Lutfiy koʻchasi (Toshkent)
Lutfiy koʻchasi — Chilonzor va Uchtepa tumanlarini tutashtirib turuvchi markaziy koʻchalardan biri. Oqtepa maydoni va Katta Qaʼni koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 5 km. Toshkent zilzilasidan soʻng tashkil topgan. 1990-yil 28-iyundan Lutfiy nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 5 ta tor koʻcha mavjud[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman |
Chilonzor Uchtepa |
Uzunligi | 5 km |
Avtobuslar | 2, 9t, 13, 17t, 23, 41, 56, 70, 116, 141, 146, 150, 181 |
Yoʻnalishli taksilar | 36, 130, 134, 182, 188 |
Kim sharafiga nomlangan | Lutfiy |
Kesishgan koʻchalari |
Kichik halqa yoʻli Farhod Katta Xirmontepa Shirin |
Koʻchada joylashgan binolar |
Chilonzor 7, 8, 9, G 9a, 12, 13, 23, 24, 25, 26 mavzelari „Mikrokreditbank“ „Farhod“ dehqon bozori „Vatan“ kinoteatri |
Yoʻnalishida Chilonzor 7, 8, 9, G 9a, 12, 13, 23, 24, 25, 26 turar joy mavzelari, "Mikrokreditbank", „Rassom“ kombinati, 2-Toshkent yuridik kasb-hunar kolleji, Kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi, "Farhod" dehqon bozori, "Vatan" kinoteatri, shahar va tuman miqyosidagi korxona va tashkilotlar, firmalar, qoʻshma korxona ofislari, umumiy ovqatlanish, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Barcha turdagi jamoat transport vositalari, shu jumladan tramvay harakati yoʻlga kuyilgan. Yoʻnalishida Kichik halqa yoʻli, Farhod, Katta Xirmontepa va Shirin koʻchalari bilan kesishadi. Muqimiy va Choʻponota koʻchalari bilan tutashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.