Gʻulomjon Ibragimov
Gʻulomjon Inomovich Ibragimov (1958-yil, Toshkent) - Toshkent viloyati hokimi (2017-2019), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2010-2017)[1][2].
Gulomjon Inomovich Ibragimov | |
---|---|
Toshkent viloyati hokimi | |
Mansab davri 2017-yil 30-oktabr – 2019-yil 4-iyungacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shukrullo Boboyev |
Vorisi | Rustam Xolmatov |
Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2010-yil 12-iyul – 2017-yil 30-oktabrgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ergash Shoismatov |
Vorisi | Alisher Sultonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-iyun 1958-yil Toshkent viloyati Piskent tumani |
Mukofotlari |
![]() |
Tarjimai holi Tahrirlash
- 1985-1992-yillarda Olmaliq kimyoviy zavodida yoshlar tashkiloti kotibi, zavod direktori yordamchisi, direktor o’rinbosari, direktor lavozimlarida ishlagan.
- 1992-2004-yillarda «Olmaliq ammofos aksiyadorlik jamiyati» OAJ bosh direktori.
- 2004-2010-yillarda «Oʻzkimyosanoat» kompaniyasi boshqaruv raisi.
- 2010-2017-yillarda Oʻzbekiston Bosh vazirining o’rinbosari - geologiya, yoqilg'i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo majmuasi rahbari.
- 2017-2019 - Toshkent viloyati hokimi[3][4].
- 2019-yildan — Toshkent viloyatidagi "1-rezotexnika zavodi" MCHJ direktori[5]
Tanqid Tahrirlash
2012-yil Islom Karimov boshchiligida oʻtkazilgan hukumat yalpi majlisida prezident Karimov amalga oshirilishi lozim boʻlgan investitsion loyihalardagi oqsoqliklarga yoʻl qoʻyilgani uchun Gʻulomjon Ibragimovni ayblab, unga dakki beradi[6]. Xususan, u loyihalarni amalga oshirishda zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrmaganligi uchun tanqid qilinadi.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ "Назначен новый заместитель премьер-министра Республики Узбекистан", 2016-04-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-01-17
- ↑ "Новый состав правительства РУз"/Ислам Каримов подписал указ об утверждении нового состава Кабинета Министров., 2016-04-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-01-17
- ↑ Ikki viloyat hokimi va prokurori ishdan olindi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/06/04/toshkent-viloyati-hokimi-ishdan-ketdi
- ↑ „Bosh vazir sobiq o'rinbosari zavod direktori etib tayinlandi“. Kun.uz.
- ↑ [youtu.be\0OhSn02z718 „Telegram va youtube ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan yalpi majlis videosi“].