Boltayev Botir (1942. 15. 12, Xiva) — meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash ustasi, meʼmor. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining akademik (1997). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1974). Madaniyat ishlari vazirligining Madaniy yodgorliklarni asrash ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasining maxsus loyihalash ustaxonasida meʼmor, usta. Meʼmor, naqqosh, koshinkor va oʻymakor usta sifatida qad. meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda faol ishtirok etadi. 90- yillarda Mchan qalʼadatn Toshhovli (haramxona), Koʻhna Ark (arzxona), Qibla Tozabogʻdagi masjid, Pahpavon Mahmud maqbarasi, Uch avliyo maqbarasi, Shahrisabzdagi Gumbazi Sayidon, Koʻk gumbaz masjidi, Buxorodagi Bahouddin majmuasi va boshqalarni taʼmirlashda qatnashdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil