Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti

tibbiy oliy ta'lim muassasasi, Buxoro, O'zbekiston

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti (BSMI) – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, Respublika va Oʻrta Osiyo mintaqasidagi malakali, chuqur bilimga ega shifokorlarni yetishtirib beruvchi oliy bilim maskani hisoblanadi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Xalqaro nomi
Bukhara State Medical Institute named after Abu Ali ibn Sino
Turi institut
Asos solingan sanasi 1990-yil
Rektori Shuhrat Jumayevich Teshayev
Fakultetlar 4 ta
Talabalari 9180 nafar
Bakalavriat 10 ta
Magistratura 30 ta
Doktorantura 41 ta
Fan doktorlari 58
Professorlari 16
Oʻqituvchilari 648
Manzili
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Buxoro shahri
,
Buxoro
,
O'zbekiston
Kampusi 2 ta
Veb-sayti www.bsmi.uz

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti

tahrir

Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. 1991 yil mart oyida xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi Prezidiumi qarori bilan unga „Abu Ali ibn Sino“ nomi berilgan. Tibbiyot fakulteti 1991-yil, stomatologiya fakulteti 1992-yil, Oliy malakali hamshiralar kafedrasi 1999-yil, tibbiy pedagogika kafedrasi 2001-yil va pediatriya kafedrasi 2016-yilda tashkil etilgan.2018-yildan tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya sohasida 2 ta yangi yoʻnalish yaratildi. Hozirgi kunda institutda 8 ta fakultet, 43 ta kafedra, jumladan, 8 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavriat, 23 ta mutaxassislik boʻyicha magistratura va 40 dan ortiq mutaxassislik va 20 ta qoʻshma dasturlar boʻyicha klinik ordinatura yoʻnalishlari mavjud. Institutda jami 8500 dan ortiq talaba va rezident tahsil oladi. Institutda jami 480 nafar professor-oʻqituvchilar, jumladan, 50 nafar fan doktori, 18 nafar professor, 210 nafar fan nomzodi va dotsent, 100 nafar katta oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda. Institutda hozirda oʻzbek, rus, ingliz va turk tillarida darslar olib borilmoqda. Institut yangi tahrirdagi „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunga muvofiq 8 ta yoʻnalish boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlaydi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorlari

tahrir
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorlari
1990-1995 yillari MUMINOV AKRAM IBRAGIMOVICH
1995-1996 yillari OMIROV RAUF YULDASHEVICH
1996-2012 yillari AXMEDOV RAXMAT MAXMUDOVICH
2012-2017 yillari ASKAROV TOXIR ASKAROVICH
2017-2020 yillari INOYATOV AMRILLO SHODIYEVICH
2020 y va hozirda TESHAYEV SHUXRAT JUMAYEVICH
 
Buxoro davlat tibbiyot instituti yangi o'quv kampusi.

Institutning tarixiga nazar solsak, Akram Ibragimovich Muminov institutning birinchi rektori boʻlib, 1990-1995 yillarda faoliyat olib borgan. 5-6 yil davom etgan samarali sermahsul faoliyati mobaynida Buxoro davlat tibbiyot institutining ishlab chiqilgan konsepsiyasiga muvofiq oʻquv – tarbiya jarayonining, ilmiy – uslubiy va xoʻjalik faoliyatining yangicha, mustaqil dasturini taʼlim tizimida muvaffaqiyatli joriy qilinishiga, dastlabki umumiy va bioorganik kimyo, tibbiy va biologik fizika, tibbiy biologiya va irsiyat, tillar, normal anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya, biologik kimyo va boshqa kafedralarning birin ketin – tashkil etilishi va shakllanishiga bosh qosh boʻlgan.

1995-1996- yillarda institut rektori vazifasini tibbiyot fanlari doktori, professor Rauf Yuldoshevich Omirov vaqtincha bajarib, oliygohda taʼlim – tarbiya ishlarini takomillashtirishga munosib hissa qoʻshgan. Institut strukturasi, institutning kafedralar tizilmasi, oʻquv – uslubiy, ilmiy ishlarini yanada takomillashtirib institut faoliyati muvofiqlashtirishga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1996 – yilda institut rektori ilmiy ishlar prorektori boʻlib ishlab kelayotgan hamda „Fakultet va gospital xirurgiya“ kafedrasi mudiri, Rahmat Mahmudovich Axmedov rektor etib tayinlangan va 1996-2012- yillar davomida yaʼni 16 yil rahbarlik qilgan. U institutning yanada rivojlanishiga faol hissa qoʻshdi. Uning rektorligi davrida oliy hamshiralik ishi fakulteti va tibbiy – pedagogika fakultetlari birin – ketin ochildi. Raxmat Maxmudovich samarali kadrlar tayyorlashga katta eʼtibor berdi. Institut oʻz asoschichi tomonidan qoʻyilgan anʼanalarini saqlab, uning faoliyatini davom ettirdi, yangi boʻlimlar ochildi, ilmiy tadqiqot ishlariga katta eʼtibor qaratildi. U insonning rektorlik davrida institutning ilmiy salohiyati 2 baravar oshdi. Viloyat aholisi salomatligi holatining dolzarb masalalariga bagʻishlangan turli konferensiya va kongresslar tashkil etildi.

Institutga 2012 – yil 6- iyuldan tibbiyot fanlari doktori Toxir Askarovich Askarov rektor etib tayinlangan va 2017 – yil mart oyiga qadar rahbarlik qilgan. U rahbarlik qilgan yillarda kafedra va fakultetlarni takomillashtirish ishlari faol yoʻlga qoʻyildi. Toxir Askarovich rahbarlik qilgan davrda institutga birinchi marta magistratura yoʻnalishlari uchun kvota ajratildi. Institutning birinchi qaldirgʻochlari „Morfologiya“ ixtisosligi magistrlari boʻlishgan.

Tuzilma

tahrir
  • Tibbiyot fakulteti (Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy pedagogika, Stomatologiya)
№ 1 Pediatriya kafedrasi

№ 2 Pediatriya kafedrasi

Patologik fiziologiya kafedrasi

Psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi

Umumiy xirurgiya kafedrasi

Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi

Endokrinologiya kafedrasi

Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi

Akusherlik va ginekologiya kafedrasi № 2

Bolalar kasaliklari propedivtikasi va bolalar nevrologiyasi kafedrasi

Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi

Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi kafedrasi

Sud tibbiyoti kafedrasi

Biokimyo kafedrasi

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi

Bolalar stomatologiyasi kafedrasi

Terapevtik stomatologiya kafedrasi

Xirurgik stomatologiya kafedrasi

Ichki kasalliklar kafedrasi.

Urologiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi

Anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi

  • Biotibbiyot fakulteti (Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologiya, Xalq tabobati, Oliy hamshiralik ishi, Farmasiya)
Fakultet va gospital terapiya kafedrasi

Onkologiya kafedrasi

Akusherlik va ginekologiya kafedrasi № 1

Xirurgik kasalliklar kafedrasi

Klinik farmakologiya kafedrasi

Farmakologiya kafedrasi

Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi

Tibbiy radiologiya va yadro tibbiyoti kafedrasi

Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi

Normal fiziologiya kafedrasi

Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Tibbiy biologiya kafedrasi

Umumiy gigiyena kafedrasi

Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi

Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya kafedrasi

Xususiy gigiyena kafedrasi

Epidemiologiya kafedrasi

Patologik anatomiya kafedrasi

Oʼzbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya kafedrasi

  • Xalqaro tibbiyot fakulteti (Xorijiy talabalar)
Oftalmologiya kafedrasi

Anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasi

Tibbiy kimyo kafedrasi

Oʼzbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya kafedrasi

Bolalar xirurgiyasi va neyroxirurgiyasi kafedrasi

Otorinolaringologiya kafedrasi

Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi

№ 3 Akusherlik va ginekologiya kafedrasi

Nevrologiya kafedrasi

Ingliz tili kafedrasi

Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi

  • Turkiya fakulteti
Professional taʼlim pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi.

Diplomdan keyingi taʼlim fakulteti.

Oilaviy shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi.

Shoshilinch tez yordam va anestezioloogiya-reanimatsiya kursi.

Otorinolaringologiya va nevrologiya kursi.

Stomatologiya kursi.

Klinik labarator diagnostika kursi.

Xalqaro va mahalliy abituriyentlar quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olishlari mumkin:

tahrir

Davolash ishi – 6 yil;

Tibbiy-pedagogik ish – 6 yil;

Pediatriya ishi – 6 yil;

Stomatologiya – 5 yil;

Tibbiy profilaktika ishi – 5 yil;

Tibbiy biologiya ishi – 4 yil;

Oliy hamshiralik ishi – 3 yil;

Xalq tabobati – 4 yil;

MBBS – 5 yil (5+1 amaliyot);

Farmatsiya – 5 yil.

Kollej va akademik litseylar

tahrir

Buxoro davlat tibbiyot institutining 3 ta kolleji va 1 ta akademik litseyi mavjud boʻlib, ularning har biri oʻz talabalarini nazorat qiladi va oʻzining ichki tuzilishi va faoliyatiga ega. Hamma kollejlar barcha kurslarni taklif qilmaydi, lekin ular odatda keng doiradagi fanlarni qamrab oladi.

Kollejlar quyidagilar:

tahrir

Akademik litsey:

tahrir

Buxoro davlat tibbiyot instituti Klinikasi

tahrir

Institutning klinikasida tibbiy turizmni yoʻlga qoʻyish hamda yuqori texnologiyali operatsiyalar, diagnostika va davolash ishlarini olib borish yoʻli bilan inson aʼzolari transplantatsiyasi, ochiq va interventsion kardiojarrohlik, hududiy neyroxirurgiya, ortopediya va boshqa boʻlimlar tashkil etish hisobidan yiliga 5 milliard soʻm miqdorida daromad olishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda 200 oʻrinli institut klinikasini qurish uchun 20 milliard soʻm va 2023-yil yanvar-fevral oylarida 30 milliard soʻm pul mablagʻlari ajratilgan, institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 50 milliard soʻmlik tibbiy asbob-uskunalar xarid qilingan.

Klinikaning umumiy maydoni 23260m2,  qurilish maydoni - 5397m2, 6 qavatdan iborat:

1-qavatda Qabul-diagnostika bo‘limi bo‘lib, quyidagi tor doiradagi mutaxassislari faoliyat olib boradi:

tahrir
 
Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi.
  • Endokrinolog
  • Ginekolog
  • Pediatr
  • Immunolog-allergolog
  • Travmatolog-ortoped
 
Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi.
  • Stomatolog
  • Gastroenterolog
  • Urolog
  • Nefrolog
  • Pulmonolog
  • Infeksionist
  • Oftalmolog
  • Nevropatolog
  • Jarroh
  • Kardiolog
  • Otorinolaringolog
  • Neyroxirurg kabi tor doiradagi mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Klinikada quyidagi diagnostik laborator tekshiruv usullari mavjud:

tahrir
 
MRT & MSKT
  • Umumiy qon tahlili
  • Qonning biokimyoviy tahlili
  • Immunoferment analiz
  • PSR
  • Siydikning umumiy tahlillari
  • Qorin bo‘shlig‘ini ultratovush tekshiruvi,
  • Dopler tekshiruvi,
  • Ezofagogastroduodenafibroskopiya (EGDFS),
  • Kolonoskopiya,
  • Rektomonoskopiya,
  • Audiometriya,
  • Elektrokardiogramma (EKG),
  • Veloergometriya
  • Xolter
  • Elektroensefalografiya (EEG),
  • Magnit Rezonans Tomografiya (MRT),
  • Rentgenografiya
  • Multispiralnыy Kompyuter Tomografiya (MSKT),
  • Angiografiya

2- qavat 20 o‘rinli Neyroxirurgiya hududiy markazi bo‘lib, 10 ta o‘ringa mo‘ljallangan Ortopediya-travmatologiya bo‘limi hamda 10 o‘rinli Yuz-jag‘ rekonstruktiv xirurgiyasi va Otorinolaringologiya bo‘limlaridan iborat. Neyroxirurgiya bo‘limida zamonaviy neyro-jarroxlik amaliyotlari amalga oshirilishi bilan birga jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan bemorlar reabilitatsiya qilinadi. Shuning bilan birga ushbu bo‘limda zamonaviy ortopedik va travmatologik barcha turdagi jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkaziladi. Yuz-jag‘ rekonstruktiv xirurgiyasi hamda otorinolaringologiya bo‘limida Yevropa standartlariga mos davo-jarroxlik hamda plastik operatsiyalar amalga oshiriladi.

3-qavatda 30 o‘rinli Serebrovaskulyar patologiya va 10 o‘rinli Bolalar reabilitatsiya markazi bo‘lib, Serebrovaskulyar patologiya bo‘limida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishini (insult) o‘tkazgan bemorlarni davolash reabilitatsiya ishlari olib boriladi. Bolalar reabilitatsiya markazida esa jami turdagi bolalar xastaliklari davolanadi va qo‘shimcha tekshiriladi.

4- qavatda Umumiy terapiya va intervension kardiologiya bo‘limlari 40 o‘rindan iborat bo‘lib, bu bo‘limda kardiolog, gastroenterolog, endokrinolog,  pulmonolog, nefrolog kabi tor doiradagi mutaxassislar faoliyat olib boradi. Bu bo‘limda miokard infarktiga uchragan bemorlarni yurak toj tomirlarini koronorografiyaga hamda yurak toj tomirlarini stentlash amaliyotiga tayyorlaydi hamda amaliyotdan keyingi reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi.

5-qavatda Xirurgik kasalliklar hamda Transplantalogiya va Reproduktologiya bo‘limlaridan iborat bo‘lib, Xirurgiya bo‘limida xirurgik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar an’anaviy usulda va laporoskopik hamda torokoskopik zamonaviy davolash usullari yordamida davolanadi. Kelajakda buyrak hamda jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada AQSH, Koreya, Turkiya va Rossiya  kabi chet davlatlarda bir qator yosh mutaxassis shifokorlarimiz malakasini oshirib kelmoqda.

Reproduktologiya bo‘limida farzand ko‘rolmayotgan yosh oilalarda ginekologik muammolari bo‘lgan ayollar zamonaviy usulda davolanadi, hamda ularda Sun’iy Urug‘lantirish (EKO) amaliyoti amalga oshiriladi.

6-qavatda Kardioxirurgiya va Reanimatsiya bo‘limlari hamda Operatsion xonalar joylashgan. Reanimatsiya bo‘limi so‘nggi turdagi jonlantirish, sun’iy nafas berish asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lib, og‘ir ahvoldagi bemorlarga yordam ko‘rsatadi.

Kardioxirurgiya bo‘limi 10 o‘rindan iborat bo‘lib, yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarida yurak klapanlarini almashtirish hamda miokard-infarktni o‘tkazgan bemorlarga aorta-koronar shuntlash amaliyotlari bajariladi.

