Botir Parpiyev
Parpiyev Botir Rahmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi (2004-2018), bojxona qoʻmitasi raisi (2002-2004), favqulodda vaziyatlar vaziri (2002), general-leytenant.
Parpiyev Botir Rahmatovich | |
---|---|
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Sоliq qo’mitаsi rаisi | |
Mansab davri 2004-yil 17-fevraldan – 2018-yil 12-maygacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Jamshid Sayfiddinov |
Vorisi | Behzod Musayev |
O’zbekiston Rеspublikаsi Dаvlаt bojxona qo’mitаsi rаisi | |
Mansab davri 2002-yil 2-dekabrdan – 2004-yil 17-fevralgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ravshan Haydarov |
Vorisi | Bahodir Matlyubov |
O’zbekiston Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vaziri | |
Mansab davri 2002-yil 5-iyundan – 2002-yil 2-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Ravshan Haydarov |
Vorisi | Baxtiyor Subanov |
Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi prezidenti | |
Mansab davri 2009-yildan – 2018-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Shavkat Ikromov |
Vorisi | Laziz Hasanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-dekabr 1946-yil Andijon |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1970-2018 |
Unvoni | General-leytenant |
Vikiiqtibosda Botir Parpiyevga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Biografiyasi
tahrir1946-yil 23-dekabrda Andijon shahrida tugʻilgan.
Maʼlumoti — oliy, Andijon davlat universitetining yuridik fakutetini va Toshkent militsiya maktabini bitirgan.[1][2][3]
1969-1969 — Andijon shahar 17-sonli qurilish trestining texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi.
1969-1970 — Harbiy xizmatda.
1970-1971 — Andijon shahar 162-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.
1971-1972 — Andijon shahar 102-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.
1972-1983 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori, bosh inspektori, xizmat boshligʻi oʻrinbosari, xizmat boshligʻi.
1983-1989 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
1989-1993 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
1993-1993 — Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi.
1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyatchilikni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi.
1994-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2002-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi.
2004-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi.
2018-yil 12-maydan 2020-yil 19-fevralgacha — Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Respublika kengashi raisining faxriylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari[4].
2009-2018 — Oʻzbekiston Taekvondo federatsiyasi Prezidenti.
2003-yilda General-leytenant unvoni berilgan[5].
2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining oʻrinbosari[6]
2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining maslahatchisi[7]
1990-1994 — XII chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining deputati.
Oilasi
tahrirOtasi — Parpiyev Rahmat Parpiyevich (marhum), general-mayor, 1970-yillarda Andijon viloyati IIB boshligʻi boʻlgan.
Akasi — Parpiyev Qudrat Rahmatovich (marhum), Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan.
Akasi — Parpiyev Bahodir Rahmatovich, polkovnik, ichki ishlar tizimida ishlagan. Ayni paytda nafaqada.
Ukasi — Parpiyev Qodir Rahmatovich, Andijon viloyati huquq-tartibot tizimida ishlagan. Nafaqada.
Jiyani — Parpiyev Anvar Qodirovich, Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan[8].
Jiyani — Parpiyev Shuhrat Bahodirovich, Andijon shahar IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Oʻgʻli — Parpiyev Dilshod Botirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqamasi boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Oʻgʻli — Parpiyev Bobur Botirovch, Orient Finans Bank aksiyadori[9].
Oʻgʻli — Parpiyev Dilmurod Botirovich, Asaka tumani IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Qizi — Toʻraqulova Dilfuza Botirovna.
Qudasi — Rustam Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq raisi.
Qudasi — Mirobid Mahmudov, yirik tadbirkor.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн тўрт йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг етти йиллиги муносабати билан мукофотлаш тўғрисида“.
- ↑ http://lex.uz/docs/2391972
- ↑ Mahalla, 2019-06-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-06-26
- ↑ Biografiya, 2017-02-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-02-02
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/02/19/botir-parpiyev-vazir-orinbosariga-aylandi
- ↑ 73 yashar sobiq soliqboshi Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/05/29/botir-parpievga-alokador-sahslar-isdan-olinmokda
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/12/02/bobur-parpiyev-xorijiy-hamkorlar-bilan-fintex-instrumentlari-boyicha-muzokaralar-otkazyapmiz