Piskent tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shim.-sharqsan Ohangaron va Oʻrta Chirchiq, gʻarbdan Oqqoʻrgʻon, jan.-gʻarbdan Boʻka tumanlari, jan.dan Tojikiston Respubli-kasining Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,79 ming km². Aholisi 86,3 ming kishi (2003). Piskent tumanida 1 shahar (Piskent), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻngqoʻrgʻon, Kerovchi, Murotali, Koriz, Oqtepa, Said) bor. Tuman markazi — Piskent shahri

Piskent tumani
Пскентский район
tuman
Tarkibida Toshkent viloyati
Maʼmuriy markazi Piskent
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+4
Xaritada
Piskent tumani xaritada
Koordinatalari: 40°53′49.9″N 69°21′1.1″E / 40.897194°N 69.350306°E / 40.897194; 69.350306 G O

Tabiati. Tuman hududi Qurama togʻ tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, ChirchiqOhangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan. Yer usti sharqdan gʻarbga tomon qiya. Oʻrtacha balandligi 300–2500 m. Sharqiy qismi Qurama togʻlari, adirlar, choʻl, yaylovlar bilan band. Relyefi bir oz past-baland, eski dare oʻzanlari, jar va jilgʻalar bilan parchalangan. Tumanning gʻarbiy qismida sugʻoriladigan yerlar joylashgan. Tuproklari, asosan, tipik boʻz tuproqlar, pastqam joylarda oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi, allyu-vial tuproklar. Tumanning chekka sharqida toʻq boʻz tuproqlar va qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan boʻlib, bu yerlardan yaylov sifatida foydala-niladi. Kurama togʻidan Ohangaron daryosi oqib tu-shadi, togʻ soylaridan Qizota, Kovuldi, Olmaliqsoy, Parganda, Qoraqiyosoy oqib oʻtadi. Anhor, Boʻka, Shoʻr, Oʻrtaariq, Boʻrjar singari qad. ka-nallar, Shimoliy Toshkent kanali bor. Shimoliy chegarasi boʻylab Toshkent suv ombori ("Toshkent„Toshkent dengizi"dengizi“) joylashgan. Iqlimi moʻtadil issiq, quruq. Yillik oʻrtacha temperatura 13,5°; iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°, eng yuqori temperatura 41,G, yanvarniki —1,0°, eng past temperatura —27,2°. Vegetatsiya davri 210—220 kun. Yillik yogʻin 350 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan tekisliklarda qamish, dashtda shuvoq-shoʻra, togʻ oldi yerlarida boʻtakoʻz, dare va soylarning vodiylarida archa, doʻlana, zarang, olcha, olma, chetan (ryabina) va boshqa usadi. Yovvoyi hayvonlardan daryo qayirlarida boʻri, chiyaboʻri, yumronqoziq, quyon, toʻqay mushugi, oʻrdak, gʻoz, qirgovul, toglarda kaklik, bedana, mayna, loyxoʻrak, suvilonlar, ondatra yashaydi. Tumanning sharqiy qismida foydali qazilmalardan mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin, molibden va boshqa nodir metall rudalari, flyuorit, ohaktosh, shagʻal, kum va boshqa turli xil qurilish materiallari olinadi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 109,2 kishi. Shaharliklar 31,4 ming kishi, qishloq aholisi 54,9 ming kishi (2003). Tumanning sugoriladigan ekin maydoni 20,7 ming ga, shu jumladan, 10 ming ga yerga paxta, 8,4 ming ga yerga don, 420 ga yerga poliz va sabzavot ekinlari ekiladi (2003). Piskent tumanidagi 43 umumiy taʼlim maktabida 20,2 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi. Yordamchi internat maktabi, kasbhunar kolleji, 8 klub, 22 kutubxo-na, madaniyat va istirohat bogʻi, 8 stadion mavjud.

Markaziy kasalxona, yuqumli kasalliklar va bolalar kasalxonalari, 4 qishloq vrachlik punkti, 5 vrachlik ambulatoriyasi, markazlashgan dorixona, 10 xususiy dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. 1932-yildan "Mehnat„Mehnat bayrogʻi"bayrogʻi“ tuman gaz. chiqadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil