Choʻponota, Choponota[1] – Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan oqib oʻtuvchi kichik sugʻorish kanali (ariq). Anhor kanalining oʻng tarmogʻi hisoblanadi. Ariq 1936-yilda qazib ishga tushirilgan. Quyilish joyi Quyi Bo‘zsuv kanali.

Cho‘ponota
Cho‘ponota kanalining istirohat bog‘iga burilish joyi
Cho‘ponota kanalining istirohat bog‘iga burilish joyi
Tavsif
Uzunligi 5,218
Suv sarfi 400 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Anhor
Quyilishi Bo‘zsuv
Davlat Oʻzbekiston

Tavsif

tahrir

Choʻponotaning uzunligi 5 km 218 m. Kanal tubi butun uzunligi boʻylab betonlangan[2][3]. Maksimal suv sarfi 400 l/s[2][4]. Toshkent ensiklopediyasiga koʻra 300 gektar [2], Q. Xolmatov va P. Baratovlar maʼlumotlariga koʻra kanal suvidan 500 gektar[4] yer maydoni sugʻoriladi.

Choʻponota kanalining boshlanishi Chilonzor restorani orqasida (Anhorning chap sohilida) joylashgan[2]. Ariq Anhordan oʻng tomonga oqib Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini kesib oʻtadi[5]. Dastlab, kanal shimoli-gʻarbiy tomonga oqadi[5] va Chilonzor massivining 6, 8, 9, 13 va 12- kvartallari hududidan oʻtadi, Chilonzor tumanidan Uchtepa tumaniga oʻtadi. Bunyodkor shoh koʻchasi, Qatartol [4] koʻchalarini (chorrahada kichik qabriston [5]), Chapanota, Lutfiy, Farhod, Katta Xirmontepa va Foziltepani kesib oʻtadi[4]. Quyi oqimida gʻarbiy yoʻnalishda oqadi[5], qolgan suv Toshkent halqa yoʻli yaqinida, Oʻrikzor bozori[5] janubida joylashgan Boʻzsuv kanaliga[4] quyiladi. Ariqning butun yo‘nalishi butunlay betonlangan, kanal boʻylab 10 ta dyuker va 10 ta quvurli koʻprik bor[4].

1983—yilga kelib Choʻponota kanali 13 ta sugʻorish ariqlarini suv bilan taʼminlagan[4].

K.Xolmatov va P. Baratovning yozishicha, kanal qazish ishlari 1939—yilda olib borilgan[4][2].

Manbalar

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Xolmatov Q., Baratov P. Toshkent shahrining irrigatsiya shoxobchalari. – Toshkent: „Fan“ UzSSR, 1983. – S. 31.(oʻzb.)
  • Toshkent: ensiklopediya. / bosh tahrir hayʼati A. Akromov, B. Sh. Alimov, M. N. Aminov va boshq. – Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. – S. 495. – 784 s. – ISBN 978-9943-07-096-7. (st. „Suv xoʻjaligi“)(oʻzb.)
  • Atlas „Tashkent“ maliy. / Chernyavskaya T. B. – Tashkent: Goskomgeodezkadastr, 2007. – 122 s. – ISBN 978-9943-15-128-4.