Oʻzbeklar — turkiy tilli xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (37 million), Tojikistonda (1,700 mingdan koʻproq), Qirgʻizistonda (1 million kishi), Qozogʻistonda (600 minghan kishi), Turkmanistonda (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (3 million kishi), Rossiyada (300 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (15 ming kishi, 2010-yil), Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dini — sunniy musulmonlar.

Oʻzbeklar
[[Fayl:
|300px]]
Umumiy aholi soni

40-50 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Oʻzbekiston 29,929,309 (2020) [1]
 Afgʻoniston 5,500,000 (2022) [2]
 Tojikiston 2,300,000 (2017) [3]
 Qirgʻiziston 1,000.000 (2023)[4]
 Qozogʻiston 967,252 (2020) [5]
 Turkmaniston 1,200,000 [6]
 Rossiya 200,000 [7]
 Saudi Arabia 300,000 [8]
 Pokiston 935,133 (2017) [9]
 Xitoy 10,500 [10]
 Ukraina 43,400 [11]
AQSH bayrogʻi AQSh 78,960
 Turkiya 127,000 [12]
 Belarus 4,993 (2017) [13]
 Moʻgʻuliston 560 [14]
Tillar
Oʻzbek tili
Dinlar
asosan islom[15]
Qarindosh etnik guruhlar
uygʻurlar, turklar va boshqa Turkiy xalqlar

Oʻzbeklar etnogenezi

tahrir
 
Gʻarbiy turklar tangasi. Shoxi tegin. 679 yil, Toxariston
 
Shoxi tegin tangasi. VII asr, Toxariston

Oʻzbeklar Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — Movarounnahrda, Xorazm va Shimoliy Afgʻonistonda shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanib kelgan mahalliy sugʻdiylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, fargʻonaliklar, koʻchmanchi va sak-massaget kabi qadimgi sharqiy eroniy tillarida so'zlashuvchi guruhlar va har xil turkiy urugʻlar tashkil etgan[16][17]. Shuningdek, miloddan avvalgi II asrdan boshlab avvalgi Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan turkiy qabilalar ham oʻzbeklar etnik tarixida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida soʻnggi jez davridayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir boʻlganligi va assimilyatsiya jarayoni natijasida antik davrga kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan.

Maʼlumki, miloddan avvalgi 3-asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi. Qangʻ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida turkiy tilli etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan[18][19]. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq shakllangan.

Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan.[20] Baʼzi tadqiqotchilar hun tilini turkiy deb tasniflaydilar.[21][22]

Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda milodiy 4—5-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan siljigan xioniylar, kidariylar va eftaliylardir. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan.[23]

Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy etnik komponentlar asosan Turk xoqonligi (6—8-asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Fargʻona vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan.

 
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil

8-asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib, arablar (7—8-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar. Umuman olganda, 9-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, 9—10-asrlarda tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan[24].

Manbalarda koʻp sonli turk-soʻgʻdiy nikohlari va oilaviy aloqalar qayd etilgan. Gʻarbiy Turk xogonligi hukmdori Ton-yabgu xoqon (618-630) davrida Samarqand hukmdori bilan oilaviy munosabatlar oʻrnatildi - Ton-yabgu xoqon unga qizini berdi. 711-yil 27-aprelda tuzilgan nikoh shartnomasiga koʻra, Turkiylar vakili Oʻt-tegin va soʻgʻdiy Dugʻdgoncha oʻrtasidagi nikoh qayd etilgan. Shunday qilib, qadimgi Soʻgʻdda oʻtroq aholisining bir qismini, eroniyzabon Suʼgʻdiylar bilan bir qatorda turkiyzabon aholi tashkil qila boshlagan. Turkiy-soʻgʻdiy madaniy aloqalar kuchli bolgan. Muʼg hujjatlarining soʻgʻdiycha matnlarida turkiy tildan kirib kelgan soʻzlar mavjud: yttuku — „joʻnatish“, „elchixona“; bediz va boshqalar. Mashhur sharqshunos M. Andreevning soʻzlariga koʻra, sugʻd tilidan baʼzi soʻzlar oʻzbek tilida uchraydi, masalan, kup — koʻp (oʻzbekcha koʻp), katta — katta (oʻzbekcha katta), kalta — qisqa yoki yosh (oʻzbekcha kalta).[25]

Oʻzbeklarning Turk xoqonligi davridagi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).

Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni

tahrir
 
Samarqand shahridagi Qoraxoniylar sulolasining qarorgohi, 11-13 asr boshlari, hozigi Afrosiyob xarobalari

Qoraxoniylar davrida (10—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan oʻzbek xalqi etnogenezining yakuniy bosqichi boshlandi. Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi koʻchmanchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yagʻmo, tuxsi, xalach, argʻin, oʻgʻuz, qipchoq, uz, qangʻli singari urugʻlar oʻzlarini bir xalq sifatida anglay boshlaganlar. Umuman olganda, 11 — 12-asrning 1-yarmida oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.[26]

10 asrga kelib Qoraxoniylar davlatida qadimiy turkiy yozma matnlar anʼanalarini davom ettirgan holda adabiy til rivojlandi. 10 asr rasmiy qoraxoniylar tili qadimgi qarluk lahjalari grammatik tizimiga asoslangan edi.[27][28]

13-asr boshlarida Chingizxon istilosi davrida moʻgʻul qoʻshinlari tarkibida koʻp sonli turkiy etnoslar ham kirib keldi. 15-asrga qadar esa ushbu etnoslarning deyarli koʻp qismida mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni sodir boʻldi va ular shakllangan oʻzbek elatining keyingi taraqqiyotida malum darajada iz qoldirdilar.

Chigʻatoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida yuz bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til takomillashib, bu til ilmiy adabiyotlarda „turkiy“ yoki „chigʻatoy turk“ tili deb nomlangan.

Movarounnar va Xurosonni bir davlatga birlashtirgan Amir Temur turkiy adabiy tilni rivojlantirishga alohida eʼtibor bergan. 1391-yilda Toʻxtamishga qarshi yurish paytida Temur Oltin Shokiy togʻining yonida chigʻatoy tilidagi va arab tilida matnini oʻz ichiga olgan yozuvni yozishga buyurdi. Asl nusxada, xususan, shunday yozilgan edi... Turonning sultoni Temurbek uch yuz ming cherik birla islom uchun Tuktamish hon bulgʻar xoniga yuridi...[29]

Ayniqsa, taraqqiy etgan oʻzbek adabiy tili Alisher Navoiy davrida eng yuqori nuqtaga koʻtarildi. Ammo xalqning jonli tili koʻp dialektli boʻlib, adabiy til shakllanishida uchta asosiy sheva — qarluq, qipchoq va oʻgʻuz dialektlari asos boʻlgan. Maʼlumki, shakllangan oʻzbek elatining Amir Temur va temuriylar davridagi etnik tarixi va etnomadaniy taraqqiyotiga barlos, jaloyir, qavchin, arlot, qipchoq kabi etnik guruhlar ham faol taʼsir qilgan.

Yarim koʻchmanchi oʻzbeklarning yetakchisi Shayboniyxonning oʻzbek tilining rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Uning Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tilida yozilgan sheʼrlar toʻplami hozirda Istanbuldagi Topkapi qoʻlyozmalar toʻplamida saqlanmoqda. Uning falsafiy va diniy asarining qoʻlyozmasi: 1508-yilda Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tilida yozilgan „Bahr ul-Xudo“ Londonda saqlanadi. Shayboniyxon 1507-yilda Xurosonni qoʻlga kiritgandan koʻp oʻtmay Oʻrta Osiyo turkiy — chigʻatoy tilida „Risola-yi maorif-i Shayboniy“ nomli nasriy asar yozgan va uning oʻgʻli Muhammad Temurga bagʻishlangan (qoʻlyozma Istanbulda saqlanmoqda).[30]

Oʻzbeklarning 9-16 asrlardagi tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Masalan V.Bartold, Boris Kochnev, Elena Davidovich, Aleksandr Bernshtam, M.Masson, Solih Mutallibov, L.Rempel, Nina Nemtseva, Yuriy Buryakov, A.Anorboev, Sh.Kamoliddinov, Ahmadali Asqarov, Khudoyberdi Doniyorov, Mutal Ermatov, Mavlon Vaxobov, Karim Shoniyozovlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan.

Etnonim

tahrir

Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.

XII asr arab tarixchisi Usoma ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115—1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi[31].

Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Eldegiziylar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210—1225) boʻlgan[32]

1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jalol ad-din qoʻshinlarining yetakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi.[33]

Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan qilgan[34]

Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining yurishini eslatib oʻtadi.[35]

Boshqa tarixchilarning fikricha, XIV asrning 60chi yillarida, Dashti qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. XIV asrning 60-yillarida „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dashti-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyuk shoir Alisher Navoiy (1441—1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.[36]

Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali,

Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.[37]

Mazmuni: Shoh toj va xilʼatli men tomosha qilamanmi, menga boshiga qalpoq (doʻppi), egniga yaktak kiygan oʻzbegimning oʻzi boʻlsa bas

 
Osiyo xaritasida oʻzbeklar yurti Buxoro tasvirlangan. Nemis xaritashunosi Johann Baptist Homann 1730-yil

Oʻzbeklar etnik tarixida 15-asr oxiri 16-asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda Oʻrta Osiyoga mangʻit, qoʻngʻirot, nayman, nukus, uygʻur, qiyot, olchin, saroy, qatagʻon, qushchi, doʻrmon, kenagas, qirq, yuz, ming, bahrin va boshqalar Dashti Qipchoq oʻzbek etnik guruhlarining navbatdagi toʻlqini kirib keldi va mahalliy oʻtroq xalq bilan aralashdi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan.

 
Oʻzbek askarining portreti, 1557—1564-yillar[38]

Dashti Qipchoqdan 2 daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oraligʻi va Xorazmga kelib oʻrnashgan etnik guruhlar „oʻzbek“ nomi ostida mahalliy aholi etnik rang-barangligini birmuncha koʻpaytirgan boʻlsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan oʻzgartirib yubormagan. Ushbu etnoslar shakllangan oʻzbek xalqining tarkibiga kelib qoʻshilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga, anʼanalariga, madaniyatiga, xoʻjalik faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan yangi tipdagi madaniy qatlam hosil qilgan. Ayniqsa, Zarafshon vodiysi va Oʻzbekistonning janubiy mintaqalari aholisi orasida bu nisbat kuchli seziladi. Mahalliy aholiga ular „oʻzbek“ nomini berishgan va bu nom Movarounnahr va unga qoʻshni viloyatlar aholisi uchun rasmiy ravishda umumiy nom boʻlib qolgan. Oʻz oʻrnida aytib oʻtish lozimki, oʻzbek etnonimining kelib chiqishi boʻyicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar (G.Vamberi, G.Xovors, M.P. Pelo) Dashti Qipchoqda koʻchib yurgan turk-moʻgʻul qabilalarning bir qismi oʻzlarini erkin tutganliklari sababli „oʻzbek“, yaʼni „oʻz-oʻziga bek“ deb atagan desalar, boshqalar (P.P.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, Xilda Xrsxem) „oʻzbek“ etnonimini Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxon Sulton Muhammad (14-asr) nomi bilan bogʻlaydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa (V.V. Grigoryev, A.A. Semyonov va boshqa Ahmedovlar) oʻzbek nomi Oq Oʻrda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da koʻchib yurgan turkmoʻgʻul qabilalariga taalluqli boʻlgan degan fikrni bildiradilar.

 
Didier Robert de Vaugondy tomoidan 1753-yilda tuzilgan xaritada oʻzbeklar nomi qayd etilgan

Temuriylar saltanati oʻrnida dastlab 16-asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro va Xiva xonliklari, 18-asr boshlaridan Qoʻqon xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan boʻlsada, bu holat oʻzbek elati birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Siyosiy chegaralar boʻlishiga qaramasdan 3 davlat tarkibidagi aholi oʻzaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlib kelganlar.

Oʻzbeklarning 92 urugʻi

tahrir

Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 oʻzbek urugʻlari nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 oʻzbek urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi[39]. Shuningdek, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham 92 oʻzbek elati tarkibiga kirgan[40].

Oʻzbek millatining shakllanishi

tahrir

Oʻrta Osiyo xalqlarining 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi tarixiy taqdiri va taraqqiyot bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bogʻliq.

Tarixchi M.Vaxobovning taʼkidlashicha, oʻzbeklar millat sifatida 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida, yaʼni kapitalistik munosabatlarning mintaqaga kirib borishi bilan shakllana boshlagan.[41]

19 asrning ikkinchi yarmida oʻzbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi, bu modernizatsiya, jadidchilik va axborot aloqalarining kuchayishi, millat haqidagi yangi gʻoyalarning paydo boʻlishida namoyon boʻldi. Turkistonning islohotchi maʼrifatchilari jadidlar millat gʻoyasining yorqin soʻzlovchilariga aylanishdi. Jadidlarning eng koʻzga koʻringanlaridan biri Behbudiy edi. Behbudiy oʻz asarlarida turkiy til atamasini oʻzbek tilining sinonimi sifatida ishlatgan va „oʻzbek tilida Turkiston aholisining aksariyati gapiradi“ deb taʼkidlagan.[42]

Turkchilik gʻoyalari samarqandlik jadid hoji Muin Shukrullaevga (1883—1942) taʼsir koʻrsatdi, u 20-asrning boshlarida oʻzini Turkiston turki deb xisoblagan, „turkiy til“ va „oʻzbek tili“ atamalarini sinonim sifatida ishlatgan.[43]

Keyinchalik mintaqada Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Shu bilan shakllangan elatlar taraqqiy etayotgan tarixiy makon sunʼiy ravishda boʻlib yuborildi. Mintaqa xalqlarining assimilyatsiya, konsolidatsiya jarayonlariga jiddiy taʼsir oʻtkazilishi va keyinchalik „sovet xalqi“ nomli yagona etnik birlikni yaratish haqidagi nazariyani amalga oshirilishi borasidagi olib borilgan siyosat ham oʻzbeklarning milliy etnik qiyofasiga, mentalitetiga raxna sola olmadi[44].

Diktator Iosif Stalin sotsialistik davlatlar millatlar sifatida burjua tuzumi homiyligida emas, balki Sovet hokimiyati homiyligida shakllangan deb hisoblar edi.[45] Stalin barcha sotsialistik millatlar istisnosiz Sovet Ittifoqi davrida shakllangan deb hisoblar edi. 21-asrda sotsiolog Alisher Ilxamov Stalinning ushbu gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi va oʻzbeklar Sovet hokimiyati davrida millat sifatida shakllanganligini taʼkidladi.[46]

Xoʻjaligi

tahrir

Oʻzbek xalqining rivojlanish jarayoni Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan sanadan boshlab yangicha mazmun kasb etdi. Tarixiy tomirlaridan kuch olgan oʻzbek milliy madaniyati, tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi oʻziga xos uygʻonish va yangilanish padlasiga qadam qoʻydi.

Oʻʻzbeklarning moddiy va maʼnaviy madaniyati oʻziga xos va boydir. Uning eng yaxshi tomonlari anʼanaga aylanib, hozirgacha saqlanib kelmoqda. Oʻzbeklarning qadimiy ajdodlari tabiiy sharoitdan kelib chiqib sugʻorma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik kabi oʻziga xos xoʻjalik-madaniy tiplarni yaratganlar. Xoʻjalik-madaniy tiplarning ushbu yoʻnalishlari, oʻz navbatida, tevarak-atrofdagi tabiiy muhit bilangina emas, balki muayyan etnoslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji darajasi bilan ham belgilanadi. Oʻzbeklarning koʻp qirrali dehqonchilik anʼanalari asrlar osha toʻplangan tajribaga tayanadi.

Dehqonchilik

tahrir

Dehqonchilik — oʻzbeklarning qadimiy mashgʻulotlaridan biridir. Ming yillar davomida dehqonchilik xoʻjaligini yuritish borasida koʻplab tajriba va usullar hamda fenologik (oʻsimliklar va hayvonot dunyosidagi mavsumiy oʻzgarishlar) kuzatishlar toʻplangan. Dehqonchilik borasidagi tajribalari uzluksiz holda ajdodlardan avlodlarga oʻtib bordi.

Yogʻingarchilikning kam boʻlishi, issiq havo iqlimi Oʻzbekiston hududida murakkab sugʻorish tizimi vositasida mahsuldor sugʻorma dehqonchilikning keng tarqalishiga olib keldi. Ilmiy tadqiqotlardan koʻrinadiki, sugʻorma dehqonchilik miloddan avvalgi 3-asrda Xorazm, Zarafshon vohalari hamda Fargʻona vodiysida magistral kanallar qurish, har xil suv bogʻlash, taqsimlash va suv chiqarish inshootlarini barpo qilish orqali rivojlangan. Oʻzbek dehqonlari arpa, bugʻdoy, tariq, noʻxat, yasmiq, sabzi, paxta, bodom, oʻrik, zigʻirpoya, bugʻdoy kabi ziroatchilik mahsulotlarini qadimdanoq yetishtirganlar.

Sugʻorma dehqonchilik xoʻjaliklari, asosan, qadimiy vohalarda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Toshkent vohalarida, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarida, Fargʻona vodiysida joylashgan. Toshkent vohasi, Fargʻona va Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo togʻ etagi mintaqasida, asosan, bahorgi ekinlar yetishtirilgan. Mahalliy dehqonlar madaniy-etnik anʼanalar asosida dalachilik, polizchilik va bogʻdorchilik sohalarida turli usul va yoʻllarni ishlab chiqqanlar.

Koʻp asrlar davomida turli chorvador etnik guruhlarning oʻtroqlashuvi natijasida ular mahalliy aholidan dehqonchilik tajribalarini oʻzlashtirdilar va oʻzlarining etnik va madaniy xoʻjalik xususiyatlari bilan oʻziga xos tarzda dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Shu asosda dehqonchilikning 2 turini ajratib koʻrsatish mumkin: sunʼiy sugʻorishga asoslangan intensiv dehqonchilik xoʻjaligi; asosan, chorvachilik bilan qoʻshib olib boriluvchi ekstensiv lalmikor dehqonchilik xoʻjaligi.

Chorvachiligi

tahrir

Oʻzbeklar xoʻjalik faoliyatining asosiy va qadimiy turlaridan biri — chorvachilikdir. Boshqa mintaqalar aholisining chorvachiligi bilan koʻpgina oʻxshash jihatlari boʻlsada, oʻzbek etnik guruhlarining har birida uy hayvonlarini boqishda oʻziga xos usul va jihatlari boʻlgan. Shu bilan birgalikda, hatto bir elat istiqomat qiladigan hududda ham chorvachilik xoʻjaligini yuritishdagi tabiiy-geografik sharoitlardan kelib chiqib hamda qoʻshni xalqlarning taʼsiri yoki ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida xilma-xil usullardan foydalanganlar.

Odatda, oʻtroq aholida chorva boqish qoʻra yoki qoʻrayaylov tizimi, yarim oʻtroq aholida haydovyaylov tizimi, koʻchmanchi aholida haydov tizimi ustun turgan. Oʻ. uchun 20-asr boshlariga qadar chorvachilikning qoʻrayaylov va haydovyaylov tizimi ustuvor boʻlgan. Qoʻy, echki va boshqalar chorva hayvonlari chorvachilik xoʻjaligining asosini tashkil qilgan. Oʻzbek chorvachiligida qoʻylarning „hisori“, „qorakoʻl“ nasllarini boqishga ayniqsa koʻp eʼtibor qaratilgan. Qoʻychilik, asosan, sotishga moʻljallangan. Qoʻy juni ham bozorga chiqarilgan. Jaydari qoramollardan hoʻkiz alohida goʻsht uchun va ish kuchi sifatida parvarish qilingan.

Oʻzbeklarda qadimgi davrlardan yilqichilik juda rivojlangan. Mahalliy aholi, ayniqsa, laqay, qorabayir zotli otlarni parvarish qilganlar. Dasht zonasida yashovchi oʻzbeklar tuyachilik bilan ham shugʻullanishgan.

Hunarmandchilik

tahrir

Hunarmandchilik oʻzbeklar orasida qadimdan keng rivojlanganligi arxeologik tadqiqotlardan maʼlum. Hunarmandchilikning rivoji shaharlarning nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy, balki siyosiy va madaniy markazlarga aylana boshlaganligi bilan chambarchas bogʻliqdir.

Oʻzbek hunarmandlari koʻplab teri va jundan, yogʻoch va metalldan, xilma-xil buyumlar yasab, paxta va ipakdan turli matolar toʻqib, kiyim-kechaklarni bozorlarda sotishgan. Oʻzbek hunarmandchiligining temirchilik, degrezlik, misgarlik, zargarlik, duradgorlik, aravasozlik, yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, marmar oʻymakorligi, kulolchilik kabi keng tarqalgan tarmoqlari hamda toʻqimachilik, ipakchilik, kashtadoʻzlik, zardoʻzlik, doʻppidoʻzlik kabi uyroʻzgʻor kasbkorliklari taraqqiy etgan.

Meʼmorchilik

tahrir
 
Mir Arab madrasasi. Shayboniylar davri, 1530-chi yillar

Oʻzbeklarning anʼanaviy turar joylari qadimdan oʻzigʻa xos boʻlib, ular yashagan mintaqaning tabiiy-geografik sharoiti bilan bogʻliq boʻlgan. Turar joylar barpo etishda qurilish konstruksiyasi va uslubi, rejasi va bezaklari bilan Fargʻona, Buxoro, Xiva va Shahrisabz meʼmorlik yoʻnalishlari mashhur boʻlib kelgan. Uy-joy qurilishida oʻzbeklarda qadimiy uylar, odatda, koʻcha va qoʻshni tomoni devor bilan oʻralgan hovlilardan iborat boʻlgan. Barcha turar joy va xoʻjalik xonalarining derazalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli 2 qismga — bolalar va ayollar uchun ichkari hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga boʻlingan. Hunarmandlarning uylarida doʻkon va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida joylashgan. Eng koʻp tarqalgan 2 xonali uy variantlaridan biri sifatida dahliz va katta uydan iborat boʻlgan uylarni koʻrsatish mumkin. Bunday uy-joylar, odatda, oldi aivonli va ayvonsiz qilib qurilgan. Aholi oʻrtasida anʼanaviy paxsa va sinchli uylar bilan birga gʻishtli uylar va ularni naqshinkor ganchli bezaklar bilan qurish ham mavjud boʻlgan.

Oʻzbeklarda doimiy uy-joylar 10-asrga qadar, asosan, tosh, paxsa yoki xom gʻishtdan qurilgan. Loy asosiy qurilish materiali hisoblangan. Pishgan gʻisht qadimdan qoʻllanilib kelinsada, keng miqyosda undan uyjoy qurish 9-asrdan boshlandi. Buxoro va Xivada hovli eshiklariga jez yoki temirdan yasalgan bolgʻa yoki halqasimon boldoq osilgan.

Eski tipdagi uylarning xonalari va derazalari ayvonga qaragan. Eshiklar ichkariga, darchalar tashqariga ochilgan. Deraza yoki eshikning yuqori qismiga yorugʻlik tushadigan tuynuk qoʻyilgan va unga yogʻoch yoki ganchdan yasalgan panjara oʻrnatilgan. Uyga kiradigan joyda eshik oldida toʻgʻri burchakli peshtoq (poygak) boʻlib, unga poyabzal yechib qoʻyilgan. Eshik oldidagi burchakda suv quyiladigan (oqizadigan) maxsus joy (obrez, adan, tashnob) joylashgan boʻlib, unga Buxoro va Samarqandda marmar tosh, Fargʻona vodiysida va Toshkentda pishiq gʻisht, Xivada maxsus sopol terilgan.

Odatda, uylarning tarhi oila aʼzolarining soniga qarab bir necha uy (xona), dahliz va ayvondan iborat boʻlgan. Hovlida esa xoʻjalik uchun omborxona, hojatxona va molxona boʻlgan. Shaharlarda yoki aholi zich joylashgan qishloqlarda mehmonxona, odatda, 2-qavatda — boloxonada joylashgan. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urgut shahrilarida juda shinam mehmonxonalar qurilgan. Bu kabi mehmonxonalardan toʻy hashamlarda, motam marosimlarida ham keng foydalanilgan. Bundan tashqari, qish paytlari mehmonxonalarda mahalla erkaklari toʻplanishib gapgashtaklar oʻtkazganlar. Hozirgi kunga kelib zamonaviy uylarning qurilishi ancha takomillashgan boʻlib, uylarning qurilishidagi milliy anʼanalar zamonaviy koʻrinishlar bilan oʻzaro uygʻunlashgan. Bugungi uylar muayyan reja asosida turli qulayliklar bilan qurilmoqda[47].

Milliy kiyimlari

tahrir
 
Milliy kiyimdagi oʻzbek yigiti (1845—1847)

Oʻzbeklarning milliy kiyimlari ham koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, anʼanaviy turmush tarzi, tabiiy-geografik muhit va xoʻjalik madaniy anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbeklarda asosiy milliy kiyimlar: erkaklarda oq yoki malla boʻzdan tikilgan koʻylak, yaktak, toʻn, belbogʻ, salla, maxsi, kavush, etik; ayollarda — roʻmol, keng koʻylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha, maxsi, kavush. Bosh kiyimlardan — doʻppi, kuloh, islomiyat davridan boshlab uning ustidan salla oʻralgan, aslzodalarning bosh kiyimlari zarli va kumush iplar bilan bezatilgan, peshona qismiga turli olmos, qimmatbaho toshlardan yasalgan toʻgʻnogʻichlar qadalgan. Qish faslida kuloh yoki badavlat kishilar moʻynali telpaklar kiyishgan. Oʻzbeklar orasida eng koʻp tarqalgan yengil bosh kiyimi doʻppidir.

Doʻppi, asosan, baxmal, sidirgʻa shoyi, satin qabi matolarga ip, ipak, zar bilan kashta tikib tayyorlangan. Oʻzbekistonda Chust, Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz doʻppilari keng tarqalgan. Toshkent doʻppisi sidirgʻa koʻk baxmalga tikilgan. Oyoq kiyimlari tag charmi yumshoq boʻlgan uzun, qoʻnjli, poshnasiz, kavush bilan kiyiladigan maxsi, oʻziga toʻq odamlar orasida esa uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf boʻlgan. Ayollar bosh kiyim sifatida, asosan, roʻmol oʻragan. Yoshi va mavqeiga, oilaviy ahvoliga qarab doka roʻmol, shol roʻmol, gʻijim roʻmol va boshqalar xil roʻmollar oʻralgan (oʻralish usuli ham turlicha boʻlgan). Qizlar uchun qulay bosh kiyimi doʻppi hisoblangan. Toshkentda iroqi chorgul, Samarqandda yoʻrmadoʻzi, Andijonda munchoq gulli, Buxoroda zardoʻzi, Qashqadaryo, Surxondaryoda iroqi doʻppilar mashhur. Bosh kiyimlar ustidan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tilla qoshlar, boʻyinga boʻyintumor, zebigardon, qoʻlga bilaguzuk, uzuk, burunga buloqi va boshqalar taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi gaz mollardan tikilgan qomatga yopishib, koʻylak etagidan bir oz yuqoriroq turadigan avraastarli paxtalik choponlar ham kiyishgan.

19-asrning 80-yillarigacha kiyimlar toʻgʻri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim shakllarining yoʻlyoʻl, sidirgʻa va gulli mahalliy matolardan tayyorlangan, oldi, etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyak bilan hoshiyalangan koʻrinishlari keng urf boʻlgan. 19-asrning 20—30-yillarida kiyim bichimi oʻzaro bir-biriga yaqin boʻlgan 2 yoʻnalishda oʻzgarib bordi. 20-asrning boshlaridan boshlab oʻzbeklar oʻrtasida yevropacha kiyimlarni kiyish urfga kirdi. Milliy kiyimga yevropaliklar kiyimi xususiyatlarining kiritilishi milliy koʻylakni shim bilan ayollar koʻylaklarini nimcha bilan kiyilishiga olib keldi. Bu tarixan hayot sharoitining oʻzgarishi va ommaviy sanoat ishlab chiqarishining hunarmandchilikdan ustunligi tufayli sodir boʻldi.

Milliy bichimdagi kiyimlar qomatga qarab tikila boshlandi, ayol koʻylaklari torayib va kaltalashib bordi, oldinroq yuzaga kelgan koketkali (koʻkrak burma) va qaytarma yoqali koʻylaklar hayotga muqim kirib bordi, yengi kaltalashdi. 20-asrning 50—60-yillaridan boshlab erkaklar kiyimini toʻgʻri yelkali qomatga moslangan pidjak, keng shimlar, ayollar koʻylagini toʻgʻri yelkali erkin kesma lif, etakka tomon kengaygan yubka kiyish rasm boʻla boshlagan. Biroq, oʻzbeklar orasida yevropacha kiyimlar bilan birga milliy kiyim ham urfdan qolmadi. Uning oʻziga xosligi shaklida va milliy mato koloritida namoyon boʻldi. Bu jihatdan ayollarning keng yozgi koʻylagi va erkaklar yaktagi diqqatga sazovor. Keksa odamlar orasida toʻnning kundalik kiyim sifatida saqlanib qolishi anʼanaviy tus oldi.

Taomlari

tahrir
 
Anʼanaviy palov va manti

Oʻzbeklarning taom tayyorlash anʼanasi va madaniyati koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, milliy taomlarni tayyorlashda azaldan turli xil goʻsht, oʻsimlik mahsulotlaridan keng foydalanganlar. Oʻzbeklar kundalik ovqat sifatida bugʻdoy, arpa, guruch, noʻxat, mosh, zigʻir, kunjut kabi don, sabzi, piyoz, sholgʻom kabi sabzavotlar, qovun, tarvuz kabi poliz mahsulotlarini keng isteʼmol qilganlar. Azaldan milliy taomlarni tayyorlash uchun chorva — qoʻy, qoramol, echki yogʻlari, kunjut, zigʻir va sariyogʻ (sut mahsulotlaridan olingan), paxta yogʻi ishlatilib kelinadi. Ovqatlanishda, ayniqsa shaharliklarning asosiy taomlari sut mahsulotlaridan: qatiq, suzma, tvorog yoki chakki (zardobi olingan qatiq), qaymoq va boshqalardan iborat. Taomga juda koʻp zira va zirk ishlatiladi. Goʻshtli, sabzavot va yormali quyuq taomlar zaʼfaron, kashnich qoʻshib tayyorlanadi. Umuman, oʻzbek milliy taomlari oʻzining lazzatliligi, kaloriyaliligi va servitaminligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, palov, norin, shoʻrva, kabob, mastava, shavla, moshxoʻrda, moshkichiri, chuchvara, shilpildoq va boshqalar keng tarqalgan. Baʼzi quyuq taomlar (palov) tayyorlashning oʻnlab usullari mavjud. Norin tayyorlash ham oʻzbek pazandachiligida alohida oʻrin tutadi. Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida non yopishda kunjut, arpabodiyon, sedanani keng qoʻllaydilar.

Oʻzbeklarning Oʻrta Osiyoda yashagan qadimiy ajdodlari tangrichilik, shomonlik, zardushtiylik, buddaviylik, moniylik kabi dinlarga eʼtiqod qilganlar. Bu diniy eʼtiqodlarning ayrimlari Oʻrta Osiyoda islom dini yoyilgunicha (8-asrgacha) saqlangan. Hozirda aksariyat oʻzbeklarning dini islom dini boʻlib, uning sunniylik mazhabi Oʻzbekiston hududida 10-asrdan soʻng hukmron mavqega ega boʻlgan.

