Bosh menuni ochish

Jez, latun — asosan, mis bilan ruxdan (50% gacha) iborat qotishma. J. olish qadimdan (mil. av.) maʼlum. Ilgari (18-asrgacha) misni pista koʻmir qoʻshilgan pyx rudasi bilan birga eritib J. olishgan, 19-asrga kelib misni toʻgʻridan-toʻgʻri pyx bilan birga eritib ola boshlashgan. Tarkibida rux miqdori ortgan sari J. rangi qizgʻishdan och sariq ranggacha oʻzgaradi. Koʻrkamligi, arzonligi, mexanik xossalari yaxshiligi uchun mis qotishmalari ichida J. eng koʻp ishlatiladi.

Oddiy J. — misning fakat rux bilan qotishmasi. Tarkibida 10% gacha rux boʻlgan J. tompak, 1 0 - 2 0 % gacha rux ft/ boʻlgani yarim topak deb ataladi. Bularning zanglashga chidamliligi va plastikligi yuqori boʻlgani uchun ulardan radiator va kondensator quvurlari, list va lentalar tayyorlanadi. Tarkibida taxminan 30% rux boʻlgan J. patron latuni deyiladi va sovuqlayin shtamplash, presslash yoʻli bilan undan turli buyumlar olinadi. Tarkibida 39% gacha rux boʻlgan J. bir fazali (a), 39 dan 45% gacha rux boʻlgani ikki fazali (5) qotishmalardir.

J. tarkibida rux miqdori kamaygan sari qotishmaning plastikligi ortib boradi. Eng plastik J. a — latundir. Tarkibida 45% dan ortiq rux boʻlgan J.lar juda qattiq va moʻrt boʻlganligidan texnikada ishlatilmaydi. J.ning xossalarini yanada yaxshilash uchun alyuminiy, qalayi, temir, marganets, nikel, kremniy, qoʻrgʻoshin va b. elementlar (hammasi boʻlib 10% gacha) qoʻshiladi. Shunda koʻp aralashmali (maxsus) J. hosil boʻladi. Tarkibida chamasi 15% rux va 0,5% alyuminiy boʻlgan J. tillarang boʻlgani uchun undan zargarlik va bezak buyumlari tayyorlanadi. Tarkibida 1,5% gacha qalayi boʻlgan J. dengiz latuni deyilib, dengiz suviga chidamli boʻlgani uchun kemalarga ishlatiladi, 3% gacha qoʻrgʻoshin qoʻshilgan J. (qarang Avtomat latuni) avtomobil va soatsozlikda qoʻllaniladi.

J. deformatsiyabop va quymabop xillarga boʻlinadi. Deformatsiyabop J.dan quvurlar, list, tasma, chiviq va b. prokatlanadi, quymabop J.dan esa armaturalar, antifriksion detallar, podshipnik vtulkalari va b. quyiladi. J. umumiy mashinasozlikda, asbobsozlikda, issiqlik texnikasi va b. sohalarda ishlatiladi.

[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil