Amrillo Inoyatov

Oʻzbekiston davlat arbobi

Amrillo Shodiyevich Inoyatov (13-noyabr, 1979-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori va davlat arbobi, 2022-yil 28-dekabrdan[1] 2024-yil 4-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri. 2020-yilning iyulidan 11-noyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari[2]. 2021-yil yanvar oyidan boshlab Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori[3][4]. 2024-yil 9-yanvarda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori etib tayinlangan[5].

Amrillo Shodiyevich Inoyatov
Амрилло Шодиевич Иноятов
 Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori
Mansab davri
2024-yil 9-yanvardan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
 Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2022-yil 28-dekabrdan – 2024-yil 4-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Behzod Musayev
Vorisi Asilbek Xudoyorov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-noyabr 1979-yil (1979-11-13) (44 yosh)
Buxoro
Dini Islom[manba kerak]
Ilmiy unvoni tibbiyot fanlari doktori, professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

1979-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan.

2001-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

2001—2002 — Buxoro davlat tibbiyot instituti Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida kichik ilmiy xodim.

2006—2008 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi assistenti.

2008—2009 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri — bir vaqtda fan va yangi texnologiyalar kafedrasi mudiri.

2009—2010 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani — bir vaqtning o‘zida jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri.

2010—2012 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri — akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limining sirtqi bo‘limi boshlig‘i.

2012—2014 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.

2014—2015 — Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali stomatologiya fakulteti dekani.

2015—2016 — Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali direktori.

2016—2017 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.

2017—2020 — Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori.

2020-yil iyul-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari.

2020-yil 3-noyabrdan 2022-yil 28-dekabrgacha sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari[6][7].

2021-yildan hozirgi vaqtgacha JSSTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori[8].

2022-yil 28-dekabrdan - 2024 yil 4 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.

2024 yil 9-yanvardan Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlangan[9].

Tanqidlar tahrir

2023-yil 6-fevralda shifokorlarning sharoitini yaxshilash korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifga Amrillo Inoyatovning „Bemorga mehr bilan yondoshsangiz, rozi bo‘lib, o‘zi sizga berib ketadi“ mazmunidagi fikri ijtimoiy tarmoqlarda turli eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirib, „Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortishiga hamda shifokor kasbi mavqeining pasayishiga, sog‘liqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi“, — deya bayonot bergan[10][11].

Ilmiy faoliyati tahrir

2020-yildan „World Medicine Journal“ tahrir hay’ati raisi[12].

„Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan yosh bolalarning immunitet tizimining holati“[13], „Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan bolalarda immun mediatorlari darajasi“[14] (2012), „Metal-keramika va sirkoniy protezlar bilan protezlash paytida periodontal toʻqimalarning strukturaviy va funktsional oʻzgarishlarini qiyosiy baholash“ (2020) kabi ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari tahrir

1-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

2023-yil 14-yanvarda tibbiy ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Turkiya Sog‘liq bilimlari universitetining faxriy professori unvoni berildi[15].

Oilasi tahrir

Otasi — Inoyatov Shodi Shodiyevich (1954-yilda tugʻilgan).

Onasi — Istatova Munira Istatovna.

Uylangan, ikki farzandi bor.

Turmush oʻrtogʻi — Inoyatova Nilufar Rahmatovna, plastik jarroh, dermatolog va kosmetolog (1981-yilda tugʻilgan).

  • Qizi — Shodiyeva Malika Amrilloyevna (2008-yilda tugʻilgan).
  • Oʻgʻli — Inoyatov Azizxoʻja Amrilloyevich (2014-yilda tugʻilgan).

Manbalar tahrir

  1. „Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi“. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  2. „Назначен первый заместитель министра здравоохранения“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  3. Oic Ircica. „Conference: “The Legacy of Abu Ali ibn Sina: Western and Eastern Scientists’ Approaches”“ (en). IRCICA.org (2022-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  4. „WHO national counterpart and national technical focal points“ (en). WHO.int. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  5. „Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi“. Uzreport.news. Qaraldi: 9-yanvar 2024-yil.
  6. „Назначен замсоветника президента по вопросам молодежи, науки и спорта“ (ru). Газета.uz (2020-yil 17-iyul). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  7. uza.uz. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (uz). Uza.uz (2021-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  8. „Home“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  9. „Amrillo Inoyatov yangi lavozimda ish boshladi“. kun.uz. Qaraldi: 20-aprel.
  10. „"Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid" — Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifiga munosabat bildirdi“.
  11. „Amrillo Inoyatov shifokorlarning fuqarolar tomonidan rag‘batlantirilishini yoqladi. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirdi“.
  12. „Editorial Board“ (en). World Medicine Journal (2020).
  13. Состояние иммунной системы детей раннего возраста с врожденной расщелиной губы и неба(ingl.) // Medical and Health Science Journal. — 2012.
  14. „The level of mediators of immune response in infants with congenital cleft lip and palate“ (en). Open Access Library. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  15. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiya universiteti faxriy professori bo‘ldi
 
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Amrillo Inoyatov haqida sahifa mavjud.