Quvondiq Sanaqulov
Quvondiq Sanaqulovich Sanaqulov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi. „Navoiy kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi-bosh direktori.
Quvondiq Sanaqulovich Sanaqulov | |
---|---|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ boshqaruv raisi-bosh direktori | |
Mansab davri 2008-yildan | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Nikolay Kucherskiy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-iyun 1957-yil Samarqand, OʻzSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Mukofotlari |
|
Tarjimai holi
tahrir1957-yil 12-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti — oliy, 1979-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-metallurg mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1981—1989 — Jizzax viloyati Marjonbuloq oltin konida usta, katta usta, bosh texnolog, bosh muhandis, Jizzax viloyati Chegaralangan konlar boshqarmasi texnik koʻrik boʻlimi ustasi, Marjon konining bosh muhandisi, Jizzax viloyati oltin ishlab chiqarish fabrikasi boshligʻi.
1989—1992 — „Oʻzbekoltin“ ishlab chiqarish birlashmasida bosh boyituvchi, bosh muhandis.
1992—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Rangli va noyob metallar davlat qoʻmitasi metallurgiya boʻlimi bosh muhandisi, boʻlim boshligʻi.
1994—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Industrial rivojlanish kompleksi yetakchi mutaxassisi.
1997—1999 — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimi.
1999—2003 — „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish masalalari boʻyicha direktori.
2003—2007 — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.
2007—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
2008-yildan — „Navoiy kon-metallurgiya kombinati“ davlat korxonasi bosh direktori[1].
2010-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi[2].
2012-yildan — Oʻzbekiston suzish federatsiyasi Prezidenti.
2014-yildan 2022-yilgacha — Navoiy konchilik instituti rektori[3].
Mukofotlari
tahrir2001-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 10 yil“ esdalik nishoni berilgan.
2004-yilda Doʻstlik ordeni berilgan.
2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni bilan mukofotlangan.
2009-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ faxriy unvoni berilgan.
2015-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan[4].
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotini olgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ NGMK
- ↑ NKMK
- ↑ https://m.kun.uz/news/2022/06/18/ozbekiston-qahramoni-quvondiq-sanoqulov-navoiy-davlat-konchilik-instituti-rektori-lavozimidan-ozod-etildi
- ↑ Senat[sayt ishlamaydi]
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida“.