Fan (nashriyot)

Oʻzbekistonda joylashgan nashriyot

Fan“ (toʻliq nomi: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nashriyoti davlat korxonasi)[1] – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy nashriyoti. Akademiya tizimidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini toʻplamlar, monografiyalar, ilmiy-ommabop risolalar, mukammal va tanlangan asarlar hamda jurnal maqolalari tarzida ilmiy jamoatchilikka va ommaga yetkazib beradi.

Fan
MamlakatOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Asos solingan1934-yil
Rahbar(lar)Elyor Murodov

Tarixi tahrir

Nashriyot Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi huzuridagi boʻlim sifatida 1934-yilda tashkil topgan. „Fan“ nomi oʻz tarixi davomida bir necha bor oʻzgargan: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti (1943—63), Oʻzbekiston SSR „Nauka“ nashriyoti (1964—66); 1966-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining „Fan“ nashriyoti. 1940-yildan nashriyotning maxsus bosmaxonasi ishga tushirildi. Nashriyot 2004-yilda qariyb 150 nomda kitob va jurnallar nashr etdi (umumiy qajmi 2000 bosma tabokdan ortiq).

Faoliyati tahrir

Kitob nashrlarining asosiy turini koʻp jildli mukammal va tanlangan asarlar, ilmiy tadqiqot natijalari, monografiya va ilmiyommabop asarlar tashkil etadi. „Fan“da Alisher Navoiyning 10 jildli „Tanlangan asarlar“i ilk bor rus tilida nashr etildi. T. N. Qori Niyoziyning 8 jildli, H. M. Abdullayevning 7 jildli, Oybekning 20 jildli, Hamzaning 5 jildli, Hamid Olimjonning 10 jildli, Gʻafur Gʻulomning 12 jildli, SV. Starodubsevning 6 jildli „Tula asarlar toʻplami“, I. M. Moʻminov, V. P. Shcheglov va boshqa olimlarning koʻp jildli „Tanlangan asarlar“i chop etildi. Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan uning 60 bosma tabokdan iborat „Ziji Koʻragoniy“ asari; Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyiga Mirzo Muhammad Haydarning „Tarixi Rashidiy“ asari hamda I. M. Moʻminovning „Amir Temurning Urta Osiyo tarixida tutgan urni va roli“ kitobi, „Alpomish“ xalq qahramonlik eposi (oʻzbek va rus tillarida) nashr etildi. 2004-yilda Alisher Navoiyning 20 jildli „Mukammal asarlar tuplami“ nashri nihoyasiga yetkazildi.

„Fan“ nashriyotida „Fan va turmush“ ilmiyommabop jur.i, shuningdek, 11 ilmiy jurnallar: „Geliotexnika“, „Oʻzbekiston tarixi“, „Oʻzbekiston fizika jurnali“, „Mexanika muammolari Oʻzbekiston jurnali“, „Informatika va energetika muammolari Oʻzbekiston jurnali“, „Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“, „Oʻzbekiston biologiya jurnali“, „Oʻzbekiston kimyo jurnali“, „Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi maʼruzalari“, „Oʻzbek tili va adabiyoti“, „Farmatsevtika jurnali“ni nashr etadi.

„Fan“ nashriyotini rivojlantirishda J. Sharipov, A. Yoqubov, Yu. Yusupov, X,. Bektemirov, N. Hotamov, Z. A. Milman, U.Zokirov muayyan hissa qoʻshgan[2].

2000-yil 9-iyun kuni qabul qilingan 223-sonli „Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va samarali rivojlanishini taʼminlash toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra Fanlar akademiyasi nashr ishlarini va „Fan“ nashriyoti faoliyatini nazorat qiladi[3].

Manbalar tahrir