 
Imom al-Buxoriy maqbarasi, Samarqand yaqiniga

Urf-odatlari

tahrir
 
Sovet markasida oʻzbek cholgʻu asboblari

Oʻzbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rangbarang hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. Anʼanaviy urf-odatlar va marosimlar oʻzbek xalqining etnogenezida ishtirok etgan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan voha va choʻl aholisiga xos elementlarni oʻziga singdirgan turli qabila va etnik guruhlarning etnomadaniy tajribalarining murakkab qoʻshilishi jarayonida shakllangan. Masalan, bola tugʻilishi (chilla, beshik kerti), sunnat toʻyi, nikoh va motam marosimlarida Oʻrta Osiyo xalqlariga xos umumiy oʻxshashliklar mavjud. Oʻzbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va bolalar qatnashgan. Oʻtmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Jumladan hashar keng tarqalgan. Hasharning bir necha turi mavjud: jamoa ishlarini bajarishda, qoʻni-qoʻshnichilik va qavm-qarindoshlik doirasida oʻtkaziladigan hashar va boshqalar Jamoa hashari bilan uyjoy, koʻprik qurish va taʼmirlash, ariq-zovurlar qazish, ularni loyqadan tozalab turish; masjid qurish va taʼmirlash, mozorlarni tozalash va boshqalar ishlar bajarilgan. Yoshlarni odob-axloq ruhida tarbiyalashda jamoaning oʻrni ham katta boʻlgan. Jamoaning har bir aʼzosi mehmondorchilik, maʼraka va boshqalar jamoat joylarida yoshi va mavqeiga qarab joy egallagan. Oʻzbeklarning jamoa marosimlariga Navroʻz bayrami. mehrjon sayli, lola sayli, qizil gul sayli, Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr), Qurbon hayiti (Iyd al-Adho), sumalak sayli va boshqalar, ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xalq odatlari, rasmrusumlari kiradi. Har bir bayram oʻz tarixiga ega boʻlib, u xalq ijodiy mehnati va hayot sharoiti bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek xalqi orasida eng keng tarqalgan, milliy tusga ega boʻlgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, oʻzbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin:

  1. Qishda oʻtkaziladigan gapgashtak, yasayusun kabilar;
  2. Bahorgi marosimlar — Сабантуй, shoxmoylar (qoʻsh chiqarish), lola yoki qizil gul sayli, loy tutish, sust xotin kabilar;
  3. Yozgi marosimlardan qovun sayli, choy momo va hokazo.;
  4. Kuzgi marosimlar — hosil yigʻimi bilan bogʻliq mehrjon, oblobaraka, shamol chaqirish, uzum sayli kabilar.

Sovetlar hukmronligi davrida amaldagi mafkuraga muvofiq, bir qancha marosimlar, jumladan, „komsomol toʻyi“, „qizil toʻy“, Oktyabr (7-noyabr) bayrami, Sovet Armiyasi kuni, Sovet konstitutsiyasi kuni, „Paxta bayrami“ va boshqalar joriy etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, bu bayramlarning koʻpchiligi oʻz-oʻzidan barham topdi, lekin joriy taqvim bilan bogʻliq umumbashariy bayramlardan 1-yanvar — Yangi yil kuni, 8-mart — xalqaro xotin-qizlar kuni saqlab qolindi. Ayni vaqtda, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida yangi xalq bayramlari taʼsis etildi: 1-sentyabr — Mustaqillik kuni, 8-dekabr — Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 9-May — Xotira va qadrlash kuni. Shuningdek, Roʻza va Qurbon hayitlari kuni, Navroʻz bayrami tiklandi va yangicha mazmun kashf etdi.

Jamoaviy turmush tarzi

tahrir

Oʻzbeklar jamoaviy turmushi chuqur tarixiy ildizlariga ega. Bu tartibotning ibtidosi antik davrlarga borib taqaladi. Yozma va arxeologik manbalarda mintaqaning qadimiy shaharlari aholisi orasida jamoalar faoliyat koʻrsatganligi, faqat turmushdagina emas, balki ishlab chiqarishda ham jamoa asoslari mavjudligi qayd etilgan. Oʻrta asrlarda jamoa faqat jamoaviy asoslardagina sugʻorish tizimini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash, binobarin, dehqonchilik bilan shugʻullanish mumkin boʻlgan qishloq aholisi uchun ham, shuningdek, shahar aholisi uchun ham oʻzining ilgarigi ahamiyatini saqdab qolgan edi.

Oʻz-oʻzini boshqaruvning tarixan tarkib topgan ushbu tizimi nafaqat birgalikda faoliyat olib borishgina boʻlmay, ayni vaqtda ijtimoiy hayotni tashkil etish, oila va turmush anʼanalarini, rasmrusumlarini xalqimiz turmush tarzining barcha tizimini saqlash va boyitishdan ham iborat boʻlgan. Yaqin vaqtlargacha, hududiy qoʻshnichilik jamoasi xalqimizda turli mintaqalarda turlicha nomlar bilan atalgan, chunonchi, „mahalla“, „guzar“, „masjid“, „jamoa“, „elat“. 20-asrning 90-yillaridan respublikaning shahar va qishloqlarida hududiy qoʻshnichilik jamoasi yagona mahalla atamasi bilan yuritiladigan boʻldi. Zero, oʻz-oʻzini boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadriyatlariga juda mos boʻlgan ushbu usuli — mahallalar tizimi soʻnggi yillarda juda katta nufuzga ega boʻlib bormoqda.

Hozirgi davrda oʻzbeklar zamonaviy kasbhunarni egallamoqdalar. Kompyuter va internetdan foydalanish oʻzbeklar hayotiga singib ketdi. Demokratik jarayonlar rivojlanmoqda. Milliy, madaniy qadriyatlarga eʼtibor kuchaymoqda.

Xorijdagi oʻzbeklar

tahrir
 
AQShdagi Kolumbiya universitetining professori Silviya Nazar

Budapeshtda (Vengriya) Yevropa fanlar akademiyasida ishlagan birinchi oʻzbek olimi Mullo Isʼhoq (1836—1892) edi. Hozirda oʻzbeklar dunyoning 20 dan ortiq davlatida istiqomat qiladi. 20 asrda jahonga mashhur oʻzbeklar ichida AQShning Indiana universiteti professori Nazif Shahroniy, Michigan universitetining professori Temur Xoja ogʻli, Turkiya parlamenti deputati Ahat Andijon, AQShdagi yozuvchi, Kolumbiya universitetining professori Silviya Nazarlarni tilga oilsh mumkin. Silviya Nazarning „Ajoyib aql“ romani[48] asosida toʻrtta Oscar mukofotiga sazovor boʻlgan film suratga olindi. Ular orasida tarix fanlari doktori, birinchi oʻzbek antropologi Telman Xoʻjayov (1938—2022), fizika-matematika fanlari doktori, “Kurchatov instituti” Tokamak milliy ilmiy-tadqiqot markazi Fizika instituti direktori, E. Azizov (1936—2015), tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, Rossiya Immunologiya instituti direktori (1988—2014), Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti sohibi, ikki marta Rossiya Federatsiyasi Hukumati mukofoti sohibi, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi R.M. Xaitov (1944—2022). Aktyorlar ham Rossiyada yashaydi: Shuhrat Irgashev, Ravshana Kurkova, rejissyorlar: Elyor Ishmuhamedov, Rustam Hamdamov va boshqalar.

