Oqil Salimov
Oqil Umrzoqovich Salimov (1928-yil 24-dekabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — texnika sohasidagi olim, davlat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi Fanlari Akademiyasi akademik (1990), texnika fanlari doktori (1978), professor (1978).
Oqil Salimov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri | |
Mansab davri 1994-yil – 1998-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Bosh vazir |
Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
Oʻtmishdoshi | Joʻra Abdullayev |
Vorisi | Saidahror Gʻulomov |
OʻzSSR Oliy Soveti prezidiumi raisi | |
Mansab davri 1984-yil – 1987-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Inomjon Usmonxoʻjayev |
Vorisi | Rafiq Nishonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Taʼlim | Oʻrta Osiyo industrial instituti (1950) |
Kasbi | muhandis-texnolog |
Maʼlumoti | oliy |
Mukofotlari |
Mehnat faoliyati
tahrir- Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1950),
- Moskva avtomobil zavodi (ZIL) da muhandis-texnolog (1950—53).
- Toshkent universitetida assistent, dotsent, kafedra mudiri, dekan, prorektor (1953— 65), rektor (1992—94).
- Oʻzbekiston KP Markaziy Komiteti fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri oʻrinbosari, mudiri (1966—70),
- MK kotibi (1971 — 84),
- Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1984—87),
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida rektor (1987—92),
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994—98).
Ilmiy ishlari avtomobilsozlikka doir. S. tadqiqotlari avtomobil dvigatelining quvvatini oshirib borish, yuqori foydalanish koeffitsiyentiga ega boʻlgan yangi generatorni ishlab chiqish, mashina detallarining koʻp yilga chidamliligini oshirish va boshqalarda muxim rol oʻynadi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirishga taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga malakali kadrlar yetishtirishga S. muayyan qissa qoʻshdi. S. „Doʻstlik“ (1996), „El-yurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.[1]