Klinika manzili: 200126, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi 23/1-uy

Tel: +998 91 833 00 50  

Veb-sahifa: www.bdtuk.uz

Pochta manzili: bsmu.clinic@mail.ru

Klinik bazalar

tahrir

Joʻyzar ixtisoslashgan reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish ilmiy tadqiqot markazi

tahrir

Joʻyzar sog‘lomlashtirish maskani 2017 yil Neftegazqurilishtamir "AJ" tasarrufida ish faoliyatini boshlagan. Maskan 60 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, yurak qon tomir kasalliklari, nevrologik kasalliklar, harakat tayanch kasalliklari va ovqat hazim qilish kasalliklarini davolash va oldini olishga ixtisoslashgan. 2023-yil 26-may kunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.J.Ramatov tomonidan tasdiqlangan "Buxoro viloyat xokimi tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha yo‘l xaritasining 8- bandi va institut bilan Neftegazqurilishtamir AJ tasarrufidagi Joʻyzar sog‘lomlashtirish maskani unitar korxonasi o‘rtasida 2023 yil 18-iyulda tuzilgan 15 - sonli oldi - sotdi shartnomasiga asosan Joʻyzar sog‘lomlashtirish maskani Buxoro davlat tibbiyot instituti tasarrufiga o‘tkazildi va "Joʻyzar ixtisoslashgan reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish ilmiy tadqiqot markazi" deb qayta nomlandi.

 
Joʻyzar ixtisoslashgan reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish ilmiy tadqiqot markazi.

"Joʻyzar ixtisoslashgan reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish ilmiy tadqiqot markazi"da davolanish dasturi:

 
Joʻyzar ixtisoslashgan reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish ilmiy tadqiqot markazi bog'i.

Quyidagi kasalliklar davolanadi:

  • Yurak qon tomir tizimi kasalligi.
  • Yurak ishemik kasalligi.
  • Gipertoniya(qon bosimi oshishi).
  • Harakat tayanch tizimi kasalliklari.
  • Osteoxondroz.
  • Umurtqalar aro disk churrasi Osteoartroz.
  • Bo‘g‘imlarda tuz yig‘ilishi.
  • Nevrologik kasalliklari.
  • Radikulit.
  • Nevroz.
  • Nevralgiya.
  • Oshqozon ichak kasalliklari.
  • Surunkali gastrit.
  • Surunkali xoletsistit, Surunkali pankreatit.
  • Gepatoz (jigar yog‘ bosishi.).
  • Surunkali enterokolit.
  • Oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi.
  • Nafas olish tizimi kasalliklari.
  • Surunkali bronxit remissiya davri.

Ilmiy markazlar

tahrir

Xalq tabobati markazi

tahrir
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrifi doirasida institutda Xalq tabobati sohasi boʻyicha bajarilgan ishlar bilan tanishib oʻtdi.

Oxirgi yillarda Respublikamizda Xalq tabobatiga nisbatan eʼtibor oshib bormoqda. Buni yaqqol namunasi sifatida Respublikamiz Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-3968 va 2020 yil 10 apreldagi „Oʻzbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ −4668 sonli qarorlari boʻlib, ularda Milliy xalq tabobatimizni rivojlantirish sohasidagi vazifalar belgilab berildi. Belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi qoshida „Integrativ va Xalq tabobati klinikasi“ ochildi. Bu klinikada Xalq tabobati va kasbkasalliklari kafedrasi tarkibida boʻlib, bunda davolash va profilaktika ishlarini kafedra professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan.

Asosiy vazifasi

tahrir

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti „Xalq tabobati va kasb kasalliklari“ kafedrasi qoshida „Integrativ va xalq tabobati klinikasi“ tashkil etildi.

Aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda xalq tabobatining kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha samarali usullarini zamonaviy tibbiyot amaliyotiga integratsiyalash ushbu klinikaning ustuvor vazifasi hisoblanadi.

Ilmiy – tadqiqot ishlari

tahrir

Klinikada xalq tabobati boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, xususan, fibroz bilan murakkablashgan oʻpka kasalliklarini davolashda anor urugʻi moyidan foydalanish, erta bosqichda saratonni oldini olish va davolash, errozif gastrit, kolit, enteritda anor urugʻi moyidan foydalanish samaradorligi.

II turdagi diabetni davolashning ijobiy natijalari olindi

Klinikamizdagi hirudoterapiya yuzdan ortiq bemorga yordam bergan keng qamrovli davolanishning bir qismidir. Ushbu protseduraning samaradorligi asrlar davomida sinovdan oʻtgan, metodologiyaning asosiy afzalligi shundaki, u nafaqat har qanday kasallikni davolaydi, balki butun organizmga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Bugungi kunda jigar kasalliklarini davolashda sikanjubin (sirka – asal) dan foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Integrativ terapiya tizimi yuqori samaradorlik va samaradorlik bilan ajralib turadi. Muayyan hududga taʼsir qilmasdan butun tanani tiklash uchun ishlatiladi.

Sogʻliqni saqlash xavfsizligi;

Tanaga samarali taʼsir;

Manipulyatsiyadan olingan tezkor natija;

Hayot uchun xavfli kasalliklar rivojlanishining oldini olish.

Buxoro davlat tibbiyot instituti integrativ va xalq tabobati klinikasi mazkur yoʻnalishda faol rivojlanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali

tahrir

Mazkur filialning ochilishi katta va kichik ilmiy xodimlarning immunologiya va inson genetikasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini Buxoro shahrida olib borish imkoniyatini yaratadi, shu bilan birgalikda mahalliy aholi orasida avj olib borayotgan immun va irsiy kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu institut immunologiya va inson genomikasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, keng tarqalgan kasalliklarning immunodiagnostikasi, immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasida innovatsion texnologiyalarini yaratish, shuningdek, mazkur sohada yuqori malakali mahalliy kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

 
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali.

Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali tahlillar roʻyxati:

tahrir

Hujayra immuniteti:

  • T-limfotsitlar, T-supressorlar, T-xelperlarni aniqlash).
  • qotil hujayralar.
  • Apoptoz va proliferativ limfotsitlar (makrofaglar), lizozim.

Gumoral immunitet:

  • barcha sinflardagi (G, A, M, E, D) immunoglobulin darajasini aniqlash.
  • oʻtkir fazadagi oqsillarni aniqlash (laktoferrin, C reakt oqsil, ferritin va boshqalar).

Fagotsitoz (NST testini oʻrnatish).

Sitokinlarni aniqlash.

  • yalligʻlanishga qarshi: IL-1,2,6,8,13,17,18,23,33.
  • yalligʻlanishga qarshi sitokinlar: IL-4,6,10,12.
  • oʻsish omillari – VEGF-qon tomir endotelial oʻsish omillari (5 sinf).
  • oʻsish omilining retseptorlari.

Molekulyar genetik tadqiqot:

  • barcha sitokinlarning gen polimorfizmini aniqlash.

Tekshirilayotgan immunofermentlar roʻyxati:

tahrir
Sitokinlar
1 Interleykin – 1
2 Interleykin – 2
3 Interleykin – 4
4 Interleykin TPF-beta
5 Interleykin – 6
6 Interleykin – 8
7 Interleykin – 10
8 Interleykin – 18
9 Interleykin TNF-alfa
Immunoglobulinlar
10 Immunoglobulin A (IgA)
11 Immunoglobulin Ye (IgYe)
12 Immunoglobulin G (IgG)
13 Immunoglobulin M (IgM)
TORCH infeksiyalari IgM
14 Sitomegalovirus
15 Gerpes oddiy virusi 1 va 2  
16 Toksoplazma  
17 Xlamidiya
18 Mikoplazma
19 Rubella
20 Ureaplazma
TORCH infeksiyalari IgG
14 Sitomegalovirus
15 Gerpes oddiy virusi 1 va 2  
16 Toksoplazma  
17 Xlamidiya
18 Mikoplazma
19 Rubella
20 Ureaplazma
Gormonlar
28 Prolaktin
29 Testosteron (sv.)
30 Testosteron
31 Follikulani ogohlantiruvchi gormon (FOG)
32 Luteinlashtiruvchi gormon (LG)
33 Tiroidni stimulyatsiya qiluvchi gormoni
34 Erkin T3 (FT3)
Markerlar
35 Inson xorionik gonadotropini (IXG)
36 SA 125
37 S-reaktiv oqsil
38 AT-TPO
39 D-Dimer
40 Ferritin
Virusli gepatit
41 Gepatit B (HBs antigeni)
42 Gepatit C (HCV ga qarshi)
43 Gepatit D (antitelalar)

Simulyatsiya oʻquv - klinik markazi

tahrir

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi talabalar shaharchasida 11 milliard soʻmga zamonaviy respublikada oʻxshashi boʻlmagan simulyatsiya oʻquv-klinik markazi barpo etildi. Markazda talabalar va klinik ordinatorlardan tashqari, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari uchun ham pullik malaka oshirish va akkreditatsiya kurslari tashkil etilib, buning uchun yiliga 1 milliard soʻm miqdorida daromad olish koʻzda tutilgan. 2022-yilda tashkil etilayotgan „Simulyatsiya“ oʻquv-klinik markazi uchun 3 milliard soʻmlik jihozlar (simulyatorlar) xarid qilindi. 2023 yilda 7 milliard soʻm Skript uchun zamonaviy robot-simulyatorlar xarid qilish rejalashtirilgan.

Markazda quyidagi fanlar boʻyicha oʻquv xonalari mavjud: Anesteziologiya-reanimatsiya; Jarrohlik; Otorinolaringologiya; Akusherlik va ginekologiya; Pediatriya va neonatologiya; Terapiya va ichki kasalliklar propedevtikasi; Oftalmologiya; Stomatologiya. Bu xonalarning barchasi tegishli simulyatsiya uskunalari bilan jihozlangan boʻlib, bu talabalar tomonidan amaliy koʻnikmalarni mustahkam oʻzlashtirishga yordam beradi.

2022-yil may oyida simulyatsiya oʻquv-klinik markazi zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlandi. Akusherlik-ginekologiya, pediatriya-neonatologiya, terapiya, jarrohlik, anesteziologiya-reanimatsiya kabinetlari boyitildi. Markaz toʻliq jihozlangan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan.

