Qahhorbek Nosirbekovich Abdullabekov (1942, Toshkent) — geofizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizika-mat, fanlari doktori (1988), professor (1991). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida katta ilmiy xodim (1974-yildan), lab. boshligʻi (1977-yildan), 1989-yildan direktor.1977-yildan hozirgi kungacha „Geofizik maydonlarning variatsiyasi“ labaratoriyasini boshqarib kelmoqda. Asosiy ilmiy ishlari zilzila xavfini aniqlash, geofizik usullar majmui yordamida zilzilalarni oldindan aytish muammolariga doir. A. elektromagnit zilzila darakchilarining namoyon boʻlish qonuniyatlarini aniqlagan, zilzilalarni oldindan ay-tishning uch yangi usulini ixtiro qilgan va fanda ilgari nomaʼlum boʻlgan zilzi-ladan oldin Yer qobigʻidan kuchli elektro-magnit toʻlqinlari ajralib chiqishini aniqlagan, baʼzi kuchli zilzilalarning yuz berish joyi, kuchi va vaqtini (boshqa olimlar bilan hamkorlikda) oldindan ay-tib bergan. As: Elektromagnitnie yavleniya v zem-noy kore, T., 1989.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil