Shoʻrva — suyuq ovqat turi. Tayyorlash usuliga koʻra, shoʻrvaning qovurma shoʻrva va qaynatma Shoʻrva;

Qovurma shoʻrva tahrir

Qovurma shoʻrva — qoʻy yogʻi kubik qilib toʻgʻraladi va qozonga solib chalaroq eritiladi. Goʻsht boʻlaklarga boʻlinib, yogʻ bilan birga qizarguncha, soʻngra toʻgʻralgan piyoz va pomidor qoʻshib yana 7—10 daqiqa qovuriladi, kartoshka solib bir-ikki aylantiriladi va suv quyiladi. Suv qaynab chiqquncha qozonga tuz, bir dona qizil qalampir, toʻgʻralgan ukrop va kashnich solinadi. Shoʻrva qaynab chiqqach, olovi pasaytirilib, yana 1 soatcha mildiratib qaynatiladi.

Qaynatma shoʻrva tahrir

Qaynatma shoʻrva — qoʻy goʻshti (toʻshi, qovurgʻasi, ozgina yogʻi) qozondagi sovuq suvga solib qaynatiladi. Shoʻrvaning koʻpigi olinmaydi (piyoz solingach, koʻpigi oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi). Shoʻrvaga piyoz bilan birga archilgan butun sabzi, toʻgʻralgan pomidor, tuz va ziravorlar solinadi. Shoʻrva 40—50 daqiqa qaynagach, archilgan butun kartoshka solinadi va olov pasaytirilib, mildiratib qaynatiladi. Kartoshka pishishi bilan, shoʻrva olovdan olinib, dasturxonga kosalarda tortiladi. Solinadigan masalligʻiga koʻra sholgʻom Shoʻrva, noʻxat Shoʻrva, doʻlmali Shoʻrva, vermishel Shoʻrva, shovul Shoʻrva, karam Shoʻrva, kabi yigirmadan ortiq turi bor.