʻzsuv GES kaskadidagi energiya generatsiya qilgan yagona elektr stansiyasi) suv oqimining notekisligi sabab boʻlgan. Qolaversa, Yangi yil arafasida navbatchilikka tayinlangan texnik xodim bayramni nishonlash uchun oʻz xizmat joyini tark etgan. Suv toshqiniga qarshi kurashish uchun GES ishi vaqtincha toʻxtatilgan, harbiy qismlar, militsiya, partiya xodimlari, komsomolchilar va shaharning oddiy fuqarolari safarbar qilingan. 501 kishi jarohat olgan, yoʻqotishlar 117 100 rublga baholangan (energetika oʻchirilgan korxonalarning ishlamay qolish vaqtini hisobga olmaganda). Falokat haqida juda maxfiy tartibda, shu jumladan I. V. Stalinga va OGPU rahbari G. G. Yagodaga xabar berilgan[48].
Madaniyatda tilga olinishi
tahrirOʻzbek shoirasi Yulduz Muxtorova Anhor bagʻishlab sheʼr oʻqigan.
Manbalar
tahrir- ↑ Добросмысловъ А. И. Ташкентъ въ прошломъ и настоящемъ. Историческій очеркъ. Toshkent: Типография Порцева, 1912 — 168 --bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 29 --bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 29 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ 4,0 4,1 Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 57 --bet.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Tashkent. Plan goroda. Masshtab 1 : 22 000. Glavnoe upravlenie geodezii i kartografii SSSR, 1991.
- ↑ 6,0 6,1 Tashkent. Plan goroda. Masshtab 1 : 22 000 – Tashkent: „Uzgeodezkadastr“, 1992.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Toshkent. Miqyos 1 : 28 000. – Toshkent: „Uzgeodezkadastr“, 1995. (uzb.)
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 Tashkent. Plan goroda masshtabom 1 : 25 000. – Tashkent: Kartograficheskiy sentr Ministerstva oboroni Respubliki Uzbekistan, 1995.
- ↑ 9,0 9,1 Tashkent-2003. Sxema marshrutov passajirskogo transporta. – Tashkent: „Goskomgeodezkadastr“, 2003.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Tashkent-2005. Sxema marshrutov passajirskogo transporta. – Tashkent: „Goskomgeodezkadastr“, 2005.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 Ташкент. План города.. Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2008. ISBN 978-9943-15-131-4.
- ↑ Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 42 --bet.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 39 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Tashkent. Sxema marshrutov gorodskogo transporta – Tashkent, 1979.
- ↑ Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 199 --bet.
- ↑ Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 214 --bet.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 40 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ „Письма о Ташкенте | Solnechnie berega reki nashego detstva. chast 1“. 2013-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.
- ↑ Google Maps maʼlumotlari (41°18′37″N 69°15′40″E / 41.31028°N 69.26111°E va 41°18′30″N 69°15′35″E / 41.30833°N 69.25972°E)
- ↑ 20,0 20,1 Булатова В. А., Маньковская Л. Ю.. Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв.. Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983-yil — 41 --bet.
- ↑ Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 97 --bet.
- ↑ Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 226--bet.
- ↑ 23,0 23,1 Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 399 --bet.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 50 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ 25,0 25,1 25,2 Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 49 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ 26,0 26,1 26,2 Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 59 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Google Maps maʼlumotlari (41°16′45″N 69°12′45″E / 41.27917°N 69.21250°E)
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 70 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Чуб В. Е., Видинеева Е. М., Верещагина Н. Г., Рахматова Н. И.. О пригодности воды водоёмов г. Ташкента для рекреации и ирригации. Toshkent: НИГМИ Узгидромет — 42 --bet.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 58—59 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 68—69 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 79 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 69 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Добросмысловъ А. И. Ташкентъ въ прошломъ и настоящемъ. Историческій очеркъ. Toshkent: Типография Порцева, 1912 — 169 --bet.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 38 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ 36,0 36,1 Google Earth maʼlumotlari
- ↑ 37,0 37,1 Sokolov Yu. A. Tashkent, tashkentsi i Rossiya. – Tashkent: „Uzbekistan“, 1965.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 48 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ Чернявская Т. Б.. Атлас «Ташкент» малый. Toshkent: Госкомгеодезкадастр, 2007 — 57—59 --bet. ISBN 9789943151284.
- ↑ „Obyekt - Gadragan (eski)“. geonames.kadastr.uz. Geonames axborot portali. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
- ↑ 41,0 41,1 Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 318 --bet.
- ↑ Зияев Х. З., Буряков Ю. В.. История Ташкента (с древнейших времён до победы Февральской буржуазно-демократической революции). Toshkent: Fan nashriyoti, 1988-yil — 41 --bet. ISBN 5648004346.
- ↑ 43,0 43,1 Долгая Г. А. „Прогулки по Ташкенту. Маршрут 3. Набережная Анхора. Площадь Мустакиллик“ (deadlink). Ностальгия по Ташкенту (2011-yil 8-may). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-noyabr.
- ↑ Булатова В. А., Маньковская Л. Ю.. Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв.. Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983-yil — 42 --bet.
- ↑ Зияев Х. З., Буряков Ю. В.. История Ташкента (с древнейших времён до победы Февральской буржуазно-демократической революции). Toshkent: Fan nashriyoti, 1988-yil — 142 --bet. ISBN 5648004346.
- ↑ Зиядуллаев С. К.. Ташкент. Энциклопедия. Toshkent: OʻzSE bosh tahririyati, 1983-yil — 227 --bet.
- ↑ Юлдуз Мухтарова. „Прогулки по старому Ташкенту“ (deadlink). Новости Узбекистана (2008-yil 26-sentyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-yanvar.
- ↑ „Выписка из сообщения ПП ОГПУ по Средней Азии о прорыве в ирригационной системе г. Ташкента. 6—8 января 1930 г.“. istmat.info. 2019-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-noyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Ташкент. Энциклопедия. Ташкент: Главная редакция УзСЭ, 1983.
- Атлас «Ташкент» малый.. Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2007. ISBN 978-9943-15-128-4.
- История Ташкента (с древнейших времён до победы Февральской буржуазно-демократической революции). Ташкент: «Фан» УзССР, 1988. ISBN 5-648-00434-6.
- Булатова В. А., Маньковская Л. Ю.. Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв. Ташкент: Издательство литературы и искусства, 1983.
- Добросмысловъ А. И.. Ташкентъ въ прошломъ и настоящемъ. Историческій очеркъ. Ташкент: Типография Порцева, 1912.
- Чуб В. Е., Видинеева Е. М., Верещагина Н. Г., Рахматова Н. И. О пригодности воды водоёмов г. Ташкента для рекреации и ирригации // НИГМИ Узгидромет.