Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oʻzbekistondagi universitetlardan biri
(Toshkent politexnika institutidan yoʻnaltirildi)

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti – Oʻzbekistonda elektrotexnika, mexanika, texnologiya, geologiya va energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Xalqaro nomi
Tashkent state technical University Named after Islam Karimov
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1918- yili
Rektori Sadriddin Turobjonov
Fakultetlar

Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali

Toshkent davlat texnika universiteti Nukus filiali
Talabalari 23268
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili
Toshkent, Olmazor, Universitet koʻchasi, 2.
Veb-sayti tdtu.uz

Tarixi

tahrir

1918-yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining „Texnika“ fakulteti tarkibida „Elektromexanika“ boʻlimi ochilgan boʻlib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham moʻljallangan edi. 1920-yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega boʻlgach, unda „Maxsus mexanika“ boʻlimi taʼsis etilib, 69 talaba taxsil ola boshladi.[1] 1952-yilda mazkur fakultetlar negizida Toshkent politexnika instituti tashkil topdi. Oʻzbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib – Toshkent arxitektura-qurilish instituti, kimyo-texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika oʻquv yurtlari: Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent arxitektura qurilish universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta qurishlardan Toshkent politexnika institutining: „geologiya-qidiruv“, „kon-metallurgiya“, „avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari“, „sanoat energetikasi“, „neft va gaz“, „radioelektronika va avtomatika“, „energetika fakultetlari“. Toshkent mashinosozlik institutining: mexanika; texnologiya; mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi – Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.

Hozirgi koʻrinishida 1991-yil 6-mayda Oʻzbekiston SSR Prezidenti I. A. Karimovning farmoni bilan Toshkent mashinasozlik instituti va Toshkent politexnika institutining bir qator fakultetlari negizida tashkil etilgan[2][3][4].

1991-yil 27-iyunda universitetga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan[5].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi[6][7] farmoniga asosan 2017-yil 23-iyunda Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berilgan[8].

Tavsifi

tahrir

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti aviatsiya, geologiya, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika va avtomatlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik texnika oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi. Toshkent davlat texnika universitetida 8 ta fakultet, 58 ta kafedra, 735 nafar professor-oʻqituvchilar, 11 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Hozirgi kunda Toshkent davlat texnika universitetida quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda:

  • Bakalavr darajasi, muddati 4 yil
  • Magistratura, muddati 2 yil
  • Doktorantura, oʻqish muddati 3 yil

Universitetda 5 ta ixtisoslashgan kengash ham mavjud boʻlib, ularda 12 xil yoʻnalish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Universitetda zamonaviy oʻquv binolari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar, yotoqxonalar, kuchli tajriba bazasi, shuningdek, universitetgacha boʻlgan tayyorgarlik va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tarmogʻi mavjud. Universitet Germaniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlarning koʻplab ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar oʻrnatgan. Universitetda INTAS, TACIS, TEMPUS-TACIS va boshqa xalqaro raqobatbardosh dasturlari doirasida bir qator ilmiy loyihalar grantlar asosida amalga oshirilmoqda. Universitetda, shuningdek, kichik korxonalar va ilmiy markazlar tarmogʻi boʻlgan Texnologiyalar parki, Texnologik biznes-inkubator va „COFYUTIS“ (Fransiya-Oʻzbekiston) tadqiqot markazi mavjud[9].

Xorijiy universitetlar bilan aloqalari

tahrir

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti har yili dunyoning turli universitetlari va taʼlim markazlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bunday uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish, bilim almashish va talabalar almashinuvi boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir.

Fakultetlari

tahrir
  1. Neft va gaz fakulteti
  2. Muhandislik texnologiyalari fakulteti
  3. Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya ishi fakulteti
  4. Mashinasozlik fakulteti
  5. Elektronika va avtomatika fakulteti
  6. Elektr energetika fakulteti
  7. Issiqlik energetikasi fakulteti
  8. Mexanika fakulteti

Bakalavr yoʻnalishlari

tahrir

Kunduzgi

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5111014 Kasb taʼlimi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi
2 5150900 Dizayn (turlari boʻyicha)
3 5231900 Korporativ boshqaruv
4 5310100 Energetika (tarmoqlar boʻyicha)
5 5310300 Metallurgiya
6 5310400 Havo kemalaridan texnik foydalanish
7 5310500 Avtomobilsozlik va traktorsozlik
8 5310600 Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha)
9 5310700 Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha)
10 5310800 Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar boʻyicha)
11 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)
12 5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)
13 5311500 Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha)
14 5311600 Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha) Konchilik ishi (mis rudalarini boyitish)
15 5311700 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha)
16 5311800 Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
17 5311900 Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
18 5312000 Neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish va qurish
19 5312100 Energoaudit va sanoat korxonalarning energetik tekshiruvi
20 5312200 Konchilik elektr mexanikasi
21 5312300 Marksheyderlik ishi
22 5312400 Muqobil energiya manbalari (turlari boʻyicha)
23 5312500 Energiya mashinasozligi (tarmoqlar boʻyicha)
24 5312600 Mexatronika va robototexnika
25 5312700 Intellektual muhandislik tizimlari
26 5312800 Quymakorlik texnologiyalari
27 5312900 Lazer texnologiyalari va optoelektronika
28 5313000 Biotibbiyot muhandisligi
29 5313300 Geologiya-razvedka ishlarining texnikasi va texnologiyasi
30 5313500 Yorugʻlik texnikasi
31 5313600 Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari
32 5313700 Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish
33 5313800 Quvur transporti tizimlari inshootlari va ularning obyektlarini taʼmirlash
34 5320100 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha)
35 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
36 5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha)
37 5320500 Biotexnologiya (tarmoqlar boʻyicha)
38 5321400 Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
39 5321900 Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi
40 5322100 Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi
41 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
42 5350700 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha)
43 5610101 Xizmatlar sohasi: avtomobil transporti
44 5610600 Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha)
45 5620200 Havodagi harakatni boshqarish
46 5630100 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
47 5640100 Hayotiy faoliyat xavfsizligi
48 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)

Sirtqi

tahrir
# Shifri Nomi
1 5310100 Energetika (tarmoqlar boʻyicha)
2 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
3 5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)
4 5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)
5 5311500 Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha)
6 5311600 Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha)
7 5311700 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha)
8 5311900 Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
9 5313600 Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari
10 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
11 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
12 5350700 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha)
13 5640200 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Kechki

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5311600 Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha)
2 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
3 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
4 5310300 Metallurgiya[10]

Magistratura yoʻnalishlari

tahrir
# Taʼlim yoʻnalishi nomi Shifr
1 Professional taʼlim nazariyasi va metodikasi: transport vositalari muhandisligi (avtotransport) 5A111001
2 Dizayn (sanoat dizayni) 5A150901
3 Korporativ boshqaruv 5A231901
4 Gidroelektrstansiyalar 5A310101
5 Sanoat issiqlik energetikasi 5A310104
6 Issiqlik texnikasi (qoʻllanish obyekti boʻyicha) 5A310105
7 Elektr taʼminoti (tarmoqlar boʻyicha) 5A310201
8 Elektr stansiyalari 5A310203
9 Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari boʻyicha) 5A310204
10 Metallurgiya (metall turlari boʻyicha) 5A310301
11 Metallurgiya mashinalari va jihozlari (ishlab chiqarish turi boʻyicha) 5A310302
12 Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar 5A310305
13 Avtomobilsozlik va traktorsozlik 5A310501
14 Yer usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari boʻyicha) 5A310601
15 Avtomobillar va avtomobil xoʻjaligi 5A310604
16 Ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish 5A310605
17 Elektr mexanikasi (tarmoqlar boʻyicha) 5A310701
18 Elektr izolyatsiyali va kabelli texnika 5A310702
19 Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha) 5A310704
20 Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar boʻyicha) 5A310801
21 Oʻlchash va nazorat qilish asbob-uskunalari va metodlari (turlari boʻyicha) 5A310802
22 Yarimoʻtkazgichli materiallar nanotexnologiyasi 5A310804
23 Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) 5A310902
24 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar boʻyicha) 5A311001
25 Aviatsiya-kosmik vositalari bilan tabiiy resurslarni tadqiq qilish 5A311501
26 Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari boʻyicha) 5A311601
27 Shaxta va yer osti muhandisligi (marksheyderlik ishi) 5A311602
28 Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari boʻyicha) 5A311603
29 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha) 5A311701
30 Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 5A311702
31 Neft va gaz konlarini qidiruv-razvedka ishlarining geofizik metodlari 5A311706
32 Konchilik geologiyasi va geofizikasi 5A311707
33 Quduqlarning geofizik tadqiqotlari 5A311709
34 Gidrogeofizika va muhandislik geofizikasi 5A311710
35 Konchilik geofizikasi 5A311711
36 Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi 5A311801
37 Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish 5A311901
38 Neft va gaz quduqlarini burgʻulash 5A311903
39 Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar boʻyicha) 5A312101
40 Konchilik mashinalari va jihozlari 5A312201
41 Marksheyderlik ishi (sohalar boʻyicha) 5A312301
42 Muqobil energiya manbalari (turlari boʻyicha) 5A312401
43 Energiya mashinasozligi (tarmoqlar boʻyicha) 5A312501
44 Mexatronika va robototexnika 5A312601
45 Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 5A312701
46 Lazer, yorugʻlik-diod texnologiyalari va optoelektronika 5A312901
47 Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qoʻllanish sohasi boʻyicha) 5A313001
48 Rentgen texnikasi va texnologiyasi 5A313003
49 Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish 5A313701
50 Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha) 5A320101
51 Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish boʻyicha) 5A320201
52 Mashinasozlik ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan dastgohli komplekslari 5A320202
53 Metallarga bosim bilan ishlov berish (turlari boʻyicha) 5A320203
54 Sovutish, kriogen texnikasi va moʻtadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari 5A320303
55 Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari 5A320309
56 Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari 5A320311
57 Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar 5A321401
58 Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi va elektronika sanoati texnologik mashina jihozlari 5A321901
59 Quymakorlik ishlab chiqarishi texnologiyasi (turlari boʻyicha) 5A322101
60 Neft va gaz quvurlari, baza va omborlarini qurish va ulardan foydalanish 5A340202
61 Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari 5A350703
62 Qishloq xoʻjalik texnikasini loyihalashtirish va konstruksiyasini ishlash 5A430102
63 Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 5A630101
64 Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (tarmoqlar boʻyicha) 5A640101
65 Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi 5A640103

Filiallari

tahrir
  1. Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali
  2. Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali
  3. Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali
  4. Toshkent davlat texnika universitetining Nukus filiali[11]

Mashhur bitiruvchilari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Toshkent davlat texnika universiteti“. 27-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2019-yil. (Wayback Machine saytida 27-avgust 2019-yil sanasida arxivlangan)
  2. „Система высшего образования Узбекистана: доступность, эффективность, инновации“ (ru). Агентство международной информации Trend (2016-yil 20-avgust). 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  3. „Указ Президента Узбекской Советской Социалистической Республики от 06.05.1991 г. № УП-203“. Информационно-правовой портал Norma.uz. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  4. „Постановление Кабинета Министров при Президенте Узбекской ССР от 13.05.1991 г. № 130 «Об организации Ташкентского государственного технического университета, Ташкентского химико-технологического и Ташкентского архитектурно-строительного институтов»“. Информационно-правовой портал Norma.uz. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  5. Постановление Кабинета Министров при Президенте Республики Узбекистан от 27 may 1991 года № 175 «О присвоении имени Абу Райхана Беруни Ташкентскому государственному техническому университету
  6. „Об увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан Ислама Абдуганиевича Каримова“. Национальное информационное агентство Узбекистана (2017-yil 25-yanvar). 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
  7. Постановление Президента Республики Узбекистан от 25 yanvar 2017 года № ПП-2744 «Об увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан Ислама Абдуганиевича Каримова
  8. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 23 iyun 2017 года № 417 «О внесении изменений и дополнений, а также признании утратившими силу некоторых решений Правительства Республики Узбекистан (постановление Президента Республики Узбекистан от 25 января 2017 года № ПП-2744 «Об увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан Ислама Абуганиевича Каримова»)
  9. „Знакомство с вузами Ташкента: Ташкентский государственный технический университет им. А. Р. Беруни (Политех) | Общество | ИП «УЗИНФОРМ»“. 2011-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-iyun.
  10. https://dtm.uz/info/passing-scores2020?location=14&university=315&emode=4&language=1[sayt ishlamaydi]
  11. https://m.kun.uz/news/2020/01/18/toshkent-davlat-texnika-universitetining-yana-bir-filiali-tashkil-etiladi