Boymirza Hayit Mahmudmirza oʻgʻli (1917 — 2006) — Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim. U London universitetida assistent, Harvard, Anqaradagi Hajettepe, Istanbul universiteti va Istanbuldagi Marmara universitetlarida maʼruzachi boʻlib ishlagan.[49] Xorijdagi oʻzbek milliarderlari orasida Alisher Usmonov (Rossiya), Fattoh Shodiyev (Qozogʻiston), Iskandar Mahmudovlarni (Rossiya) taʼkidlash mumkin.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Ahmedov B., Tarixdan saboqlar, T, 1995.
  • Ismoilov H., Anʼanaviy oʻzbek kiyimlari (Etnografik materiallar), T., 1978.
  • Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
  • Kadirova T.F., Arxitektura Uzbekistana, M., 1987.
  • Qoraboyev U., Oʻzbek xalq bayramlari, T., 2002.
  • Jabborov I., Oʻzbeklar anʼanaviy turmushi va madaniyati, T., 2004.
  • Oʻzbek pazandalik sanʼati, T., 2005.
  • Shaniyazov K.Sh., Ismailov X.I., Etnograficheskiye ocherki materialnoy kultury uzbekov kontsa XIX — nachala XX v., T., 1981.
  • Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.
  • Malikov A. “92 Uzbek Tribes” in Official Discourses and the Oral Traditions from the sixteenth to nineteenth centuries. // Zolotoordynskoe obozrenie=Golden Horde Review. 2020, vol. 8, no. 3, pp. 515–532. DOI: 10.22378/2313-6197.2020-8-3.515-532
  • Sultanov T.I. Kochevye plemena Priaral’ya v XV–XVII vv. (voprosy etnicheskoy i sotsial’noy istorii) Moskva: Nauka, 1982.
  • Sultanov T.I. K istoriografii etnopoliticheskoy istorii ulusov Dzhuchi i Chagataya // Zolotoordynskoe obozrenie=Golden Horde Review. 2017, vol. 5, no. 1, pp. 74–92. DOI: 10.22378/2313-6197.2017-5-1.74-92
  • Yakubovskiy A.Yu., K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda. T., 1941.

