Ilmiy-ommabop
Ilmiy-ommabop (shuningdek, non-fantastik deb yoziladi) — bu mavzu boʻyicha real hayotdagi aniq maʼlumotni beradigan har qanday hujjat yoki media kontentdir. U real hayot haqidagi faktlar yoki fikrlarni yetkazish uchun yoziladi.[1] Ilmiy-ommabop kontentlar obyektiv yoki subyektiv ravishda taqdim etilishi mumkin. Ilmiy-ommabop adabiyot narrativ hikoya yozishning asosiy boʻlimlaridan biri (xususan, nasriy)[2] - badiiy adabiyotdan farqli oʻlaroq, bunda xayoliy personaj va voqealar aytarli boʻlmaydi, lekin baʼzida uning voqelikda noaniq koʻrinishda tavsiflanishi mumkin.[1][3]
Ilmiy-ommabop asardagi oʻziga xos talablar notoʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlsa-da, odatda muallif tarixiy yoki empirik faktlar haqida maʼlumot bera turib, oʻqituvchiga voqelikni toʻlaqonligicha koʻrsatishni maqsad qiladi. Boshqalarning ishongan narsalari toʻgʻrisida ilmiy-ommabop formatda asar yaratish - bu barcha aytib oʻtilgan narsalarning toʻgʻriligini tasdiqlash emas, balki mavzuni toʻliq ifodalash uchun urinish. Audio yoki videoda mavzu boʻyicha asosli maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati paydo boʻlgandan beri, ilmiy-ommabop asarlar faqat yozma matn bilan cheklanmay qolgan.
Tavofutlar
tahrirBadiiy adabiyotda qoʻllaniladigan koʻplab adabiy va ijodiy vositalar, odatda, ilmiy-ommabop adabiyotlarda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Qizigʻi ular baʼzi eski ilmiy-ommabop asarlarda ham mavjud, biroq ular asar ichidagi maʼlumotlarga soya solmaslik uchun koʻpincha oʻchiriladi. Oddiylik, ravshanlik va aniqlik - ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratishda eng muhim omillar sanaladilar. Auditoriya har qanday badiiy yoki tasviriy ishda muhim deb koʻrilsa-da, ehtimol, bu ilmiy-ommabop adabiyotda eng muhim boʻlishi mumkin. Badiiy adabiyotda yozuvchi shunga ishonadiki, oʻquvchilar mavzuni bilvosita yoki mavhum ravishda taqdim etilgan rivojlanishini kuzatish va talqin qilishga harakat qiladilar, ammo ilmiy-ommabop adabiyotlar koʻproq maʼlumotni aniq berish bilan bogʻliq. Oʻquvchilarning asardan potensial foydalana olishi va mavzu boʻyicha mavjud bilimlari samarali ilmiy-ommabop adabiyot uchun muhim narsadir. Ilmiy-ommabop adabiyotlarning haqiqatga daʼvo qilishiga qaramay, koʻp hollarda oʻquvchini asardagi gʻoyalarga ishontirish kerak, va, shuning uchun ham ilmiy-ommabop asarda muvozanatli, izchil va asosli dalillar juda ahamiyatli. Biroq, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyot oʻrtasidagi chegaralar, ayniqsa, biografiya sohasida muammo boʻlib keladi;[4] Virjiniya Vulf aytganidek: „Agar biz haqiqatni granit toshiga oʻxshash qattiq jism va shaxsiyatni kamalakdek ushlab boʻlmas narsa deb hisoblasak hamda tarjimai holning maqsadi bu ikkalasini bir butunga birlashtirish ekanligini hisobga olsak, biz shuni tan olishimiz kerak: muammo ancha murakkab va shu sababli, biografiyachilar tez-tez bu muammoni yechishda muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishsa, hayron boʻlishimiz shart emas“[5]
Yarim fantastika - juda koʻp ilmiy-ommabop adabiyotlarni oʻziga qamrab oladigan adabiyot,[6], masalan, bir real voqeaga asoslangan badiiy asar.
Asosiy turlari
tahrirIlmiy-ommabop adabiyotning keng tarqalgan adabiy namunalari orasida izohlovchi, bahslashuvchi va funktsional asarlar; sanʼat yoki adabiyot boʻyicha esseylar; biografiyalar; memuarlar; jurnalistika; va tarixiy, ilmiy, texnik yoki iqtisodiy yozilmalar (shu jumladan elektron yozilmalar) bor.[7]
Jurnallar, fotosuratlar, darsliklar, broshyuralar, chizmalar va diagrammalar ham koʻpincha ilmiy-ommabop deb hisoblanadi. Muallif ushbu asarlarning birortasida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotni kiritishi odatda notoʻgʻri deyiladi. Qolgan asarlar mantiqiy ravishda ham badiiy yoki ham ilmiy-ommabop boʻlishi mumkin, misol uchun, oʻzini tasvirlaydigan jurnallar, xatlar, jurnal maqolalari. Bunday asarlar asosan bir yoʻnalishga daxldor boʻlsa-da, gohida bir necha yoʻnalishning aralashmasi ham boʻlishi mumkin. Baʼzi badiiy adabiyotlar ilmiy-ommabop elementlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Baʼzi ilmiy-ommabop adabiyotlar hikoyani izchillash maqsadida tasdiqlanmagan taxmin, deduksiya yoki tasavvur elementlarini oʻz ichiga olishi mumkin, ammo ochiq yolgʻonlarning kiritilishi uni ilmiy-ommabop asar sifatida obroʻsizlantiradi. Nashriyot va kitob savdosida baʼzan “ adabiy jurnalistika ” iborasidan adabiy yoki ilmiy mavzudagi asarlarni farqlash uchun foydalanadilar.[8]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Farner, Geir „Chapter 2: What is Literary Fiction?“, . Literary Fiction: The Ways We Read Narrative Literature. Bloomsbury Publishing USA, 2014. ISBN 9781623564261.
- ↑ „"nonfiction" definition via Lexico“. 2019-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Culler, Jonathan. Literary Theory: A Very Short Introduction. Oxford University Press, 2000 — 31-bet. „Non-fictional discourse is usually embedded in a context that tells you how to take it: an instruction manual, a newspaper report, a letter from a charity. The context of fiction, though, explicitly leaves open the question of what the fiction is really about. Reference to the world is not so much a property of literary [i.e., fictional] works as a function they are given by interpretation.“
- ↑ The Institute of Art and Ideas. „The Art of Life“. IAI. Qaraldi: 14-yanvar 2014-yil.
- ↑ Woolf, Virginia. Orlando. Aziloth Books, 2010 — 134-bet. ISBN 978-1907523687.
- ↑ The Role of Narrative Fiction and Semi-Fiction in Organizational Studies G. Whiteman. N. Phillips. 13 2006, 12
- ↑ Quality Reading Instruction in the Age of Common Core Standards Susan B. Neuman: . International Reading Association, 2013 — 46-bet. ISBN 9780872074965.
- ↑ www.us.penguingroup.com Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh.
- Ijodiy ilmiy-ommabop nima? (Wayback Machine saytida 2012-10-19 sanasida arxivlangan) Archived -da