Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“ faxriy unvoni — Olimpiada va Osiyo oʻyinlarining, jahon, Osiyo chempionatlarining, birinchiliklarining, A guruhidagi boshqa xalqaro musobaqalarning, Olimpiada oldi oʻyinlari yoki nogironligi boʻlgan shaxslar umumjahon chempionatlarining chempionlari va sovrindorlarini tayyorlagan, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan sport ustozlariga beriladi[1][2][3][4].

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan sport ustozlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

Tavsifi tahrir

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yoʻlkasi fonida yosh sportchi ustozi bilan, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO’RSATGAN SPORT USTOZI” degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Sohiblari tahrir

Manbalar tahrir