Manbalar

tahrir
  1. „Population: 12,661,637 (July 2013 est.) [Uzbeks = 50%“]. Central Intelligence Agency (CIA). The World Factbook. 9-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil. (Wayback Machine saytida 9-iyul 2016-yil sanasida arxivlangan)
  2. „Afghan Population: 38,108,077 (July 2013 est.) [Uzbeks =20%“]. Central Intelligence Agency (CIA). The World Factbook. 8-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil. (Wayback Machine saytida 6-yanvar 2019-yil sanasida arxivlangan)
  3. „Population: 2,910,041 (July 2013 est.) [Uzbeks = 19.3%“]. Central Intelligence Agency (CIA). The World Factbook. 31-mart 2001-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2013-yil. (Wayback Machine saytida 31-mart 2001-yil sanasida arxivlangan)
  4. „"Statistical Yearbook of the Kyrgyz Republic – Publications Archive – Statistics of the Kyrgyz Republic"“. 2024-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  5. „Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Etnodemograficheskiy sbornik Respubliki Kazaxstan 2014.“. 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-sentyabr.
  6. Soglasno perepisyam naseleniya dolya uzbekov v naselenii Turkmenii vozrastala (1970 — 8,3 %, 1979 — 8,5 %, 1989 — 9,0 %, 1995 — 9,2 %). Odnako uje v 2001 g. prejniy prezident strani S. Niyazov nazval sifru vsego 3 % uzbekov. Odnovremenno voznikli trudnosti s obyektivnoy otsenkoy chislennosti naseleniya Turkmenii: S.Niyazov prognoziroval 9 mln jiteley na 2009 g., togda kak Byuro Perepisey SShA (chi dannie ispolzuet ЦРУ), schitaya ofitsialnie otsenki chislennosti naseleniya silno zavishennimi, prognozirovalo lish 4,9 mln jit. na etu je datu. OON otsenivaet chislennost naseleniya strani v 2009 g. v razmere 5,1 mln jit.[1]. Sovremennoe rukovodstvo Turkmenii do nastoyaщego vremeni ne opublikovalo inoy otsenki chislennosti naseleniya, odnako v predstavlennom Turkmeniey doklade dlya OON figuriruet sifra 5,4 mln jit. na kones 2006 g.(Natsionalniy doklad, predstavlenniy v sootvetstvii s punktom 15 A) Prilojeniya k Rezolyutsii 5/1 Soveta po pravam cheloveka. Turkmenistan (Wayback Machine saytida 2-oktabr 2013-yil sanasida arxivlangan)). Yesli isxodit iz soxraneniya doli uzbekov v naselenii strani, zafiksirovannoy perepisyu 1995 g., a takje naseleniya strani v razmere ok. 5 — 5,5 mln jit., chislennost uzbekov sostavit ok. 460—510 tis. chel.
  7. (Ruscha) Russia Census 2002 (Wayback Machine saytida 6-sentabr 2018-yil sanasida arxivlangan)
  8. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Russia Census 2022
  9. Rhoda Margesson (26-yanvar 2007-yil). „Afghan Refugees: Current Status and Future Prospects“ p.7. Report RL33851, Congressional Research Service.
  10. Chinese National Minorities
  11. State Statistics Committee of Ukraine: The distribution of the population by nationality and mother tongue, 1-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-iyun 2007-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  12. Evrenpaşa Köyü | Güney Türkistanʼdan Anadoluya Urfa Ceylanpınar Özbek Türkleri. Evrenpasakoyu.wordpress.com. Retrieved on 2013-07-12.
  13. Itogi perepisi naseleniya Belarusi 2009 g. Natsionalniy sostav. (PDF), 18-sentabr 2010-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 18-sentabr 2010-yil {{citation}}: no-break space character in |title= at position 40 (yordam)CS1 maint: date format ()
  14. Census of Mongolia, slide# 23. http://www.toollogo2010.mn/doc/Main%20results_20110615_to%20EZBH_for%20print.pdf
  15. MAPPING THE GLOBAL MUSLIM POPULATION, Page 17 (PDF), 23-dekabr 2010-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 22-noyabr 2013-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  16. Shoniyozov K., Oʻzbek xalkining shakllanish jarayoni xakida baʼzi fikr-muloxazalar // Obщestvennie nauki v Uzbekistane№ 6, 1996
  17. Zuev Yu. A. K etnicheskoy istorii usuney // Trudi Instituta arxeologii i etnografii AN KazSSR. T. 8. Alma-Ata, 1960. S. 23.
  18. . Shoniyozov K., Oʻzbek xalkining shakllanish jarayoni xakida baʼzi fikr-muloxazalar // Obshestvennie nauki v Uzbekistane. № 6, 1996
  19. Zuev Yu. A. K etnicheskoy istorii usuney // Trudi Instituta arxeologii i etnografii AN KazSSR. T. 8. Alma-Ata, 1960
  20. Труды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции, т. XIV. М., „Наука“, 1984
  21. Тенишев Э. Р. Гуннов язык // Языки мира: Тюркские языки. — М., 1997. — С. 52-53.
  22. „Сюнну-Гунны. Кто же они? Стенограмма лекции, прочитанной Анной Владимировной Дыбо. 2014-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
  23. Etienne de la Vaissiere, Is there a „Nationality of the Hephtalites?“ in Bulletin of the Asia institute. New series. Volume 17. 2003. [2007], p. 129—130
  24. „Etnicheskiy atlas Uzbekistana. Arxeologiya uzbekskoy identichnosti“. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
  25. Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005, s. 97; Livshits V. A., Sogdiyskaya epigrafika Sredney Azii i Semirechya. Spb.: filologicheskiy fakul'tet SpbGU, 2008; Kamaliddinov SH. S., Mukhammedov U. Z., Novyye dannyye po istorii Sredney Azii epokhi arabskikh zavoyevaniy//ONU, № 12, 1997, s. 91; Marshak Boris. Legends, tales and fables in the art of Sogdiana with an appendix by V.A. Livshits. New York: Bibliotheca persica press, 2002. R.168; Livshits V. A. Sogdiytsy v Semirech'ye: lingvisticheskiye i epigraficheskiye svidetel'stva.//Krasnaya rechka i Burana. — Frunze. 1989, s. 79-80
  26. Советская историческая энциклопедия. Т.14. М., 1973, С.667
  27. Istoriya i kul'tura tyurkov v Litve. Sbornik nauchnykh statey mezhdunarodnoy konferentsii. Vilniaus universiteto leidykla VILNIUS 2014, s.157-160
  28. Borovkov, A. K. Leksika sredneaziatskogo tefsira: XII—XIII vv. M., 1963
  29. Grigor'yev A. P., Telitsin N. N., Frolova O. B. Nadpis' Timura 1391 g. // Istoriografiya i istochnikovedeniye istorii stran Azii i Afriki. Vyp. XXI. — SPb.: SPbGU, 2004. — S. 24.
  30. A.J.E.Bodrogligeti, «MuÌammad Shaybænî’s Bahru’l-huda : An Early Sixteenth Century Didactic Qasida in Chagatay», Ural-Altaische Jahrbücher, vol.54 (1982), p. 1 and n.4
  31. Usama ibn Munkiz. Kniga nazidaniya. per. Yu.I. Krachkovskogo. M. Izd-vo vostochnoy literaturi, 1958, c.134
  32. Rashid ad-din. Sbornik letopisey. T.1., kn.1. M., 1952
  33. Shixab addin Muxammad an-Nasavi. Jizneopisanie sultana Djalaladdina Mankburni. Izdanie krit. teksta, perevod s arabskogo, predislovie, kommentariy, primechaniya i ukazateli Z. M. Buniyatova. M.., 1996, c.259
  34. Ermatov M., Etnogenez i formirovanie predkov uzbekskogo naroda. Tashkent: Uzbekistan, 1968
  35. Istoriia narodov Uzbekistana, III, Toshkent, 1993, 39-bet
  36. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Oʻn birinchi tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. — Toshkent, 1993. 189 bet
  37. Alisher Navoi, Mukammal asarlar tuplami. 3 jild. Toshkent, 1988
  38. A HEAVILY ARMED UZBEK. SAFAVID IRAN, MID 16TH CENTURY
  39. Oʻzbek urugʻlari, 23-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-dekabr 2013-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  40. Sultanov T. Kochevie plemena Priaralya v XV—XVII vv.// Voprosi etnicheskoy i sotsialnoy istorii. M., 1982
  41. Vakhabov M. G. Formirovaniye uzbekskoy sotsialisticheskoy natsii. T.,1961.
  42. Behbudi Mahmudxoʻja, Ikki emas, balki toʻrtta til kerak // Behbudi Mahmudxoʻja, Tanlangan asarlar. Qayta koʻrib chiqilgan va toʻldirilgan 2-nashr. Toshkent: Manaviyat, 1999, 150-bet
  43. Hoji Muin, Tanlangan asarlar. 2-nashr. Tayorlovchilar: B. Doʻstqoraev, N. Namozova. Toshkent: 2010, 66-109-betlar
  44. Steven Sabol, The creation of Soviet Central Asia. The 1924 national delimitation. Central Asian survey, 14, 1995, P.234.
  45. I. V. Stalin, Sochineniya, t. 7, Moskva, 1952, s. 135
  46. Ilkhamov, A. Etnicheskiy atlas Uzbekistana. Tashkent, 2002. 288 bet.
  47. Jilina A. N.. Tomina T. N., Narodi Sredney Azii. Traditsionnoe jiliщe narodov Sredney Azii (XIX — nachalo XX v. Osedlo-zemledelcheskie rayoni). M.,1993
  48. Nasar, Sylvia (1998). A Beautiful Mind. New York, NY: Simon & Schuster.
  49. https://web.archive.org/web/20070928030312/http://www.pressbox.co.uk/detailed/Science/His_life_was_aimed_at_the_study_of_Turkestan_The_well-known_Uzbek_historian_Dr._Baymirza_Hayit_pass_88700.html

Havolalar

tahrir