Avtomat latuni (jezi) – qoʻrgʻoshinlangan latun. Qoʻrgʻoshin latunning avtomat stanoklarda kesib ishlanish xossasini yaxshilaydi (nomi shundan). Markasi – LS59-1, L harfi latunni, S harfi qoʻrgʻoshinni, 59 soni misning, 1 raqami esa qoʻrgʻoshinning fo-izda ifodalangan oʻrtacha miqdorini bil-diradi. Avtomat latunining kimyoviy tarkibi: mis 57–60%, qoʻrgʻoshin – 0,8–30%, boshqa qoʻshilmalarning umumiy miqdori 0,75% gacha. Avtomat latuni chiviklar, lentalar, polosalar va listlar tarzida ishlab chiqariladi; bulardan boltlar, gaykalar, soat detallari va boshqa ishlab chiqariladi. Avtomat latunining texnik xossalari tarkibi va holatiga bogʻliq boʻladi; moʻstahkamlik chegarasi 300-600 Mn/m2 (30–60 kg/mm2, nisbiy uzayishi – 2–50%.Toʻraxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil