Muqimiy koʻchasi — Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi markaziy koʻchalardan biri, Oqtepa maydoni va Shota Rustaveli koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida.

Muqimiy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Yakkasaroy
Uzunligi 4 km
Yaqin metro bekatlari Novza
Avvalgi nomlari Novza koʻchasi (1950-1964)
Kim sharafiga nomlangan Muqimiy
Koʻchada joylashgan binolar Paxtabank
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti
„1000 xil mayda mollar“ savdo majmuasi
„Oltin markazi“ savdo majmuasi
„Sport buyumlari“ savdo majmuasi

1950-yillarda tashkil topgan. Dastlab „Novza“ nomi bilan yuritilgan. 1964-yil 1-yanvarda shoir va mutafakkir Muqimiy nomi berilgan[1].

Yoʻnalishda Chilonzor 1-, 3-, 5-, 7- va E mavzelari, shaxsiy turar joy binolari, „Askiya“ bozori shoxobchasi, Sirk kasb-hunar kolleji, „Flamingo“, „Sim-Sim“ va „Pivovarnik Dudek“ restoranlari, yonilgʻi quyish shoxobchasi, "Novza" metro bekati, „Paxtabank“, oilaviy poliklinika, „Oʻzneftgazinvestxolding“ kompaniyasi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti, „Miran“ supermarketi, „Sport buyumlari“, „1000 xil mayda mollar“ hamda „Oltin markazi“ savdo majmualari, qator davlat va jamoat tashkilotlari, firma va kompaniyalar ofislari, „Navroʻz“ FM radiostansiyasi, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.

Chilonzor koʻchasi, Bunyodkor shohkoʻchasi bilan kesishadi. Qatortol va Lutfiy koʻchalari bilan tutashgan. Boʻrijar va Anhor kanallari ustidan oʻtadi. Yaqinida „Chilonzor savdo markazi“, shahar prokuraturasi, "Novza" masjidi, „OʻTbank“, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bor.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.