Qibray
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qibray — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1973-yildan), tuman markazi. Toshkent shahridan 18 km shim.sharqda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qodiriya (10 km). Aholisi 27,7 ming kishi (2011). Mahalliy rivoyatlarga koʻra "Qibray" (qadimda "Qiray") nomi qadimiy turkiy qabila nomidan kelib chiqqan.
Qibray | |
---|---|
shahar | |
41°23′23″N 69°27′54″E / 41.38972°N 69.46500°E G OKoordinatalari: 41°23′23″N 69°27′54″E / 41.38972°N 69.46500°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Qibray tumani |
Aholisi (2011) |
27 700 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Qibrayda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalari va mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar, Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tokchilik va vinochilik filiallari, avtokorxona, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, Mustaqillik maydoni, oʻquv sport kti, stadion, suzish havzasi va boshqalar sport inshootlari mavjud. Shahar oʻrtasidagi maydonda Xotira monumenti oʻrnatilgan. Tuman markaziy kasalxonasi, tibbiy tez yordam boʻlimi, poliklinika, markaziy dorixona, tugʻruqxona majmui va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Shaharcha yaqinida bir qancha sanatoriy va dam olish uylari (shu jumladan, "Botanika", "Boʻston", "Umid gulshani", "Qibray", "Navbahor", "Energetik" va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Qibraydan Toshkent shahri gacha avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi Qibray yonidan oʻtadi.
Qibray.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |