Habib Muhammedovich Abdullayev (31-iyul, 1912 — 20-iyun, 1962) oʻzbek sovet geologi, OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1947-yildan) va prezidenti (1956-1962) boʻlgan.

Habib Muhammedovich Abdullayev
Tavalludi 31-iyul 1912-yil
Aravon, Fargʻona viloyati, Turkiston general-guberatorligi, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 20-iyun 1962-yil(1962-06-20)
(49 yoshda)
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Istiqomat joylari OʻzSSR
Fuqaroligi OʻzSSR
Sohasi Geologiya
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Habib Abdullayev 1935-yil Oʻrta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgach, geol.-razvedka partiyasi boshligʻi. Keyinroq Oʻzbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va hosil boʻlishini tadqiq qildi. 1940-yildan Oʻrta Osiyo industriya institutining foydali qazilmalar kafedrasida do-sent, soʻngra shu institutda direktor, 1942-yildan Oʻzbekiston hukumati raisining oʻrinbosari, 1944-yildan ayni vaqtda Dav-lat plan komissiyasi raisi. 1946-yil „Oʻrta Osiyoning sheelitli skarnlari geologiyasi“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947-yilda nashr etildi.A. 1947-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti. Ayni vaqtda Geologiya instituti direktori hamda uning Petrologiya va metallogeniya boʻlimi rahbari. A. 1952 — 55 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi texnika va geol.-kimyo fanlari boʻlimining raisi, 1955-56 yillarda Oʻzbekiston hukumati raisining oʻrinbosari va 1956-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti. Abdullayev 1959-yilda ruda paydo boʻlishining granito-id intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi sohasidagi ilmiy ishi uchun yuksak mu-kofot bilan taqdirlangan. U endogen ruda hosil boʻlishi nazariyasini rivojlan-tirdi. 130 dan ortiq ilmiy asar (jum-ladan, 7 monografiya) yozgan. A. Toshkent va Moskvada nashr etilgan koʻpgina moʻ’tabar ilmiy jurnallar, toʻplamlar, ilmiy-ommabop nashrlarning masʼ-ul muharriri, tahrir hayʼati aʼzosi edi, jumladan Oʻrta Osiyoda birinchi — „Oʻzbekiston geologiya jurnali“ni tash-kil qildi va uning masʼul muharriri boʻldi.A. volfram, qalay, rangli va qora metallar ruda konlarining turli yoʻllar bilan hosil boʻlganligini koʻrsatib berdi. A. ruda paydo boʻlish jarayonlarini mag-matizm hamda bu jarayonlar roʻy beradigan geologik muhit taʼsiri bilan chambar-chas bogʻliq ekanligini aniqladi. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida „Chatqol-Qurama togʻlari magmatizmi va metallogeniyasining asosiy xususiyatlari“ monografiyasi yaratildi (1957), „Oʻrta Osiyo magmatizmi va rudalanish jarayoni“ asari nashr etildi (1960).A.ning soʻnggi turkum ishlaridan biri „Rudapetrografiya provinsiyalari va ularni tasniflash masalalari“ (1961) boʻldi. Jahondagi barcha yirik ruda konlari shakllanish xususiyatlariga bagʻishlangan „Metallogeniya — foydali qazil-ma konlarini qidirib topishning geologik asosi“ monografiyasi uchun 1970-yilda (vafotidan keyin) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan.A.ning geol.ga oid nazariy fikrla-9ri amaliyotda tasdiqlandi. U birinchi boʻlib Oʻrta Osiyoni alohida metalloge-nik maxsus provinsiya sifatida ajrat-di. Skarnlar tuzilishi, ruda uchraydigan va ruda hosil boʻladigan skarnlar mav-judligi qayd etildi. A.ning rudalarning granitoid intruziyalar bilan bogʻliq ravishda hosil boʻlishiga doir asarlari ilmiy munozaraga sabab boʻldi. Asarlarda konlarning intruziyalardan uzoq-yaqinligiga qarab tasniflanganligi El-shonsning mavhum batolit konsepsiyasi-dan tubdan farq qiladi. A. Oʻrta Osiyoga doir tadqiqotlarini tahlil qilib, ki-chik intruziyalar oʻchogʻi bilan rudali jin-slarning umumiyligini hamda magma-tizm bosqichlari bilan bogʻliq boʻlgan ruda hosil boʻlish jarayonlarining takrorla-nib turishini koʻrsatib berdi. A.ning soʻnggi asarlarida ayrim joylarda mu-ayyan tipdagi magmatizm hodisalari roʻy berishi va rudalar hosil boʻlishi muam-molari oʻrganilgan.A.ning „Oʻrta Osiyoning metallo-genik ocherki“ (1949), „Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi“ (1954 — 57), „Daykalar va rudalanish“ (1957), „Ruda-petrografik provinsiyalari va ularni tasniflash ma-salalari“ (1961) kabi asarlari jahonga mashhur boʻldi. „Rudalanishni granitoid intruzivlar bilan genetik bogʻliqligi“ asari xorijiy olimlar taklifi bilan ne-mis, ingliz va xitoy tillariga tarjima qilingan.A. regional kengashlar, Xalqaro geo-logiya kongressining, bir necha sessiyalarning faol tashkilotchisi, qatnashchisi, kengash toʻplamlarining muhar-riri boʻlgan. A. bir necha chet el geol. jamiyatlari aʼzosi edi. Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi koʻpgina ilmiy va ilmiy-texnika jamiyatlariga, qoʻmitalariga boshchilik qilgan. Asarlari oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. Bular orasida Oʻzbekistonda fan, ilmiy-texni-ka, iqtisodiyot va madaniyat ravnaqiga bagʻishlanganlari anchagina.A. Oʻzbekistondagina emas, balki bu-tun Oʻrta Osiyodagi geologik ishlab chiqarishda, il-miy muassasalar va oliy oʻquv yurtlarida ishlaydigan katta jamoani birlashtir-gan ilmiy maktabning tashkilotchisi va rahbari boʻldi. Ilmiy maktab olimlari Tyanshan toglaridagi jinslar asosida petrologiya va metallogeniya masalalarini hal qilish sohasida birgalikda ish olib bordilar. A. Oʻzbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geol. boʻyicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. A. rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasi-ni yoqladi.A. ToshPI (hozirgi ToshTU) geol.-raz-vedka ftida geol. oliy oʻquv yurtlari orasida birinchi boʻlib Petrologiya va metallogeniya kafedrasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Urush davri-da A. hukumat aʼzosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan taʼminlash va stra-tegik ahamiyatdagi qazilma boyliklar qidirish va ishga solishda katta ishlar-ni amalga oshirdi.A. 1950-yildan umrining oxiriga-cha mineralogiya jamiyati Oʻzbekiston boʻlimini boshqardi. 1960-yildan Fransiya geol. va Buyuk Britaniya Qirollik mine-ralogiya jamiyatlarining aʼzosi. Tan-langan asarlaridan 7 jildi nashr etil-gan (1964 — 69).

Xotirasi tahrir

Habib Abdullayevning hayoti va ilmiy hamda jamoatchilik faoliyati haqida bir qancha olimlar muallifligida „Esdaliklar“ chiqarilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya va geofizika institutiga va Toshkent shahridagi katta koʻchalardan biriga, Akmal Ikromov tumanidagi mahallaga, Toshkent metrosining bekatlaridan biriga(hozirgi Shahriston), 193-maktabga, Ulugʻbek shaharchasida koʻcha va boshqa obyektlarga Abdullayev nomimi berilgan. Geologiya va geofizika instituti binosiga, ToshTU geologiya-razvedka fakulteti binosiga yodgorlik taxtasi oʻrnatilgan. H. M. Abdullayev nomida „Oltin medal“ taʼsis etilgan (1992). Oʻsh shahridagi katta koʻchalardan biri, A. tugʻilib oʻsgan Aravondagi maktab va koʻcha ham H. Abdullayev nomi bilan atalgan. Geologiya va geofizika instituti qoshida H. Abdullayev hayoti va ijodiga bagʻishlangan muzey tashkil qilingan. A. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn qilingan. Qabri ustiga marmar byust qoʻyilgan (haykaltarosh Ye. V. Vuchetich)[1][2][3][4].

Manbalar tahrir

  1. Sobraniye sochineniy, t. 1 — 7, T., 1964 — 69
  2. Xabib Abdullaev (Wayback Machine saytida 2013-10-22 sanasida arxivlangan), ZiyoNet (rus.)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Qahhorov A., Gʻafforova M., Akademik Habib Abdullayev, T., 1981

Havolalar tahrir