Botir Zohidov
oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi
Botir Erkinovich Zohidov (Ботир Эркинович Зоҳидов) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2024-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri[1][2][3].
Botir Zohidov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri | |
Mansab davri 2024-yil 23-sentyabrdan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Behzod Musayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-iyul 1982-yil Toshkent, OʻzSSR |
Biografiyasi
tahrir1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
2004-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boʻlim bosh mutaxassisligidan Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.
2022-yil 19-sentyabrdan 2024-yil 23-sentyabrgacha Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi boʻlgan.