Islom Karimov koʻchasi (Toshkent)

41°18′40″N 69°15′34″E / 41.31111°N 69.25944°E / 41.31111; 69.25944

Islom Karimov koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Hudud Toshkent viloyati
Shahar Toshkent shahri
Tuman Yakkasaroy va Mirobod tumanlari
Uzunligi 3.4 kilometr
Yaqin metro bekatlari Oʻzbekiston (metro bekati)
Avvalgi nomlari Mahram shoh koʻchasi, Oʻzbekiston shoh koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Islom Karimov

Islom Karimov koʻchasi – Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini bir-biri bilan birlashtirib turuvchi poytaxtning markaziy koʻchasi hisoblanadi[1]. Koʻchaning uzunligi taxminan 3,4 kilometrni tashkil etadi[2]. Ilgari „Islom Karimov“ koʻchasi „Mahram shoh koʻchasi“ hamda „Oʻzbekiston shoh koʻchasi“ deb atalagan[3].

Umumiy tavsifi

tahrir

Ilgari Oʻzbekiston shoh koʻchasi deb atalgan koʻcha mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov sharafiga oʻzgartirilgan.

U Amir Temur shoh koʻchasi bilan chorrahadan boshlanib, keyin chapga burilib, Qoratosh koʻchasi bilan chorrahada tugaydi. Shuningdek, Furqat, Yangi Toshkent, Olmazor, Afrosiyob, Sharof Rashidov, Buyuk Turon, Chimkent, Nuroniylar, Taras Shevchenko koʻchalari va Bunyodkor shoh koʻchasi bilan kesishadi. Matbuotchilar va Yakub Kolas koʻchalariga parallel ravishda oʻtadi. Koʻcha ikki tomonlama harakat va bitta qatnov qismiga ega boʻlgan toʻrt polosali asfalt yoʻlidir[2].

Toq tomondagi uylarning raqamlanishi 1-uydan boshlanadi va 55-uy bilan tugaydi, juft tomondan esa 2-uydan 16A-uygacha raqamlangan[2].

Jamoat ahamiyatiga molik obyektlari

tahrir

Islom Karimov koʻchasida Munitsipal mulklarni boshqarish markazi, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Konstitutsiyaviy sud, Senat, pochta aloqasi boʻlimi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank kabi jamoat va davlat ahamiyatiga molik binolar joylashgan. Shuningdek, koʻchada Toshkent real bilim yurti, Xalqaro kulolchilik bogʻi, Moviy gumbazlar bogʻi va „Paxtakor“ stadioni bor. Anhor qirgʻogʻi bilan kesishgan joyda koʻchani Anhor kanali kesib oʻtadi.

 
Islom Karimov koʻchasida joylashgan Markaziy bank binosi

Koʻchada koʻp qavatli va bir qavatli binolar mavjud.

Tarixi

tahrir

Rossiya imperiyasi davrida

tahrir

1875-yilda Mahram shoh koʻchasi nomi bilan tashkil etiligan[4]. Bu nom Mahram jangi sharafiga tanlangan. 1865-yil sentyabrida, Toshkentning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bilan Mahram shoh koʻchasi yaqinida shahar qal’asi qurilishi boshlangan. U Toshkentning Qoʻymas darvozasi qarshisidagi tepalikda qad koʻtargan. Keyinchalik qal’a tashqarisida Mahram shoh koʻchasi yaqinidagi shimoli-sharqiy yoʻlda 10-chi batalyon uchun kazarma binosi qurildi va bir muncha vaqt bu yerda Harbiy ofitserlar yigʻini joylashgan[4].

Shahardagi asosiy savdo markazlaridan biri – Yakshanba bozori Mahram shoh koʻchasida joylashgan. Bozor 1868-yildan shakllana boshlagan. Koʻchalarning narigi tomonidagi bozor atrofida, jumladan, Mahram shoh koʻchasida doʻkonlar, arkadalar, mehmon uylari, hunarmandchilik ustaxonalari boʻlgan. Mahram shoh koʻchasida joylashgan ushbu doʻkonlardan biri Antip Mixaylovich Morozovning kolbasa doʻkoni boʻlib, u shahardagi eng yaxshi doʻkonlardan biri edi[4].

Konstantin va Mahram shoh koʻchalari burchagida chor davridagi Toshkentning eng yirik oʻquv muassasalaridan biri – Real bilim yurti (reja boʻyicha 14-son uy) joylashgan boʻlib, u 1898-yilda arxitektor V. S. Geyntselman tomonidan Maksimov loyihasi boʻyicha qurilgan[4].

Mahram shoh koʻchasi 34-uyda 1905-yil 1-noyabrda ochilgan I. I. Krause nomidagi Mahram dorixonasi hamda Kabilnitskiyning dorixonasi boʻlgan[4].

Islom Karimov koʻchasi deb qayta nomlanishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-sonli qarori[5] ijrosini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Oʻzbekiston koʻchasiga Islom Karimov nomi berildi[6].

Jamoat transporti

tahrir

Koʻcha boʻylab jamoat transporti avtobus yoʻnalishlari harakatlanadi va metro bekatlari joylashgan. Turkiston koʻchasidagi vokzal taxminan 4 km, Bunyodkor shoh koʻchasidagi avtovokzal taxminan 10 km, aeroport taxminan 7 km. uzoqlikda[2].

Manbalar

tahrir