Salim Abduvaliyev
Salim Qirgʻizboyevich Abduvaliyev (Салим Қирғизбоевич Абдувалиев; 1950-yil 5-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sportchi, yirik tadbirkor, xayriyachi. Oʻzbekistonning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi.
Salim Qirgʻizboyevich Abduvaliyev | |
---|---|
Салим Қирғизбоевич Абдувалиев | |
Salim Abduvaliyev 2022-yilda | |
Tavalludi |
5-may 1950-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Vikiiqtibosda Salim Abduvaliyevga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining sobiq vitse-prezidenti va sport kurashlari federatsiyasi sobiq raisi.
Sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi yirik kriminal avtoritetlardan biri hisoblanadi.
Biografiyasi
tahrir1950-yil 5-may kuni Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan[1].
7 yoshidan boshlab, maktab taʼtillari vaqtida kolxozda ishlagan, 12 yoshidan paxta terimiga chiqqan.
Maktab paytlaridan erkin kurash sporti bilan shugʻullana boshlagan. 16 yoshida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Obid Nazirovning shogirdlaridan biri ekanligini aytgan[2].
Sportni tark etgach, zavodda yuk mashinasi haydovchisi boʻlib ishlagan.
Biznesi va jinoiy doiradagi oʻrni
tahrir1980-yillarning oʻrtalaridan boshlab Salimboy davlat mulkini talon-taroj qilish, jinoiy guruh tuzish, narkotrafik kabi ishlarga aralasha boshlagan. Oʻsha paytlarda Mixail Chernoy, Iskandar Mahmudov, Gʻofur Rahimov, Aleksandr Mashkevich bilan hamkorlikda turli darajadagi jinoyatlarni sodir etgani keltirilgan. Ayrim manbalarda ular alyuminiy biznesidagi oʻzaro sherik boʻlganligi keltirilgan. Salim Abduvaliyev Anatoliy Bikovning Krasnoyarsk oʻlkasidagi saylovlarda ishtirok etishiga homiylik qilgani aytiladi.
„Wikileaks“ internet sahifasi orqali oshkor etilgan maxfiy diplomatik hujjatlarda Oʻzbekiston „uyushgan jinoyatchilik tarqalgan“ va „qiynoqlar mavjud“ mamlakat sifatida ta‘riflangan. Bu hujjatlarda Salim Abduvaliyev „Toshkent mafiyasining otasi“ deya ta‘riflangan. 2006-yili AQShning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi Jon Purnell tomonidan Vashingtonga yuborilgan xatda Salim Abduvaliyev ishbilarmonlarga o‘zbek hukumati tenderlarini yutishga yordam qilganligi va davlat idoralariga yuqori lavozimga joylashish uchun pora uzatishga vositachi bo‘lganligi aytiladi. Uning huquqni muhofaza qilish organlaridagi va mahalliy davlat hokimiyati idoralaridagi masʼul lavozimlarni katta mablagʻ evaziga talabgorlarga sotishda dallollik qilgani hamda bu ishda general Tursinxon Xudayberganov bilan hamkorlik qilgani ham aytiladi. Bu noqonunuiy amallarning yuz bergan yeri, vaqti, tafsilotlari ham keltiriladi[3].
2023-yil 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi „mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida dolzarb qirq kunlik tezkor profilaktik tadbirlari olib borilishi“ haqida qaror qabul qilgan. 28-noyabr kuni Abduvaliyevga aloqadorligi aytiladigan Baxtiyor Qudratillayev va Saidaziz Saidaliyev, ularga aloqador boshqa shaxslar qoʻlga olindi[4]. 3-dekabr kuni Salim Abduvaliyev Toshkent shahrining Fayzobod dahasida joylashgan uyida qoʻlga olingan[5]. 4-dekabr kuni unga nisbatan tergovga qadar surishtiruv boshlangani xabar qilindi[6].
U mamlakat Jinoyat Kodeksining 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (Oʻqotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) sodir etishda gumon qilingan. 2024-yil 19-mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan[7].
2024-yil 6-avgustda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga bergan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida „Birodarlik halqasi“ xalqaro jinoiy guruhi tarkibiga kirgan Qamchibek Asanbek (Qamchi Koʻlboyev) uyushgan jinoiy guruhining faoliyatini moliyalashtirganligi faktlari aniqlangan[8].
Mashhur shaxslar bilan aloqalari
tahrirShanson janrida ijod qilgan rossiyalik xonanda Villi Tokarev Salim Abduvaliyevga atab qoʻshiq kuylagan[9].
Oʻzbekistonning sobiq ichki ishlar vaziri Zokir Almatov 2019-yilgi intervyusida Abduvaliyev bilan Gʻofur Rahimovni „vatanparvar insonlar“ deb atagan[10].
Xayriya ishlari
tahrirSalimboy Oʻzbekiston boʻylab bolalar sportini rivojlantirishda oʻzining hissasini qoʻshib kelgani aytiladi. U, shuningdek, bolalar uylarida erkin kurash toʻgaraklarini tashkil qilgan va koʻplab sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishida koʻmak bergan[11][12].
Mukofotlari
tahrirButunjahon xayriya uyushmasining „Tinchlikparvar“ ordeni
„CIPDH“ Inson huquqlari qoʻmitasining „Oltin burgut“ mukofoti
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashining „Osiyo va Afrika yulduzi“ koʻkrak nishoni
„Milliy xavfsizlikni taʼminlashdagi xizmatlari uchun“ ordeni
Kurashni rivojlantirish va ommalashtirishga qoʻshgan hissasi uchun FILA ordeni
„Qizil yurak“ ordeni
„Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi“ faxriy unvoni (29.08.2021)[13].
Ludwig Nobel mukofoti (27.03.2022)[14].
Oilasi va boyligi
tahrirOtasi Qirgʻizboy Normatboyevich Abduvaliyev Toshkent viloyati Qorasuv tumanidagi (hozir Zangiota tumani) Oxunboboyev nomidagi jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan. 1971-yilda vafot etgan[15][16].
Akasi Aʼzamjon Abduvaliyev – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi. Qibray tumani, Mirzachoʻl (hozir Guliston tumani) tumani komsomol qoʻmitalari birinchi kotibi, Kalinin (hozir Zangiota tumani) partiya qoʻmitasi masʼul xodimi, xalq deputatlari Toshkent tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, Toshkent viloyati meva va sabzavotchilik tresti boshligʻi, „Qorasuv“ xoʻjaligi raisi boʻlgan[15].
Ukasi Halim Abduvaliyev – podpolkovnik, Hamza (Hozirgi Yashnobod tumani) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boʻlgan.
Salim Abduvaliyev oilali, ayoli vafot etgani aytiladi. 4 qiz va 2 oʻgʻilning otasi[17]. Farzandlarining hammasi tadbirkorlik bilan shugʻullanishadi[18][19].
Qizlari Goʻzal va Saodat haqida jamoatchilikka hech narsa maʼlum emas.
Qizi Gulnoza Abduvaliyeva – „Yagona el merosi“ kiyim va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatining egasi[20].
Qizi Nilufar Abduvaliyeva – „Jasmin art style“ kiyim savdosiga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatining egasi[21].
Oʻgʻli Sardor Abduvaliyev — „Organic Food Trade“ oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatining egasi[22][23].
Oʻgʻli Jasur Abduvaliyev — „Xonobod Gold Greenhouse“ qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatining egasi[24][25].
Manbalar
tahrir- ↑ Salim Abduvaliev MOQ vitse-prezidentligiga saylandi
- ↑ „Какой он Салим Абдувалиев в жизни?“.
- ↑ Wikileaks 'Салимбойвачча' ва ўзбек ҳукумати орасидаги алоқалар ҳақида
- ↑ „Uyida qurol saqlagan Salimboy, “Baxti Tashkentskiy” haqida “ko‘plab maʼlumotlar”, qidiruvga berilmagan G‘ofur Rahimov — poytaxtda o‘tkazilgan reyd tadbirlari haqida“. daryo.uz.
- ↑ „“Salimboyvachcha” – Salim Abduvaliyev qo‘lga olindi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
- ↑ „OAV: Salim Abduvaliyev qamoqqa olindi“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
- ↑ „Salim Abduvaliyev (Salimboy) 6 yilga qamaldi“.
- ↑ „Финансировал ОПГ Кольбаева. ГКНБ Кыргызстана объявил в розыск Салима Абдувалиева“.
- ↑ „Salimboyga atab qo‘shiq aytgan xonanda vafot etdi“.
- ↑ Zokirjon Almatov bilan eksklyuziv intervyu YouTubeda
- ↑ „Mafiozmi yoki saxovatpesha?“ (uz). Озодлик радиоси (2012-yil 28-fevral). Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
- ↑ Salim Abduvaliyev
- ↑ Yubiley muborak, Salim Abduvaliyev!
- ↑ „Zamestitel predsedatelya NOK, glava Assotsiatsii sportivnoy borbi Uzbekistana Salim Abduvaliev udostoen premii Nobelya“. 2022-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
- ↑ 15,0 15,1 „Сув ҳаёт манбаи. Уни қадрига етишни отадан ўрганган ўғил“.
- ↑ O'ZBEK MILLARDERI SALIMBOY ABDUVALIEVNI UYLARIDA ILK BOR SAYR QILDIK (EXCLUSIVE) YouTubeda
- ↑ „Салим Абдувалиев – Ўзбекистоннинг машҳур шахси ҳақида маълумотлар“.
- ↑ „Свадьба внучки самого богатого узбекистанца - видео“.
- ↑ „Салимбай привез на свадьбу запрещенного в Узбекистане Кобзона“.
- ↑ „"YAGONA EL MEROSI" mas`uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „"JASMIN ART STYLE" mas‘uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „"ORGANIC-FOOD-TRADE" mas‘uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „Салим Абдувалиев женил старшего сына: 7 тысяч человек полакомилось пловом (фото)“.
- ↑ „"XONOBOD GOLD GREENHOUSE" mas‘uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „ДЖАСУР АБДУВАЛИЕВ: ХОЧУ ПРОДОЛЖИТЬ ДЕЛО ОТЦА“.