Soslan Vaznoyevich Tigiyev (oset. Тыджыты Вазнойы фырт Сослан; 1983-yil 12-oktabr kuni Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahrida tug'ilgan) - osetiyalik erkin kurashchi, musobaqalarda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadi, erkin kurash bo'yicha Jahon kubogi sohibi, 2008-yili Pekin va 2012-yilgi London Olimpiadalarining kumush va bronza medallari egasi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Soslan Vaznoyevich Tigiyev
Тыджыты Вазнойы фырт Сослан
Tavalludi 12-oktyabr 1983-yil (1983-10-12) (40 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston va Rossiya
Soslan Tigiyev
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Erkin kurash
2012 Yozgi Olimpiya oʻyinlari 74kg
Kumush 2008 Yozgi Olimpiya oʻyinlari 74 kg
Bronza 2006 Jahon Chempionati 74 kg
Bronza 2006 Osiyo O'yinlari 75 kg
Oltin 2007 Jahon Kubogi 74 kg

Biografiyasi tahrir

1983-yil 12-oktabr kuni Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahrida, Tigiyevlar oilasida, egizak akasi Batraz bilan birga tug'ilgan. Egizaklar yoshligidan harakatchan bo'lishgan va onasi ularni bir yildan beri bolakaylarning akasi - Taymuraz shug'ullanayotgan erkin kurash to'garagiga topshirishga qaror qilgan. 1998-yili Soslan Moskvadagi Butunjahon o'smirlar o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritadi, biroq shu musobaqadan so'ng, jarohat sabab faoliyatida uzilish yuzaga keladi. 2005-yildan e'tiboran yana katta sportga qaytgan Soslan musobaqalarda ketma-ket yutuqlarga erisha boshlaydi. 2006-2010-yillar davomida - Shimoliy Osetiya davlat Agrar universitetida tahsil oldi.

Sport faoliyati tahrir

Soslanning faoliyati nisbatan yaxshi kechadi. U 2005-yildan beri Oʻzbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etib keladi. Shu yili Uxanda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni oladi.

  • 2006-yil Ukraina davlatida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 1-oʻrin, Rossiya Federatsiyasi davlatida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 3-oʻrinlarni egallagan.

2006-yili esa Guangchjouda bo'lib o'tgan jahon chempionati va Dohada bo'lib o'tgan Osiyo oʻyinlarida bronza medallarni qo'lga kiritadi. Shu yili, Toshkent shahrida oʻtkazilgan „Mustaqillik Kubogi“ xalqaro turnirida 3-oʻrinlarni egallagan.

  • 2007-yili Krasnoyarskda bo'lib o'tgan jahon chempionatida birinchi o'rinni qo'lga kiritadi.
  • 2008-yil Shveysariya davlatida oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

2008-yili Pekinda bo'lib o'tgan Olimpada o'yinlarida kumush medal egasiga aylanadi.

  • 2009-yili esa Bokuda o'tkazigan "Golden Grand Prix" musobaqasi g'olibiga aylandi. 2012-yili esa Londonda o'tkazilgan Olimpiada o'yinlari bronza medal egasiga aylandi.

2008-yil avgust oyida Xitoyning Pekin shahrida oʻtkazilgan XXIX-yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etib 2- oʻrin.

Mukofotlari tahrir

  • 2006-yildan erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Erkin kurash boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
  • 2008-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni.
  • 2012-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.[1]

Diskvalifikatsiya tahrir

7-noyabr kuni Associated Press axborot agentligi ikkita manbaga asoslanib, Soslan Tigiyevning organizmidan taqiqlangan metilgeksanamin moddasi topilgani va 2012-yilgi London Olimpiadasi medalidan mahrum etilishi haqida xabar tarqatdi.[2] Shu kuni Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ushbu xabarni tasdiqladi.[3]

Manbalar tahrir

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2012-11-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-09
  2. Ўзбекистонлик Олимпиада совриндорининг организмидан тақиқланган модда топилди (Wayback Machine saytida 2012-11-08 sanasida arxivlangan), Kun.uz, 2012-yil 7-noyabr.
  3. Сослан Тигиев расман Олимпиада-2012 медалидан маҳрум қилинди (Wayback Machine saytida 2012-12-12 sanasida arxivlangan), Kun.uz, 2012-yil 8-noyabr.