Markazda 7 ta oʻquv xonasi, 1 ta maʼruza xonasi, 1 ta ilmiy ishlar himoyasi xonasi, 2 ta talabalar uchun laboratoriya xonasi, 15 ta amaliy koʻnikmalarni oʻrganish uchun mulyajlar bilan taʼminlangan xonalar mavjud.

Simulyatsiya oʻquv-klinik markazida bir vaqtning oʻzida 400 talaba amaliy va nazariy mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi mumkin. Bundan tashqari 50 ta talabaning nazariy bilimlarini baholash mumkin, hamda talabalar klinik laboratoriyada tahlillar oʻtkazish uchun bevosita ishtirok etishlari mumkin.

Institutning ushbu yangi „Simulyatsiya oʻquv-klinik markazi“ quyidagi xonalardan tashkil topgan:

 
Simulyatsiya oʻquv-klinik markazi.
  • Biokimyoviy laboratoriya
  • Yuvish xonasi
  • Gistologik laboratoriya
  • Direksiya xonasi
  • PZR laboratoriya xonasi
  • Gistologik oʻquv tahlil xonasi
  • Nazariy bilimlarni baholash markazi
  • Ekspert xonasi
  • Debrifing xonasi
  • Laparoskopik koʻnikmalarni oʻrganish xonasi
  • Palata
  • Bolalar reanimatsiya oʻquv xonasi
  • Operatsiyadan oldin yuvinish xonasi
  • Oʻquv jarrohlik xonasi
  • Shok holatlarida reanimatsiyani oʻrganish xonasi
  • Telemeditsina xonasi
  • Favqulodda vaziyatlar xonasi
  • Oʻquv tugʻruq xonasi
  • Pediatriya oʻpka yurak reanimatsiya xonasi
  • Anatomik koʻnikmalarni oʻrganish xonasi
  • Direktor xonasi
  • Stomatologik koʻnikmalarni oʻrganish xonasi
  • Debrifing xonasi
  • Jarrohlik koʻnikmalarni oʻrganish xonasi
  • Labarator koʻnikmalarni oʻrganish xonasi
  • Yuz jagʻ xirurgiyasi va otolaringologik koʻnikmalarni oʻrganish xonasi
  • Travmatologiya xonasi
  • Muolaja xonasi
  • Maʼruza xonasi
  • Konferensiya zali
  • Xodimlar xonasi

Yashil energiyadan foydalanish

tahrir
 
Yashil energiyadan foydalanish boʻyicha bajarilgan ishlar

Buxoro davlat tibiyot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi „2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-57-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-fevraldagi 8-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida institut hovlisi va zamonaviy klinikasining tom qismida  quyosh panellari oʻrnatilgan.

Institutda jami reja boʻyicha 500 kVt/s quyosh panellari oʻrnatilgan.

Oʻrnatilgan quyosh panellari institutga zarur boʻlgan elektr energiyasini 100 foizga qoplagan holda ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotish imkoniyati ham mavjud.

Xalqaro aloqalar

tahrir
 
Buxoro davlat tibbiyot instituti 2023-2024 yillar uchun xalqaro aloqalar geografiyasi.

Qabul nizomi (Bakalavriat)

tahrir

Xorijiy davlat fuqarolari Buxoro davlat tibbiyot institutiga skrining jarayoni asosida qabul qilinadi, bunda Buxoro davlat tibbiyot instituti vakolatli hamkori va Biologiya, kimyo, fizika va ingliz tili fanlari boʻyicha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha akademik maslahatchisi tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi. Shuningdek, 10+2 imtihon va 10-sinf imtihonidagi akademik koʻrsatkichlar. Ushbu dasturga kirish uchun minimal foiz 65% ni tashkil qiladi.

Suhbatda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:

  • taʼlim dasturi koʻrsatilgan ariza shakli va boshqalar.
  • uy manzili, elektron pochta va aloqa telefon raqamlari koʻrsatilgan aloqa maʼlumotlari;
  • oʻqigan fanlari va olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan sertifikat/diplomning asli va nusxasi
  • nusxalari bilan milliy va xorijiy pasport (yashash uchun ruxsatnomangiz boʻlsa, nusxasini ham taqdim etishingiz kerak);
  • 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 ta fotokarta.

Yuqorida sanab oʻtilgan barcha hujjatlar shaxsan topshirilishi yoki institut elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.

Taniqli bitiruvchilar

tahrir
Amrillo Shodiyevich Inoyatov
Амрилло Шодиевич Иноятов
 
 
 Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2022-yil 28-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Behzod Musayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-noyabr 1979-yil (1979-11-13) (45 yosh)
Buxoro
Dini Islom, hanafiylik[manba kerak]
Ilmiy unvoni tibbiyot fanlari doktori, professor
Mukofotlari  

Amrillo Shodiyevich Inoyatov (13-noyabr, 1979-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek shifokori va davlat arbobi, 2022-yil 28-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri[1]. 2020-yilning iyulidan 11-noyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari[2]. 2021-yil yanvar oyidan boshlab Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori[3][4].

Biografiyasi

tahrir

1979-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan.

2001-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

2001—2002 – Buxoro davlat tibbiyot instituti Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida kichik ilmiy xodim.

2006—2008 – Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi assistenti.

2008—2009 – Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri – bir vaqtda fan va yangi texnologiyalar kafedrasi mudiri.

2009—2010 – Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani – bir vaqtning oʻzida jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri.

2010—2012 – Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri – akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻlimining sirtqi boʻlimi boshligʻi.

2012—2014 – Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.

2014—2015 – Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali stomatologiya fakulteti dekani.

2015—2016 – Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali direktori.

2016—2017 – Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.

2017—2020 – Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori.

2020-yil iyul-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari.

2020-yil 3-noyabrdan 2022-yil 28-dekabrgacha sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari[5][6].

2021-yildan hozirgi vaqtgacha JSSTning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori[7].

2022-yil 28-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.

2023-yil 14-yanvarda tibbiy taʼlimni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi uchun Turkiya Sogʻliq bilimlari universitetining faxriy professori unvoni berildi[8].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2020-yildan „World Medicine Journal“ tahrir hay’ati raisi[9].

„Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan yosh bolalarning immunitet tizimining holati“[10], „Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan bolalarda immun mediatorlari darajasi“[11] (2012), „Metal-keramika va sirkoniy protezlar bilan protezlash paytida periodontal toʻqimalarning strukturaviy va funktsional oʻzgarishlarini qiyosiy baholash“ (2020) kabi ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari

tahrir

1-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

Xaydarov Nodir Qodirovich
 
Tavalludi 24-avgust 1987-yil (1987-08-24) (37 yosh)[manba kerak]
SSSR, OʻzSSR, Buxoro viloyati, Buxoro[manba kerak]
Fuqaroligi   Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi nevrologiya, stomatologiya
Ish joylari Toshkent davlat stomatologiya instituti
Institutlar Buxoro davlat tibbiyot instituti

Xaydarov Nodir Qodirovich (aksariyat nufuzli manbalarda: Haydarov Nodir Qodirovich; 1987-yil 24-avgust, Buxoro, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) – oʻzbek nevrologi, stomatologi, dotsenti va tibbiyot fanlari doktori[12]. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati (2019-yildan) va Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori (2020-yildan)[13][14]. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi[15][16].

Biografiyasi

tahrir

N. Q. Xaydarov 2003—2010-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olgan.

2018-yildan Toshkent davlat stomatologiya institutida „Nevrologiya“ kafedrasi mudiri, Bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019—yilda xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan

2020-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor lavozimiga tayinlangan[12][13][14].

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi boʻlgan[15][16].

Kutubxona (ARM)

tahrir

Buxoro Davlat tibbiyot instituti  Axborot-resurs markazlarini  tashkil etish boʻyicha ishlar Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining „Respublika aholisini  axborot-kutubxona  taʼminoti tashkil etish toʻgʻrisida“ gi 2006-yil 20 iyun PQ 381-sonli qarori, 2011yil 23-fevraldagi „2011-2015-yillarda Axborot –kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-1487 sonli qarori, Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  2011-yil 5-iyuldagi "Elektron kutubxona toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni  hamda axborot-kutubxona va axborot – resurs markazlarida  va kutubxonalarda toʻliq matnli elektron axborot – kutubxona resurslari fondini yaratish va reja jadvalini tasdiqlash haqida " gi 198-sonli qarori, 2011 yil 13-apreldagi „Axborot –kutubxona faoliyati toʻgʻrisida“ qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13 sentyabragi PQ −3271sonli  „Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini  oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi“ qarorida belgilangan  vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida OOʻMTVning 2017-sentyabrdagi 679 sonli buyrugʻi asosida olib borilgan.

 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro davlat tibbiyot institu yangi Axborot – resurs markaziga tashrifi.

ARMning  umumiy fondi   22266 nomda 179180sonda

Shundan:

  •  oʻquv adabiyotlar 6044-nomda, 90231-sonda,
  • badiiy adabiyotlar 2319 nomda-24812 sonda,
  • ilmiy ommabop adabiyotlar 3154 nomda-7798 sonda,
  • boshqa turdagi adabiyotlar 10749 nomda 56339 sonda.

Shundan jami tillar boʻyicha:

Lotin: 451/22883, Kirill: 5997/82030, Rus: 7462/62435 Xorijiy: 412/10500 sondan iborat.

2022-2023 oʻquv yilidagi namunaviy dasturdagi asosiy adabiyotlar  575 nom-14866 sonda ARMda mavjud.

ARM fondi mamlakatimizning turli nashryotlarida chop etilgan darslik, oʻquv qoʻllanma, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar, lugʻat va ensiklopediyalar bilan boyitib borilmoqda.

ARMning umumiy fondi darslik va ilmiy adabiyotlar elektron platformaga kiritib borilmoqda. Axborot resurs markazi doimiy ravishda ijodiy rivojlanib yangi kutubxona texnologiyalaridan samarali foydalanishga yoʻnaltirilib borilmoqda. Axborot resurs markazi kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida „SMART BOOK shallehce“ QR kodli virtual elektron kutubxonasini  yaratdi. Bu sayt arsenal D xosting orqali alohida sayt boʻlib 3000 minga yaqin adabiyotlari mavjud. Bu saytda  oʻzbek klassik adabiyotlari, rus adabiyoti, chet el badiy adabiyotlari oʻrin olib mintaqamizda koʻp uchraydigan kasaliklar va asoratlarini oldini olish haqidagi ilmiy ommabop adabiyotlar oʻz aksini topgan, shu bilan birgalikda alohida ruyxatdan oʻtib,  institut-professor oʻqituvchilarining yaratgan adabiyotlari, darsliklari talabalarga yangi imkoniyatlarni yaratib berdi.  Hozirgi kunda jamoat  joylarida QR-kodli elektron kutubxona tarmoqlarimiz oʻrnatildi.

ARM telegram saytida 4631ta tibbiyotga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalar joylashtirilgan.  Aʼzo boʻlgan foydalanuvchilar soni-1439ta. Book.bsmi.uzda 2249taQR kodli tibbiyotga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalar joylashtirilgan. ARM foydalanuvchilari uchun onlayn, oflayn qidiruv internet saxifalari hamda,  http://www.studentlibrary.ru/, http://www. Sprinjer.com/gp,http://www.proquest.com, www.webofknowledge.com,  www.sciencedirekt.com, Web of science, Scopus, www. ROZMEDIB.RU xorijiy ilmiy bazalari yaratilgan.

BuxDTIda mavjud 42 ta kafedraning 5040ta darsliklari elektron QR kodli kitob butkalariga joylashtirilib, kafedralarga  tarqatildi. Institut elektron serviriga ulangan  http://irc.bsmi.uz/ sayti orqali viloyatda QR kodli elektron kitob butkalari orqali 32 ta tarmoq xizmat koʻrsatmoqda. ARMda 2022-yil yakuniga qadar23247.adabiyotlar elektron shaklga oʻtqazilgan. Fan boʻyicha oʻqitiladigan asosiy adabiyotlarning elektron shakli 100% taʼminlangan.

ARMda IRBIS dasturi yoʻlga qoʻyilgan. Elektron oʻquv zalida 50 ta kompyuter lokal internet tarmogʻiga ulangan. MINvuz.2  tas-ix 1000 Mbayt/sek mir. 300 Mbayt/sek. WI-FI zonasi mavjud. „Scopus“, „Web of Ssiense“, „EBSCO“, „LIBRARY.ru“va boshqa chet el maʼlumotlar bazasidan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Chet el maʼlumotlari bazasidan talabalar va professor-oʻqituvchilarimiz faol foydalanib borishayapti. Chet el maʼlumotlar bazasidan hozirgi kunga qadar 3200 ta foydalanuvchilarimiz mavjud.  Bundan tashqari Hindistondan 40 dona Ayfat nomli planshetlar olib kelingan. bu planshet  ichida 40 dona anatomiya kitoblari mavjud. Planshet 2ta programmaga ulangan.  Smart book  AR, DemoMed2.  Bu programalarning vazifasi 3D formatda kitobni oʻqiydi. bu programmalar litsenziyaga ega boʻlib, 10000 ga yaqin kitoblarni yuklab oladi. Oʻquv zalida 2 dona axborot monitoringi oʻrnatilib, kitoblar roʻyxati mavjud.  ARM yaratgan saitlarida QR kodli kitoblar fanlarga boʻlinib, talaba uchun katta qulaylik yaratildi. Xorij talabalari turar joyida 3ta yangi kutubxona tashkil etilib, talabalar foydalanishiga sharoit yaratildi.

Hozirgi kunga qadar qatnov −27469, kitob berilishi – 34415.

Malumotlar uchun:

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1. „Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi“. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  2. „Назначен первый заместитель министра здравоохранения“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  3. Oic Ircica. „Conference: “The Legacy of Abu Ali ibn Sina: Western and Eastern Scientists’ Approaches”“ (en). IRCICA.org (2022-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  4. „WHO national counterpart and national technical focal points“ (en). WHO.int. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  5. „Назначен замсоветника президента по вопросам молодежи, науки и спорта“ (ru). Газета.uz (2020-yil 17-iyul). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  6. uza.uz. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (uz). Uza.uz (2021-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  7. „Home“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  8. Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiya universiteti faxriy professori boʻldi
  9. „Editorial Board“ (en). World Medicine Journal (2020).
  10. Состояние иммунной системы детей раннего возраста с врожденной расщелиной губы и неба(ingl.) // Medical and Health Science Journal. — 2012.
  11. „The level of mediators of immune response in infants with congenital cleft lip and palate“ (en). Open Access Library. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  12. 12,0 12,1 „Toshkent davlat stomatologiya institutining maʼmuriyati“. TSDI.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  13. 13,0 13,1 „Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor tayinlandi“. Kun.uz (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  14. 14,0 14,1 „Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori almashdi“. Xabar.uz (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  15. 15,0 15,1 „Koronavirusning 5 darajasi: mutaxassis qaysi holatda qanday davo choralari koʻrilishi haqida maʼlumot berdi“. Kun.uz (2020-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  16. 16,0 16,1 „Koronavirus bemorlarini davolashda tavsiya etilgan dori vositalarini birvarakayiga qoʻllash mumkin emas – mutaxassis“. Kun.uz (2020-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.