Shavkat Majitov

Oʻzbekiston davlat arbobi

Shavkat Xalmetovich Majitov (01.04.1955, Olmota) — 2001—2002-yillarda Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi[1].

Shavkat Xalmetovich Majitov
 Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi
 
Mansab davri
2001-yildan – 2002-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Abdusalom Azizov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-aprel 1955-yil (1955-04-01) (69 yosh)
Olmaota
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi

Biografiyasi

tahrir

1977-yilda Qozogʻiston kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

1977-1981 yillarda Qozogʻiston SSR Davlat standarti boshqarmasining neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻlimi muhandisi, bosh muhandisi, sektor mudiri.

1981-yilda Chimkent viloyati standartlar va oʻlchov vositalari davlat nazorati laboratoriyasi katta muhandisi.

1981—1991-yillarda „OʻrtaOsiyoGaz“ ilmiy nazorat institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim.

1992—1994-yillarda „OʻzLITIneftgaz“ gazni qayta ishlash laboratoriyasida katta ilmiy xodim, sektor mudiri.

1994—1995-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ Milliy korporatsiyaning neftni qayta ishlash boʻlimi boshligʻi.

1995—1998 yillarda — Buxoro neftni qayta ishlash zavodining texnologik qismi qurilishini taʼminlash direksiyasi direktori lavozimida ishlagan.

1998-yilda „Oʻzneftniqaytaishlash“ uyushmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining xorijiy kompaniyalar bilan investitsiya obyektlari boʻyicha shartnomalarni bajarish boʻlimi direktori oʻrinbosari.

1998—2001-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qurilish, transport va kommunikatsiyalar majmuasining ustuvor investitsiya dasturlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi rahbari.

2001—2002-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2002—2013-yillarda boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi.

2007—2015-yillarda I. M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali Vasiylik kengashining raisi boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 9-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 24-may 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()