Hamidilla Oripov
Hamidilla Nigʻmatovich Oripov (10-oktabr 1940, Toshkent – 14-mart 1998, Toshkent ) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), kimyo fanlari doktori (1979), professor (1987). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida laboratoriya mudiri (1983–85), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1985–89), direktor (1989-98). Ilmiy ishlari tabiiy faol birikmalarni oʻrganish va samarali sintetik preparatlar olishga oid. Oripov rahbarligida dezoksipeganin gidroxlorid, medamin kabi dorivor preparatlar, gelmintlarga qarshi qoʻllanadigan samarali preparatlar – albendazol, medapek, fenasal va boshqasintez qilingan, butilkaptaks defoliantini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1984).[1]
Hamidilla Nigʻmatovich Oripov | |
---|---|
Tavalludi |
10-oktyabr 1940-yil Toshkent |
Vafoti |
14-mart 1998-yil (57 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Kasbi | kimyogar olim |
Ilmiy darajasi | Akademik, kimyo fanlari doktori |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |