Muhammadqodir Abdullayev
Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev (ruscha: Абдуллаев, Мухаммадкадыр Маматкулович; 1973-yil 15-noyabrda dunyoga kelgan) — Andijonlik bokschi, 63,5 kg vazn bilan Olimpiada va jahon chempioni boʻlgan. Oʻzbekiston chempioni (1993, 1996—1998), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat universiteti talabasi (2000). Abdullayev bir necha xalqaro turnirlarning gʻolibi (1994-yil Turkiya, 1997-yil Eron, 1999-yil Fransiya). Markaziy Osiyo oʻyinlarida 1995-yil — 2 oʻrin, 1997-yil — 1-oʻrin, 13-Osiyo oʻyinlari (Tailand, 1998)da 1-oʻrin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999-yil AQShning Xyuston shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatining, 2000-yil Sidneyda oʻtkazilgan 27-yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998-yil Tailand) hamda Jahon kubogi (1998-yil Xitoy) musobaqalarida eng yaxshi bokschi deb tan olingan. „Shuhrat“ medali (1995), „El-yurt hurmati“ ordeni (1999) bilan mukofotlangan[1].
Muhammadqodir Abdullayev | |
---|---|
Statistikasi | |
Asl ismi | Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev |
Laqabi | Rock |
Vazni | Oʻrta vazn |
Boʻyi | 6 ft 2.5 in (1.89 m) |
Millati | Oʻzbek |
Tavalludi |
15-noyabr 1973-yil Andijon, Oʻzbekiston |
Jang natijalari
tahrir1996-yilgi Atlanta Olimpiadasida O‘zbekiston vakili (yengil vazn toifasida) sifatida kurashib, Terrance Cauthenga (AQSh) 6-18 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil Sidney Olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi (yengil oʻrta vaznda) va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 1993-yil Finlandiyaning Tampere shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi. Chempionatda Enrike Karrionga (Kuba) yutqazdi. 1997-yil Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi sifatida yengil vazn toifasida qatnashdi. Chempionatda Mett Zeganga (Polsha) 3-10 hisobida magʻlub boʻlgan.
1999-yil Xyustonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yengil yarim oʻrta vazn toifasida ushtirok etib, oltin medali sohibiga aylandi. Oydin Gasanovni (Rossiya) 10:6 hisobida mag‘lub etdi, Rikardo Williamsni (AQSh) 11:4 hisobida yengdi.
1995-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionligi yengil vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi. 1997-yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatining yengil vazn toifasida oltin medal sovrindori boʻldi. 1998-yil Xitoyning Chongqing shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati oltin medali sohibi, 1998-yil Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari oltin medali sohibi boʻldi. 1999-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan yengil toifadagi Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi[2][3].
Mukofotlari
tahrir- „O‘zbekiston iftixori“[4].
- O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2000)
- „El-yurt xurmati“ ordeni
- „Shuhrat“ medali[5]
Boks natijalari
tahrirJang | Sana | Raqib | Xakam | Jang joyi | Raundlar | Natija | Qoʻshimcha maʼlumotlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 26-noyabr 2005 | Ukraina Andriy Kotelnik | Xaynrix Mexmert | Wilhelm-Dopatka-Halle, Leverkusen, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Germaniya | 12 | Magʻlubiyat | Glen Feldman 112—116 Xuan Manuel Garsiya 112—116 Jan-Fransis Tupin 112—117 |
2 | 11-iyun 2005 | Migel Kotto | Djonni Kallas | Nyu-York, | 12 | Magʻlubiyat | TKO9 |
3 | 15-fevral 2005 | Argentina Xuan Alberto Godoy | Yoaxim Yakobsen | Shtutgart, Baden-Vyurtemberg, Germaniya | 12 | Gʻalaba | KO3 |
4 | 10-aprel 2004 | AQSh Jessi Felisiano | Kenni Beyless | Nevada AQSh | 12 | Gʻalaba | TKO8 |
5 | 17-fevral 2004 | Venesuela Richard Reyna | Germaniya | 10 | Gʻalaba | DSK9 | |
6 | 15-noyabr 2003 | Ruminiya Maryan Leondraliu | Bavariya, Germaniya | 6 | Gʻalaba | TKO4 | |
7 | 3-iyun 2003 | Gaiti Emmanuel Klottey | Mayk Ortega | Uncasville, AQSh | 10 | Magʻlubiyat | KO10 |
8 | 4-aprel 2002 | AQSh Xoel Salas | Toni Uiks | Nevada AQSh | 10 | Gʻalaba | DSK9 |
9 | 10-mart 2002 | AQSh Hesus Abel Santiago | Robert Byord | Nevada AQSh | 6 | Gʻalaba | KO4 |
10 | 3-mart 2001 | Meksika Migel Angel Ruis | Nevada AQSh | 8 | Gʻalaba | TKO5 | |
11 | 21-sentabr 2001 | Filippin Ray Pelonia | Toshkent, Oʻzbekiston | 12 | Gʻalaba | TKO2 | |
12 | 1-iyun 2001 | AQSh Daaniel Felix | Orlean, Las-Vegas, Nevada, AQSh | 6 | Gʻalaba | TKO5 | |
13 | 27-aprel 2001 | Meksika Louis Rouis | Caesars Tahoe, Sightline, Nevada, AQSh | 4 | Gʻalaba | TKO1 | |
14 | 6-aprel 2001 | AQSh Vashington | Texas Station kazino, Las-Vegas, Nevada, AQSh | 4 | Gʻalaba | 40-36 40-36 40-36 |
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Muhammad Abdullaev, Olympic Games Results“. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ Июнь-2005: Триумф Мейуэзера, поражение Цзю и конец ТайсонаAndoza:Недоступная ссылка, Спорт-Экспресс.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер
Havolalar
tahrir- Muhammadqodir Abdullayev — Olimpiada statistikasi Sports-Reference.com saytida
- Muhammadqodir Abdullayev — BoxRec veb-saytida kurash statistikasi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |