Behzod Musayev
Behzod Anvarovich Musayev (1973-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri (2021—2022), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari (2020-2021), Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi raisi (2018-2020). 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi kambagallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlangan[1][2][3].
Behzod Anvarovich Musayev | |
---|---|
Бехзод Анварович Мусаев | |
Oʻzbekiston Respublikasi kambagallikni qisqartirish va bandlik vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 30-dekabrdan – 2024-yil 23-sentyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Botir Zohidov |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri | |
Mansab davri 2021-yil 11-noyabrdan – 2022-yil 28-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Botir Parpiyev |
Vorisi | Amrillo Inoyatov |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2018-yil 11-may – 2020-yil 14-may | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Vorisi | Sherzod Qudbiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-noyabr 1973-yil Toshkent, OʻzSSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1973-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
tahrir1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi[4].
Mehnat faoliyati
tahrir1995—1998 — Oʻzbekiston Milliy banki xodimi, 1998—2006 — Moliya vazirligida ish olib borgan va boʻlim boshligʻigacha koʻtarilgan. Moliya vazirligida Behzod Musayev davlatning qimmatli qogʻozlar bozorini, soʻngra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirdi.
2006-yildan 2010-yilgacha Hisob palatasining raisi sifatida faoliyat olib borgan, 2010-yildan 2011-yilgacha davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2018-yil mart oyida esa ushbu lavozimga qayta tayinlangan.
2018-yilning may oyidan boshlab davlat soliq qoʻmitasi rahbari lavozimini egallagan[5]. 2020-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi[6]. 2021-yil 11-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri.
Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim? Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak
— Shavkat Mirziyoyev, [7]
Mukofotlari
tahrir- Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20200514/V-Uzbekistane-naznachen-zamestitel-premera-po-voprosam-sotsrazvitiya-14134185.html
- ↑ https://www.gazeta.uz/oz/2020/05/13/kudbiev-musaev/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/07/30/musaev/
- ↑ https://www.gazeta.uz/oz/2022/03/18/musayev/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/29/reward/