Anhor (qahvaxona)
"Anhor" – qahvaxona-choyxona. Toshkentdagi Anhor sohilida qurilgan, xalq meʼmorligi anʼanalarini oʻzida aks ettirgan bino (1950, meʼmor V. Dmtriyev). Dastlab bino simmetrik reja asosida toʻgʻri toʻrtburchak shaklda barpo etilgan. Ovqatlanish xonasi 75 oʻrinli, toʻrida choyxona, oshxona va yordamchi xo-nalar, suvga qaragan yon tomonida ay-von boʻlib, xoʻjalik xonalari yer osti qismiga joylashtirilgan. Binoning old tarzi nisbatlar qonuni asosida hal etilib, peshtoq tepasida bezakli guldon, ikki tomonida antefikslar, 6 ustunli peshayvonning ikki chekkasida panjara boʻlib, oʻziga xos meʼmoriy koʻrinishga ega edi. Bino qayta qurish jarayonida (1979) qishlik (120 oʻrinli) va yozlik (160 oʻrinli) boʻlimlarga ajratilib, oshxona va choyxona qismi qaytadan quriddi. Orqa tomoni 2 qavatli boʻlib, birinchi qavatida choyxona, oshxona, somsaxona va kabobxona joylashgan, ularning moʻrisi minorasimon ishlangan. Yon qismiga (suv boʻyida) eni 5 m, uzunligi 30 m li 1 qavatli ayvon ishlandi. Qishlik zalning ichki tomonini „Meblomet“ firmasi (Polsha) bezagan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |